{"id":11079,"date":"2021-11-22T16:57:23","date_gmt":"2021-11-22T13:57:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=11079"},"modified":"2025-10-29T11:32:54","modified_gmt":"2025-10-29T08:32:54","slug":"asqad-muxtor-kim-bolgan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/asqad-muxtor-kim-bolgan\/","title":{"rendered":"ASQAD MUXTOR kim bo&#8217;lgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>ASQAD MUXTOR (taxallusi; Familiyasi Muxtorov, 1920.23.12, Farg&#8217;ona\u20141997.17.4, Toshkent) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq yozuvchisi (1980). O&#8217;rta Osiyo universitetining Filologiya fakultetini tugatgan (1942). Andijon pedagogika institutida kafedra mudiri (1942\u2014 45). &#8220;Yosh leninchi&#8221;, &#8220;Qizil O&#8217;zbekiston&#8221; gazetalarida mas&#8217;ul kotib, bo&#8217;lim mudiri (1945-48). O&#8217;zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi kotibi (1957-69, 1985-88), uyushma boshqaruvi raisining o&#8217;rinbosari (1965), &#8220;Sharq yulduzi&#8221; (1960-65), &#8220;Guliston&#8221; (1969-80) jurnallari, &#8220;O&#8217;zbekiston adabiyoti va san&#8217;ati&#8221; gazetasi bosh muharriri (1981-82). Dastlabki dostoni\u2014 &#8220;Bizning avlodlar&#8221; (1939) Buxoro mehnatkashlarining o&#8217;tmish hayoti haqida. Adib ijodida o&#8217;zbek xalqining ma&#8217;naviy kamolotini ko&#8217;rsatish masalasi muhim o&#8217;rin egallagan. Bu niyatini u o&#8217;zbek ishchi sinfi hayotini tasvirlash orqali amalga oshirishga intiladi. Shu jihatdan &#8220;Po&#8217;lat quyuvchi&#8221; (1947) poemasi bilan &#8220;Daryolar tutashgan joyda&#8221; (1950), &#8220;Opa-singillar&#8221; (1954), &#8220;Tug&#8217;ilish&#8221; (1961) asarlari o&#8217;rtasida mushtaraklik bor. &#8220;Davr mening taqdirimda&#8221; (1964), &#8220;Chinor&#8221; (1969) romanlarida mehnat kishisining yuksak insoniy fazilatlari tasvirlangan. &#8220;Chinor&#8221; romani mazmun va shakliga ko&#8217;ra o&#8217;ziga xos asar bo&#8217;lib, unda o&#8217;zbek xalqi bosib o&#8217;tgan tarixiy yo&#8217;l, kishilar ruhiyati ifoda etiladi. Mehnat kishisi obrazi, uning yaratuvchilik faoliyati &#8220;Bo&#8217;ronlarda bordek halovat&#8221; (1976) qissasida yangi qirralari bilan aks etdi. &#8220;Amudaryo&#8221; (1986) romani Afg&#8217;onistondagi voqealar haqida hikoya qiladi. Adib qahramonlari fikrlovchi, mushohada yurituvchi, bahslashuvchi kishilardir. Bu hol uning lirikasi uchun ham xosdir. &#8220;99 miniatyura&#8221; (1962), &#8220;She&#8217;rlar&#8221; (1966), &#8220;Sirli nido&#8221; (1984) va boshqa kitoblariga kirgan nazmlari bilan o&#8217;zbek poeziyasining boy imkoniyatlarini namoyish qildi. Uning poetik ijodi hayotiy mazmunga to&#8217;la, ko&#8217;proq voqeaband, hajviyotga moyil. Ularda inson hayotining o&#8217;tkinchiligi va haqiqati haqidagi o&#8217;ylar, inson va tabiat munosabatlariga oid murakkab savdolar aks etgan. &#8220;Mardlik cho&#8217;qqisi&#8221; (1948), &#8220;Yaxshilikka-yaxshilik&#8221; (1949), &#8220;Chin yurakdan&#8221; (1956), &#8220;Dunyo bolalari&#8221; (1962), &#8220;Ildizlar&#8221;, &#8220;Jar yoqasidagi chaqmoq&#8221; (1984), &#8220;Kumush tola&#8221; (1988) va boshqa asarlari bolalarga bag&#8217;ishlangan. &#8220;Tong bilan uchrashuv&#8221; (1987) pyesalar to&#8217;plami nashr etilgan. &#8220;Uyqu qochganda&#8221; (1997) kitobi hoz. hayot, ma&#8217;naviyat, madaniyat va ijod masalalariga bag&#8217;ishlangan. Sofokl, Shekspir, shuningdek jahon adabiyoti yirik namoyandalarining ayrim asarlarini o&#8217;zbek tiliga tarjima qilgan. Asarlari bir qancha xorijiy tillarda bosilgan. Hamza nomidagi O&#8217;zbekiston Davlat mukofoti laureati (1972). &#8220;Do&#8217;stlik&#8221; ordeni bilan mukofotlangan (1995). Asos: asarlar, 4 jildli, T., 1980-83; Tong bilan uchrashuv, T., 1987. Ad.: Soyimov B., Asqad Muxtor prozasi, T., 1969; Karimov H., Asqad Muxtorning insonni tasvirlash san&#8217;ati, T., 1972<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ASQAD MUXTOR (taxallusi; Familiyasi Muxtorov, 1920.23.12, Farg&#8217;ona\u20141997.17.4, Toshkent) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq yozuvchisi (1980). O&#8217;rta Osiyo universitetining Filologiya fakultetini tugatgan (1942). Andijon pedagogika institutida kafedra mudiri (1942\u2014 45). &#8220;Yosh leninchi&#8221;, &#8220;Qizil &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/asqad-muxtor-kim-bolgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-11079","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11079","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11079"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11079\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":162491,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11079\/revisions\/162491"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11079"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11079"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11079"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}