{"id":110983,"date":"2023-10-11T12:21:34","date_gmt":"2023-10-11T09:21:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=110983"},"modified":"2023-10-11T12:21:44","modified_gmt":"2023-10-11T09:21:44","slug":"oriylar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oriylar\/","title":{"rendered":"Oriylar"},"content":{"rendered":"\n<p>Oriylar \u2014 Hindistonning ko&#8217;p ming yillik tarixida uni birinchi bor istilo qilgan qabilalar. &#8220;Oriy&#8221; so&#8217;zi qadimgi Eronzabon qabilalarning nomi bo&#8217;lib, &#8220;kelgindi&#8221;, &#8220;begona&#8221;, &#8220;boshqa yerlik&#8221; ma&#8217;nolarini bildirib, keyinchalik &#8220;xo&#8217;jayin&#8221;, &#8220;aslzoda&#8221; ma&#8217;nosini anglatgan. Qadimgi hind manbalarida Oriylarning muqaddas yurti Aryavarta haqida zikr qilinadi. Eroniy va hind- oriy qabilalari ajdodlarining keng urug&#8217;chilik aloqalari yoki birligi, ular tilining yaqinligi, grammatik va asosiy lug&#8217;at boyligi umumiy bo&#8217;lganligi, diniy tushunchalarning bir ekanligi, shuningdek urf-odatlari, olovga topinishning o&#8217;xshashligi diqqatga sazovor. Qadimgi hindlar va eroniylar birga yashab, hind-oriy umumiyligini tashkil etganlar. Ularning ajdodlari avvalo Markaziy Osiyo va unga qo&#8217;shni o&#8217;lkalarda yashaganlar degan fikr mavjud. Bu hududda yashaganlarning bir guruhi Hindistonga, boshqasi esa G&#8217;arbiy Osiyoga borganlar. Bu jarayon miloddan avvalgi 2-ming yillikning o&#8217;rtalarida ro&#8217;y bergan. Ba&#8217;zi olimlar Oriylarni Hindistonga ikki yo&#8217;l orqali, ya&#8217;ni Kavkaz va Markaziy Osiyo orqali o&#8217;tishi mumkinligini taxmin qiladilar. Bu jarayon bir necha yuz yillar mobaynida ro&#8217;y bergan. O&#8217;sha davrda mahalliy qabilalar bilan harbiy to&#8217;qnashuvlar, oriy qabilalarning ichida ham o&#8217;zaro nizolar bo&#8217;lib turgan. Hind-oriylarning Hindistonda mahalliy aholi bilan assimilyatsiya jarayoni va Oriylarning Sharqqa harakati tezroq kechgan. Oriylar mahalliy qabilalarning ijtimoiy, siyosiy tizimiga ma&#8217;lum darajada o&#8217;zgartirishlar kiritgan, o&#8217;z navbatida, hindlarning diniy tushunchalari ham hind-oriylarga o&#8217;z ta&#8217;sirini ko&#8217;rsatgan. Asta-sekin hind- oriy va mahalliy qabila yutuqlarini mujassamlashtirgan, shimoliy hamda Sharqiy Hindistonning anchagina aholisi uchun umumiy bo&#8217;lib qolgan yangi madaniyat vujudga kelgan. Ad.: G&#8217;iyosov T., Qadimgi Hindiston tarixi, T., 2000; Bongard \u2014 Levin G. M., Ilin G. F., Drevnyaya Indiya, M., 1969; Indiya v drevnosti, M., 1985. Temur G&#8217;iyosov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oriylar \u2014 Hindistonning ko&#8217;p ming yillik tarixida uni birinchi bor istilo qilgan qabilalar. &#8220;Oriy&#8221; so&#8217;zi qadimgi Eronzabon qabilalarning nomi bo&#8217;lib, &#8220;kelgindi&#8221;, &#8220;begona&#8221;, &#8220;boshqa yerlik&#8221; ma&#8217;nolarini bildirib, keyinchalik &#8220;xo&#8217;jayin&#8221;, &#8220;aslzoda&#8221; ma&#8217;nosini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oriylar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-110983","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110983","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=110983"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110983\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":110994,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/110983\/revisions\/110994"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=110983"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=110983"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=110983"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}