{"id":110442,"date":"2023-10-07T10:31:08","date_gmt":"2023-10-07T07:31:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=110442"},"modified":"2023-10-07T10:31:11","modified_gmt":"2023-10-07T07:31:11","slug":"orttirilgan-immun-tanqisligi-sindromi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/orttirilgan-immun-tanqisligi-sindromi\/","title":{"rendered":"Orttirilgan immun tanqisligi sindromi"},"content":{"rendered":"\n<p>Orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) \u2014 retrovirus guruhiga mansub virus qo&#8217;zg&#8217;atadigan kasallik; ikki davrga bo&#8217;linadi: OITV infektsiyasi va bevosita OITS (SPID) davri. OITV infektsiyasi davri odam organizmida virus bor, lekin kasallik alomatlari hali namoyon bo&#8217;lmagan davr. Virus deyarli bir vaqtda Parijda professor Lyuk Montane hamda AQShda professor Gallo boshchiligidagi olimlar tomonidan kashf etilgan (1983 yil). Bu virus odamning immunitet tizimiga tanlab ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi, ayniqsa, SD4+ immun hujayralariga qirg&#8217;in keltiradi. Virus odam organizmiga tushgach, 2-3 kundan so&#8217;ng, 25-30% hollarda birlamchi infektsiya davriga xos alomatlar kuzatilishi mumkin. Bu &#8220;o&#8217;tkir serokonversiya sindromi&#8221; deb ataladi, bunda harorat ko&#8217;tariladi, tunda terlash, bo&#8217;g&#8217;imlar va bosh og&#8217;rig&#8217;i, loxaslik, qayt qilish, ich ketishi, badanda, ayniqsa, uning yuqori qismida toshmalar paydo bo&#8217;lishi mumkin. Bu alomatlar odam organizmiga tushgan virus ta&#8217;siriga immunitet tizimi ma&#8217;lum darajada javob qaytarish reaktsiyasi bilan bog&#8217;liq. Lekin bu davrda antitelolarni aniqlash natija bermaydi, chunki immunitet tizimining javobi hali to&#8217;liq shakllanmagan bo&#8217;ladi. Kasallikning bu davri 8-10 yilgacha, ba&#8217;zan undan ham uzoq davom etishi mumkin. Hozirgi kunda amaliyotda OITV infektsiyasi tashhisini qo&#8217;yish qonda kasallik virusiga qarshi paydo bo&#8217;lgan antitelolarni aniqlash \u2014 immun ferment taxlili (IFT) reaktsiyasiga asoslangan. Dastlabki antitelolar virus organizmga tushgach, 3 haftadan so&#8217;ng shakllana boshlasa ham, qo&#8217;llanadigan diagnostikumlar ularni ilg&#8217;ay olmaydi. Shu bois, odamga ushbu infektsiya ilashgani to&#8217;g&#8217;risida virus organizmga tushganidan so&#8217;ng 90 kun o&#8217;tkazib olingan tekshirish natijasiga qarab xulosa chiqarish mumkin. OITS OITV infektsiyasining yakuniy davri hisoblanadi. Virus bilan organizm o&#8217;rtasidagi kurash uzoq davom etib, virusning ustunligi bilan tugaydi. Shu vaqtdan OITS davri boshlanadi. Bu davrda odam organizmi har qanday mikrobga bardosh berish xususiyatini yo&#8217;qotadi. Jumladan, nafas, me&#8217;da-ichak, siydik yo&#8217;llarida doimo mavjud bo&#8217;lgan va kasallik qo&#8217;zg&#8217;ata ol-maydigan mikroblar ham faollashib, turli xastaliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Ularning namoyon bo&#8217;lishi organizmda yuzaga kelgan OITS holati bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgani uchun, ushbu guruhga kiruvchi kasalliklar jamlangan holda OITS bilan bog&#8217;liq (assosiyrlangan) infektsiyalar deb ataladi. Bular bakterial infektsiyalar, zamburug&#8217;li kasalliklar, viruslar qo&#8217;zg&#8217;atadigan kasalliklar, Kaposhi sarkomasi va hokazolar. Kasallik virusi infektsiya yuqqan odamning qonida, erkaklar shahvatida, ayollarning jinsiy a&#8217;zolari chiqindilarida va ko&#8217;krak sutida bo&#8217;ladi. Shuning uchun OITV, asosan, uch xil yo&#8217;l bilan yuqadi: qon orqali, jinsiy aloqa vositasida va infektsiya yuqqan onadan homilasiga vertikal yo&#8217;l bilan o&#8217;tadi. OITS bilan og&#8217;riganlarning ko&#8217;pchiligini narkomanlar (giyohvandlar), fohishalar, gomo &#8211; va biseksuallar tashkil etadi. OITS organizmga jinsiy aloqa, parenteral muolajalar (nosteril igna, shpris va boshqa tibbiy anjomlar ishlatilganda), inifisirlangan qon va uning o&#8217;rnini bosuvchi dorilarni qo&#8217;llash, a&#8217;zo va to&#8217;qimalarni ko&#8217;chirib o&#8217;tkazish (transplantasiya) vaqtida, shuningdek, virusni yuktirib olgan onadan homilaga homiladorlik davrida, tug&#8217;ish jarayonida va go&#8217;dak emiziladigan bo&#8217;lsa, ko&#8217;krak suti bilan yuqib qolishi mumkin. O&#8217;zbekistonda OITV\/OITS bilan bog\u2019liq masalalar Sog&#8217;liqni saqlash vazirligining OITV\/OITS xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Respublika OITV\/OITS markazi, Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi OITV\/OITS markazi, Toshkent shahar va viloyatlar OITV\/ OITS markazlari o&#8217;z hududlarida ushbu soha faoliyati bilan bog&#8217;liq barcha profilaktik, epidemiologik, laboratoriya tekshiruvi, davolash tadbirlarini olib boradi. Har bir markaz qoshida o&#8217;z ixtiyori bilan laboratoriya tekshiruvi uchun kelganlarni sir saqlagan holda tekshiradigan anonym xonalar mavjud. Maqsadli guruhlar-giyohvandlar va seks xodimlari bilan virus yuqib qolishining odsini olish maqsadida xufiyona ish olib boradigan Ishonch punktlari (IP) ham ishlaydi. Profilaktikasi. Ushbu infektsiya keng tarqalgan kasalliklardan biri bo&#8217;lgani uchun muhofaza tadbirlari ijtimoiy hayotning barcha soha vakillari ishtirokida olib borilishi lozim. Har bir yigit-qiz bu infektsiyaning tarqalish yo&#8217;llari, uning oldini oladigan tadbirlardan xabardor bo&#8217;lishi va o&#8217;zini undan ehtiyot qilishi kerak. Ad.: Axtamov M. A., Ahmedov M. A., SPID. T., 1991; V1J\/-infektsiya. Rukovodstvo dlya vrachey, Nijniy Novgorod, 1999. Shonosir Shovahobov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) \u2014 retrovirus guruhiga mansub virus qo&#8217;zg&#8217;atadigan kasallik; ikki davrga bo&#8217;linadi: OITV infektsiyasi va bevosita OITS (SPID) davri. OITV infektsiyasi davri odam organizmida virus bor, lekin &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/orttirilgan-immun-tanqisligi-sindromi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-110442","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110442","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=110442"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110442\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":110444,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110442\/revisions\/110444"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=110442"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=110442"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=110442"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}