{"id":110490,"date":"2023-10-07T12:57:00","date_gmt":"2023-10-07T09:57:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=110490"},"modified":"2023-10-07T12:57:04","modified_gmt":"2023-10-07T09:57:04","slug":"osiyo-tinch-okean-iqtisodiy-hamkorligi-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/osiyo-tinch-okean-iqtisodiy-hamkorligi-2\/","title":{"rendered":"Osiyo-tinch okean iqtisodiy hamkorligi"},"content":{"rendered":"\n<p>Osiyo-tinch okean iqtisodiy hamkorligi \u2014 xalqaro iqtisodiy tashkilot. Osiyo-Tinch okeanning 12 davlati \u2014 Avstraliya, Bruney, Indoneziya, AQSh, Kanada, Malayziya, Tailand, Singapur, Filippin, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Yangi Zelandiya tashqi ishlar va savdo vazirlarining Kanberra shahrida (Avstraliya) bo&#8217;lib o&#8217;tgan 1-konferentsiyasida asos solingan (1989 yil noyabr). Tashkilotning asosiy maqsadi Osiyo-tinch okean mintaqasida ochiq va erkin savdo hamda investitsiyalar uchun sharoit yaratib berish, atrof muhitni muhofaza qilish yuzasidan kuch-g&#8217;ayratlarni muvofiqlashtirish. Bunda umuman mintaqada, va, xususan, tashkilot doirasida integratsiya jarayonlariga muhim e&#8217;tibor beriladi. Osiyo-tinch okean iqtisodiy hamkorligida integratsiya jarayonlari mintaqada sanoati rivojlangan davlatlar uchun 2010 yilgacha va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun 2020 yilgacha ochiq va erkin savdoni ta&#8217;minlash va qo&#8217;llab-quvvatlashni, Osiyo-tinch okean iqtisodiy hamkorligi tashkilotiga a&#8217;zo mamlakatlarning izchil sur&#8217;atda o&#8217;sishi, bir tekis rivojlanishi va milliy barqarorligiga erishish uchun yaqin hamkorlik qilishni nazarda tutadi. Bu bayonot Osiyo-tinch okean iqtisodiy hamkorligi davlat boshliqlarining 1994 yilgi Bogor deklaratsiyasi nomini olgan. Hamkorlik tashkiloti o&#8217;z faoliyatini, asosan, 2 sohada olib bormoqsa. Birinchidan, xalqaro savdoni erkinlashtirish va miqyosini kengaytirish maqsadida savdo sohasida hamkorlik qilish, ikkinchidan, Osiyo-tinch okean mintaqasining texnologik rivojlanishi va yuksak taraqqiy etgan mintaqaviy infratuzilmani (bunda axborot va aloqa industriyasi, transport, xodimlar tayyorlash va boshqalar ham nazarda tutiladi) vujudga keltirishga harakat qilinmoqda. Osiyo-tinch okean iqtisodiy hamkorligi mamlakatlari O&#8217;zbekiston bozorini birmuncha istiqbolli deb biladi, ayni chog&#8217;da O&#8217;zbekiston Osiyo- Tinch okean mintaqasi mamlakatlari bilan siyosiy-iqtisodiy va ilmiy-madaniy hamkorlikni kuchaytirishga intiladi. Osiyo-tinch okean iqtisodiy hamkorligi tashkilotining doimiy ishchi organi \u2014 Kotibiyat. U 1993 yil tashkil qilingan. Qarorgohi Singapur shahrida. Sayfiddin Jo&#8217;rayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Osiyo-tinch okean iqtisodiy hamkorligi \u2014 xalqaro iqtisodiy tashkilot. Osiyo-Tinch okeanning 12 davlati \u2014 Avstraliya, Bruney, Indoneziya, AQSh, Kanada, Malayziya, Tailand, Singapur, Filippin, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Yangi Zelandiya tashqi ishlar va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/osiyo-tinch-okean-iqtisodiy-hamkorligi-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-110490","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110490","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=110490"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110490\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":110502,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110490\/revisions\/110502"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=110490"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=110490"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=110490"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}