{"id":110414,"date":"2023-10-07T10:14:45","date_gmt":"2023-10-07T07:14:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=110414"},"modified":"2023-10-07T10:14:45","modified_gmt":"2023-10-07T07:14:45","slug":"orfoepiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/orfoepiya\/","title":{"rendered":"Orfoepiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Orfoepiya (orto&#8230; Yunoncha epos \u2014 nutq, talaffuz) -1) tilshunoslikning adabiy talaffuz me&#8217;yorlarini o&#8217;rganuvchi bo&#8217;limi; 2) muayyan milliy tilning talaffuz me&#8217;yorlariga mos holda bir xil talaffuzni ta&#8217;minlovchi qoidalar tizimi va ularga rioya qilish. Og&#8217;zaki nutq talaffuzining bir xilligi, imlo (orfografiya) kabi lisoniy muomalani yengillashtiradi. &#8220;Orfoepiya&#8221; tushunchasi keng va tor ma&#8217;noda 2 xil tushuniladi: keng ma&#8217;noda \u2014 unga fonemalarni qo&#8217;llash qoida va fonema allofonlari (variantlari)ni talaffuz qilish qoidalari kiritiladi; tor ma&#8217;noda \u2014 fatsat fonemalarni qo&#8217;llash qoidalari kiritiladi. Orfoepiya ko&#8217;lamining bir xil belgilanmasligining sababi shundaki, ba&#8217;zi olimlar talaffuz me&#8217;yorlari tushunchasiga faqat tovushlarni talaffuz qilishni, boshqalari esa urg&#8217;uni ham, ba&#8217;zan variantdor grammatik shakllar hosil bo&#8217;lishini ham kiritadilar. Tilning ichki kategoriyasi tarzidagi orfoepik me&#8217;yor bilan qoidalashtirilgan me&#8217;yor o&#8217;zaro farklanadi. Ulardan birinchisi ayni bir voqea-hodisani ifodalashning tilda namoyon bo&#8217;ladigan yashirin imkoniyatlari mavjudligi bilan bog&#8217;liq; bunda me&#8217;yor \u2014 muayyan tilning aniq bir so&#8217;zlovchilar jamoasida tegishli davr orasida mavjud bo&#8217;lishi bilan bog&#8217;liq bir qancha ijtimoiy omillarning amal qilishi natijasidir. Ikkinchisi esa amalda mavjud bo&#8217;lgan me&#8217;yorning turli lug&#8217;atlar, ma&#8217;lumotnomalar va qo&#8217;llanmalarda qoida va ko&#8217;rsatmalar tarzida shakllantirilgan aksidir. Qoidalashtirishda qo&#8217;llash uchun to&#8217;fi deb belgilanadigan faktlar tanlab olinadi. Qoidalashtirilgan me&#8217;yor ko&#8217;pincha amalda mavjud bo&#8217;lgan me&#8217;yordan orqada qoladi. Orfoepiya milliy tilning shakllanishi bilan bir paytda, og&#8217;zaki nuqtning ta&#8217;sir doirasi kengaygan, ommaga qaratilgan nutqning yangicha shakllari rivojlangan paytda paydo bo&#8217;ladi. Orfoepik me&#8217;yorlarning shakllanish jarayoni turli milliy tillarda turlicha kechadi. Masalan, hozirgi o&#8217;zbek adabiy talaffuzi me&#8217;yorlarining dastlabki ildizlari o&#8217;tgan asrning 20\u2014 30-yillarida vujudga kelgan, bu sohada bir qancha tadqiqotlar o&#8217;tkazilib, orfoepik lug&#8217;atlar nashr etilgan bo&#8217;lsada, o&#8217;zbek talaffuz me&#8217;yorlari to&#8217;liq shakllangan deb bo&#8217;lmaydi. Orfoepik me&#8217;yor muammosi bir til birligining bir emas, ikki yoki undan ortiq ifodasi bo&#8217;lgan hollarda yuzaga keladi. Me&#8217;yorda ayni paytda til tizimida mavjud bo&#8217;lgan yoki mavjud bo&#8217;lishi ko&#8217;zda tutilgan narsa saralanadi. Tizim doirasida yangi shakllarning paydo bo&#8217;lishi hamda eskilarini ekstralingvistik omillar ta&#8217;sirida asta-sekin siqib chiqarishi natijasida me&#8217;yor o&#8217;zgarishi mumkin. Me&#8217;yorning o&#8217;zgarishi (almashinishi) har bir tarixiy davr tilida variantdor me&#8217;yorlarning