{"id":110497,"date":"2023-10-07T12:56:58","date_gmt":"2023-10-07T09:56:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=110497"},"modified":"2023-10-07T12:57:01","modified_gmt":"2023-10-07T09:57:01","slug":"orolboyi-qoraqumi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/orolboyi-qoraqumi\/","title":{"rendered":"Orolbo&#8217;yi Qoraqumi"},"content":{"rendered":"\n<p>Orolbo&#8217;yi Qoraqumi &#8211; Orol dengizining shimoli-sharqida joylashgan hudud. Orolbo&#8217;yi Qoraqumining mutlaq balandligi sharqdan (160 metr) g&#8217;arbga, shuningdek, Orol dengizi botig&#8217;iga (53 metr) qarab pasayib boradi. Eng baland joylari alohida turgan gilli qoldiqlardan (Jilonqir, 157 metr va boshqalar) iborat. Ular atrofidagi tekisliklardan 20-50 metr ko&#8217;tarilib turadi. Qum uyumlarining qalinligi 10-30 metr. Orolbo&#8217;yi Qoraqumi hududining zamini bo&#8217;r, paleogen va neogen tog&#8217; jinslaridan tashkil topgan, asosan, gilqum yotqiziqlari keng tarqalgan. Bu jinslar ba&#8217;zi joylarda yer yuzasiga yaqin, ba&#8217;zan chiqib qolgan. Qum massivlarining eni va uzunligi turlicha, masalan, Jeneshkequm massivining uzunligi 100-120 kilometr, eni 10\u2014 15 kilometr, Ko&#8217;lquduqqum uzunligi 50-60 kilometr, eni 3-15 kilometr. Qum maydonlari o&#8217;simliklar bilan mustahkamlangan. Massivlari bir-birlaridan botiqlar orqali ajralgan, ularning tublari sho&#8217;r, sho&#8217;rxok va taqirlar bilan band. Qum relefi ulardan 10-20 metr baland. Iqlimi tipik adir xususiyatiga ega. Qishda havoning o&#8217;rtacha temperaturasi \u2014 11,7\u00b0 dan (Kazani meteostantsiyasi) \u2014 13,5\u00b0 gacha (Orol dengizi stansiyasi) boradi. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi ushbu stansiyalarda 26,1\u00b0, 26,3\u00b0. Qayd etilgan yillik mutlaq eng past temperatura -34\u00b0, -36\u00b0, eng yuqori temperatura 42\u00b0. Yog&#8217;in miqdori kam (108-124 mm), ularning asosiy qismi yilning iliq davriga to&#8217;g&#8217;ri keladi (64\u2014 67 mm). Qor qoplamining qalinligi 10 santimetr atrofida, 77-88 kun saqlanadi. Grunt suvlari sathi yer yuzasiga yaqin, qumlarda o&#8217;ziga xos suv linzalari hosil bo&#8217;ladi. Botiqlarda grunt suvlarining sathi 2-3 metr chuqurlikda joylashgan. Suvi chuchuk yoki bir oz sho&#8217;rroq, yaylovlarni suv bilan ta&#8217;minlashda foydalaniladi. Orolbo&#8217;yi Qoraqumi yuzasini cho&#8217;l-qum tuproklar va qumliklar egallagan. Qumlarda ko&#8217;proq oq jusan va yashil shuvoq guruxlari keng tarqalgan. Sho&#8217;rxok va sho&#8217;rlangan tuproqlarda sho&#8217;ralar o&#8217;sadi. Hududdagi yaylovlardan yil bo&#8217;yi foydalanish mumkin, o&#8217;rtacha mahsuldorlik gektariga 2,2 tsentner.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Orolbo&#8217;yi Qoraqumi &#8211; Orol dengizining shimoli-sharqida joylashgan hudud. Orolbo&#8217;yi Qoraqumining mutlaq balandligi sharqdan (160 metr) g&#8217;arbga, shuningdek, Orol dengizi botig&#8217;iga (53 metr) qarab pasayib boradi. Eng baland joylari alohida turgan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/orolboyi-qoraqumi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-110497","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110497","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=110497"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110497\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":110500,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110497\/revisions\/110500"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=110497"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=110497"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=110497"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}