{"id":110476,"date":"2023-10-07T12:37:58","date_gmt":"2023-10-07T09:37:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=110476"},"modified":"2023-10-07T12:38:06","modified_gmt":"2023-10-07T09:38:06","slug":"osmiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/osmiy\/","title":{"rendered":"Osmiy"},"content":{"rendered":"\n<p>Osmiy (Yunoncha osme \u2014 xid; lotincha Osmium), Os \u2014 Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 76, atom molekulasi, 190,2. Tabiiy Osmiy 7 ta barqaror izotopdan iborat: l84Os(0,018%), l86Os(l,59%), 187Os(l,64%), 188Os(13,3%), 189Os(16,l%), 190Os(26,4%), 192Os(41,l%). Osmiyning sun&#8217;iy radioaktiv izotoplari ichida 184Os eng uzoq vaqt mavjud bo&#8217;luvchi (T|\/2=700 kun). Osmiyni 1804 yilda S. Tennant platinani zar suvida eritishda ortib qolgan moddalar tarkibidan topgan. Osmiyning OsO4 tarkibli angidridi o&#8217;ziga xos o&#8217;tkir hidli (xlor hidiga o&#8217;xshaydi), kukun holidagi Osmiy ham shunday hidga ega. Osmiy Yer po&#8217;stining massa jihatidan. 5-10~6%ni tashkil qiladi. Tabiatda iridiy bilan qotishma holida, platina guruhi metallarining rudalarida uchraydi. O&#8217;zbekistonda Olmaliq va Qizilqum hududlaridagi polimetall rudalari tarkibida tarqoq holda mavjud. Osmiy \u2014 ko&#8217;kimtir tusli qattiq metall. Metallar ichida eng og&#8217;iri. Zichligi 22,6 g\/sm3 (15\u00b0da), suyuqlanish temperaturasi 3027\u00b0, qaynash temperaturasi 5027\u00b0. Osmiy kimyoviy xossalari jihatidan platina guruhidagi boshqa metallardan keskin ajralib turadi; u ba&#8217;zan metallmaslik xossalarini ham namoyon qiladi. Osmiy havoda qizdirilsa, oksidlanib, OsO4 \u2014 osmiy (Ush)-oksidga aylanadi. Osmiyning 2,4 va 8 valentli oksidlari bor. Osmiy oksidlari 600-950\u00b0 da uchuvchan. Osmiy monooksid yoki osmiy (P)-oksid, OsO \u2014 qora tusli kukun, suvda va kislotalarda erimaydi, juda tez oksidlanadi. Osmiy (I V) &#8211; oksid, OsO2 jigarrang yoki kora kukun modda, suvda va suyultirilgan kislotalarda erimaydi, zichligi 7,91 g\/sm3 (22\u00b0da), 650\u00b0 da parchalanadi. Havoda qizdirilganda osmiy (ush)- oksidga aylanadi. Osmiy (ush)-oksid yoki osmiy angidrid OsO4 rangsiz kristall modda, zichligi 4,96 g\/ sm3 (22\u00b0da), suyuqlanish temperaturasi 39,5\u00b0, qaynash temperaturasi 130\u00b0. Zaharli. Suv, spirt va efirda yaxshi eriydi. Suvdagi eritmasi osmat kislota H2[OsO4(OH)2] deyiladi. Metall Osmiy kukuni ftor bilan 250\u00b0 gacha qizdirilsa, osmiy (VIII) &#8211; ftorid OsF3 ga aylanadi. Qo&#8217;shimcha sifatida OsF6 va OsF4 xdm paydo bo&#8217;ladi. Osmiy xlor atmosferasida qizdirilsa, OsCl4, OsClj, OsCl2 lar vujudga keladi. Osmiy tarkibida mis-nikelli sulfide rudalari va mis molibden bo&#8217;lgan rudalardan platina guruhi metallari bilan ajratib olinadi. Uni boshqa metallardan ajratishda OsO4 holida boshqa idishga o&#8217;tkaziladi. Osmiy qotishmalari aniq o&#8217;lchov asboblari o&#8217;klarini tayyorlashda, radiotexnikada, kompozitsion materiallar olishda, birikmalari esa katalizatorlar sifatida tibbiyotda va fotografiyada ishlatiladi. Omonulla Xo&#8217;jayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Osmiy (Yunoncha osme \u2014 xid; lotincha Osmium), Os \u2014 Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 76, atom molekulasi, 190,2. Tabiiy Osmiy 7 ta barqaror izotopdan iborat: &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/osmiy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-110476","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110476","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=110476"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110476\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":110486,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110476\/revisions\/110486"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=110476"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=110476"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=110476"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}