{"id":11068,"date":"2021-11-22T16:54:26","date_gmt":"2021-11-22T13:54:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=11068"},"modified":"2025-10-29T11:35:27","modified_gmt":"2025-10-29T08:35:27","slug":"asfandiyorxon-kim-bolgan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/asfandiyorxon-kim-bolgan\/","title":{"rendered":"ASFANDIYORXON kim bo&#8217;lgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>ASFANDIYORXON (Isfandiyorxon) (? &#8211; 1643) &#8211; Xiva xoni (1623-43), Arab Muhammadxonning o&#8217;g&#8217;li. Eron shohi Abbos I homiyligida, turkmanlar yordami bilan ukasi Elbars (Ilbars) Sultonni taxtdan ag&#8217;darib, 1623 yil Xivada xonlik taxtiga o&#8217;tirdi. U turkman zodagonlariga tayanib ish yuritdi. Eron davlati qo&#8217;liga o&#8217;tib qolgan Janubiy Turkmanistonni Xiva xonligiga qo&#8217;shib olishga intildi, ammo 1628 yilda Safaviylar qo&#8217;shinidan yengildi. 17-asrning 30-40-yillarida Buxoro va Rossiya savdo karvonlariga zarar yetkazayotgan qalmoqlarga qarshi qattiq kurash olib bordi; qalmoqlarga qarshi ittifoq tuzish maqsadida Moskva bilan muzokaralar yuritdi. Arab Muhammadxonni o&#8217;ldirishgani uchun ukalari Habash Sulton bilan Elbars Sultonni qatl etib, ularga yordam bergan Xorazmdagi Uyg&#8217;ur va Nayman qabilalarining chorva mollarini tortib oldi va ularga qarshi qirg&#8217;in uyushtirdi. Asfandiyorxon davrida tarqoqlik va zulm kuchaydi. Bundan foydalangan yirik mulkdorlar o&#8217;z vakillaridan biri Abulg&#8217;oziyni Asfandiyorxonga qarshi qo&#8217;ydilar. Natijada 1643 yil Abulg&#8217;oziy xon qilib ko&#8217;tarildi. Xuddi shu yili Asfandiyorxon vafot etdi. Oradan 2 yil o&#8217;tgach, Abulg&#8217;oziy Bahodirxon Xivada taxtga o&#8217;tirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>ASFANDIYORXON (?-1918) \u2013 Xiva xoni (1910-18). Otasi Muhammad Rahimxon II vafotidan so&#8217;ng rus podsho hukumatining yordami bilan taxtga chiqdi (1910). 1910, 1914 yillari Peterburgda bo&#8217;ldi. Asfandiyorxon davrida ma&#8217;rifatparvar vazir Islomxo&#8217;ja tashabbusi bilan Xiva va boshqa shaharlarda pochta-telegraf, kasalxona, ikki madrasa va yangi tipdagi maktablar, hatto rus maktablari qurilddi. Asfandiyorxon Islomxo&#8217;jani xazinadagi mablag&#8217;ni behuda sovurishda ayblab qatl etdi (1913), Asfandiyorxon butun yerlarni qayta o&#8217;lchatib, mehnatkash xalqqa og&#8217;ir soliqlar soldi. Uning zulmiga qarshi 1915 yil Mang&#8217;itda, 1916 yil yanvrda Xo&#8217;jaylida xalq chiqishlari bo&#8217;lib o&#8217;tdi. 1905-07 yillarda tashkil topgan &#8220;Yosh xivaliklar&#8221; tashkiloti 1917 yil Fevral inqilobidan so&#8217;ng oshkora ish boshladi. Bu tashkilot 1917 yil 5 Aprelda xonni burjua islohoti o&#8217;tkazish haqidagi manifestga qo&#8217;l qo&#8217;yishga majbur etdi. Shu tariqa xon boshliq konstitutsion monarxiya tuzildi. Davlatni idora etuvchi &#8220;Idorai mashvarat&#8221; tashkil topdi. Lekin islohot mehnatkashlar ahvolini yaxshilamadi. Asfandiyorxon ko&#8217;p o&#8217;tmay &#8220;Idorai mashvarat&#8221;ni tarqatib, yana mustabid hokimiyat o&#8217;rnatdi. Asfandiyorxon 1918 yil 22 yanvarda yuqori martabali amaldorlar va din ahllari ishtirokida davlatni birga boshqarish hamda bolsheviklarga qarshi kurashish uchun Junaydxon bilan Xivada muzokara olib bordi. Natijada Asfandiyorxon Junaydxonni qo&#8217;shin boshlig&#8217;i (sardori Karim) etib tayinlab, hokimiyatni unga topshirdi. Oradan ko&#8217;p o&#8217;tmay, Junaydxon hokimiyatni butunlay qo&#8217;lga olish uchun Asfandiyorxonni yashirin ravishda o&#8217;ldirtirdi. Junaydxon taxtga o&#8217;z ta&#8217;siridagi Said Abdullaxonni o&#8217;tqazdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ASFANDIYORXON (Isfandiyorxon) (? &#8211; 1643) &#8211; Xiva xoni (1623-43), Arab Muhammadxonning o&#8217;g&#8217;li. Eron shohi Abbos I homiyligida, turkmanlar yordami bilan ukasi Elbars (Ilbars) Sultonni taxtdan ag&#8217;darib, 1623 yil Xivada xonlik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/asfandiyorxon-kim-bolgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-11068","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11068","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11068"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11068\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":162502,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11068\/revisions\/162502"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11068"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11068"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11068"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}