ayni bir paytda mavjud bo&#8217;lishi mumkinligini inkor etmaydi. Vaqt o&#8217;tishi bilan variantlardan biri yetakchiga aylanib, qolganlari kamroq qo&#8217;llanib, iste&#8217;moldan chiqib ketadi. Variantlardan birining yetakchi deb tanlanishiga uning til taraqqiyotidagi ob&#8217;yektiv qonunlarga muvofiq kelishi, keng tarqalganligi, mo&#8221;tabar andozalarga (jamiyatning bilimli va madaniyatli vakillari talaffuziga) mosligi kabi omillar ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Orfoepiya rivojida namunali adabiy talaffuzni targ&#8217;ib qiluvchi teatr, keyinchalik radio va televidenie katta rol o&#8217;ynagan. Sahna nutqi ko&#8217;pchilik tillarda orfoepik me&#8217;yorlarning asosi hisoblanadi. Nutqning xarakteriga ko&#8217;ra, adabiy talaffuzni 2 guruhga ajratish mumkin: to&#8217;liq talaffuz; qisqargan talaffuz; ma&#8217;ruzachilar, akterlar, diktorlar nutqi to&#8217;liq talaffuzni aks ettiradi, chunki bunda har bir so&#8217;z, uning morfemalari adabiy til qoidasiga mos ravishda to&#8217;la, aniq, donadona talaffuz qilinadi. So&#8217;zlovchi o&#8217;z nutqiga beparvo qarashi orqasida, o&#8217;z shevasi ta&#8217;sirida ayrim fonemalar turli o&#8217;zgarishlarga duch keladi, so&#8217;zning ba&#8217;zi birliklari qisqaradi. Masalan, olib keldi \u2014 obkeldi; olib bordi \u2014 obbordi. Bu qisqartgan talaffuzdir. O&#8217;zbek adabiy tilining asosiy orfoepik qoidalari unli va undosh fonemalarning talaffuzi, morfologik birliklarning aytilishi, so&#8217;z birikmalarining talaffuz qilinishi kabilarni o&#8217;z ichiga oladi. Shunga ko&#8217;ra umumiy orfoepik me&#8217;yorlar belgilanadi. Orfoepik me&#8217;yorlar, odatda transkripsion belgilar vositasi bilan ifodalanadi. Orfoepiya orfografiya bilan zich bog&#8217;langan. Biroq so&#8217;zning yoki so&#8217;z shakllarining jonli talaffuzi hamma vaqt ham ularning yozuvdagi ifodasiga teng bo&#8217;lavermaydi. Jumladan, yozuvda bor ba&#8217;zi tovushlar talaffuzda sezilmaydi: biroq, bilan, tuhmachchi, adabiyochchi kabi; yozuvda berilgan tovushlar talaffuzda tushib qoladi: badbax, ayolman, abstrak, Samarqan kabi; yozuvda ifodalangan tovush talaffuzda boshqasi bilan almashtiriladi: obod-obot, kitob-kitop, peshvoz-peshvos kabi. Talaffuzdagi ana shu murakkab tomonlarni hisobga olgan holda yagona orfoepik qoidalar yaratish lozim bo&#8217;ladi. Abduvahob Madvaliyev, Bozorboy O&#8217;rinboyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Orfoepiya (orto&#8230; Yunoncha epos \u2014 nutq, talaffuz) -1) tilshunoslikning adabiy talaffuz me&#8217;yorlarini o&#8217;rganuvchi bo&#8217;limi; 2) muayyan milliy tilning talaffuz me&#8217;yorlariga mos holda bir xil talaffuzni ta&#8217;minlovchi qoidalar tizimi va ularga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/orfoepiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-110414","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110414","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=110414"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110414\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":110416,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110414\/revisions\/110416"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=110414"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=110414"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=110414"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}