{"id":110954,"date":"2023-10-11T10:12:30","date_gmt":"2023-10-11T07:12:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=110954"},"modified":"2023-10-11T10:12:33","modified_gmt":"2023-10-11T07:12:33","slug":"organik-ogitlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/organik-ogitlar\/","title":{"rendered":"Organik o&#8217;g&#8217;itlar"},"content":{"rendered":"\n<p>Organik o&#8217;g&#8217;itlar &#8211; tarkibida o&#8217;simlik yoki hayvon organik birikmalari shaklida oziq moddalari bo&#8217;lgan o&#8217;g&#8217;itlar. Organik o&#8217;g&#8217;itlarga ko&#8217;pgina mahalliy o&#8217;g&#8217;itlar, yashil o&#8217;g&#8217;it, shahar kommunal xo&#8217;jaligi chiqindilari (axlat va ularning kompostlari, oqindi suvlar cho&#8217;kindilari, najas), oziq-ovqat, ko&#8217;n va boshqa sanoat tarmoqlari chiqindilari hamda sapropel (cho&#8217;kma loyqa), poxol va boshqalar kiradi. Organik o&#8217;g&#8217;itlar tuproqda biologik jarayonlarni kuchaytirib, uning fizik va kimyoviy xossalarini yaxshilaydi, oziq moddalar mikdorini oshiradi, tuproqning muhim agronomik xususiyatlariga har tomonlama ta&#8217;sir etadi va to&#8217;g&#8217;ri qo&#8217;llanilganda barcha ekinlar hosildorligini keskin oshiradi. Tuproq mikroorganizmlari hayot faoliyati natijasida Organik o&#8217;g&#8217;itlar parchalanganda o&#8217;simliklar o&#8217;zlashtira oladigan mineral birikmalar va chirindi hosil bo&#8217;ladi. Masalan, tuproqqa go&#8217;ng orqali o&#8217;simliklar uchun kerakli barcha oziq moddalar (makro va mikroelementlar) tushadi. Bunday o&#8217;g&#8217;itlar to&#8217;liq o&#8217;g&#8217;itlar deb ataladi. Organik o&#8217;g&#8217;itlar tuproqqa solingan yilidagina emas, balki bir necha yil ta&#8217;sir etadi. Organik o&#8217;g&#8217;itlar faqat o&#8217;simliklar uchun mineral oziq moddalar manbai bo&#8217;lib qolmasdan, SO2 manbai hamdir. Organik o&#8217;g&#8217;itlar tuproq mikroorganizmlari uchun energetik material va oziq manbai bo&#8217;lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, go&#8217;ng va najasning o&#8217;zi mikrofloraga boy bo&#8217;ladi. Shuning uchun Organik o&#8217;g&#8217;itlarning solinishi tuproqda azot to&#8217;plovchi bakteriyalar, ammonifikatorlar, nitrifikatorlar va boshqa foydali mikroorganizmlar guruhlari faoliyatini kuchaytiradi. Masalan, tipik soz tuproq yerlardagi g&#8217;o&#8217;zaga uzoq yillar davomida go&#8217;ng solinib turilganda tuproqning suv o&#8217;tkazuvchanligi ancha yaxshilanadi. Egatlarga birinchi bor suv taralganda tuproqning bir soatda suv ichishi o&#8217;g&#8217;itlanmagan dalada gektariga 117 m3 ni, har yili go&#8217;ng solinadigan dalada esa 195 m3 ni tashkil etdi. Organik o&#8217;g&#8217;itlar gektariga 15-20 tonna va undan ortiq normada haydash vaqtida asosiy o&#8217;g&#8217;it sifatida ishlatiladi. Ular g&#8217;o&#8217;za-beda-g&#8217;alla almashlab ekishda bedapoya haydalgandan keyin 5-6-yillari solinadi. Organik o&#8217;g&#8217;itlar o&#8217;simliklarni oziqlantirishda mineral o&#8217;g&#8217;itlar bilan birgalikda ham qo&#8217;llaniladi. Ad.: Skryabin F. A., Navoz v sisteme udobreniy xlopchatnika v oroshaemix usloviyax Sredney Azii, T., 1970; Rekomendatsii po primeneniyu udobreniy v respublikax Sredney Azii, T., 1974; lig- nin asosidagi organik o&#8217;g&#8217;itlar yuqori hosil omili, T, 1978. Ergash Ziyamuhamedov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Organik o&#8217;g&#8217;itlar &#8211; tarkibida o&#8217;simlik yoki hayvon organik birikmalari shaklida oziq moddalari bo&#8217;lgan o&#8217;g&#8217;itlar. Organik o&#8217;g&#8217;itlarga ko&#8217;pgina mahalliy o&#8217;g&#8217;itlar, yashil o&#8217;g&#8217;it, shahar kommunal xo&#8217;jaligi chiqindilari (axlat va ularning kompostlari, oqindi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/organik-ogitlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-110954","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110954","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=110954"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110954\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":110960,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110954\/revisions\/110960"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=110954"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=110954"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=110954"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}