{"id":111042,"date":"2023-10-11T15:05:37","date_gmt":"2023-10-11T12:05:37","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111042"},"modified":"2023-10-11T15:05:51","modified_gmt":"2023-10-11T12:05:51","slug":"okeanologiya-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/okeanologiya-2\/","title":{"rendered":"Okeanologiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Okeanologiya (okean va &#8230; logiya), okeanografiya \u2014 dunyo okeanidagi fizik, kimyoviy, geologik va biologik jarayonlarni o&#8217;rganadigan fanlar majmui. Okeanologiyaning asosiy amaliy maqsadi \u2014 dengizdagi suv usti va suv osti kemalari qatnovining xavfsizligini ta&#8217;minlash va samaradorligini oshirish, okean suvlari va tubining biologik-mineral va energetika resurslaridan foydalanish; ob-havoni oldindan aytish usullarini mukammallashtirish. Okeanologiya, asosan, kemalarda va gidrologik stansiyalarda o&#8217;lchovlar o&#8217;tkazishga asoslanadi: kemalarda exolot yordamida okean tubining chuqurligi o&#8217;lchanadi; astronomiya usulida yerning radio yo&#8217;ldoshlari va maxsus navigatsiya yo&#8217;ldoshlari yordamida kema turgan joyning o&#8217;rni aniqlanadi; gidrologik stansiyalarda esa suvning temperaturasi o&#8217;lchanadi; sho&#8217;rligi va kimyoviy, optik xususiyatlarini aniklash uchun turli chuqurlikdan namuna olinadi. Bu fan okean suvi yuzasidagi va chuquridagi oqimlarni, to&#8217;lqinlarni o&#8217;lchash; suv rangini, muzlarning xususiyatini aniqlash, gruntdan, hayvon va o&#8217;simliklardan namuna olish usullaridan ham foydalanadi. Bir qancha o&#8217;lchovlar (dengiz sathi, suv ko&#8217;tarilishi, to&#8217;lqinlar, temperatura va boshqalar) qirg&#8217;oq va Orol st-ansiyalarida olib boriladi. Dunyo okeanografiya katalogi (1973) 200 ming gidrologiya stansiyasining ma&#8217;lumotlarini o&#8217;z ichiga oladi. Okean tubi chuqurliklarini sistemali ravishda o&#8217;lchab turish yo&#8217;li bilan to&#8217;plangan ma&#8217;lumotlar okean maydoni asosiy qismining 1:10 000 000 masshtabli batimetrik xaritalarini tuzish imkonini bermoqda. Okeanologiya ma&#8217;lumotlari navigatsiya xaritalari, jadvallar, qo&#8217;llanmalar va losiyalar tuzishda gidrografiya xizmati muassasalari uchun ilmiy asos bo&#8217;lib xizmat qiladi. Okean fizikasi (fizik okeanografiya, dengiz fizikasi) gidrotermodinamika, akustika, okean optikasi, radioaktivligi (yadro gidrofizikasi) va elektromagnit maydonini tadqiq etishni o&#8217;z ichiga oladi. Okean fizikasining eng yirik muammosi ob-havoni ancha vaqt oldindan aytish imkonini beradigan qonuniyatni \u2014 okean va atmosfera o&#8217;rtasidagi o&#8217;zaro ta&#8217;sir qonuniyatini aniqlashdan iborat. Okean kimyosi (kimyoviy okeanografiya) okean suvlarining gidrokimyosi va okean tubi cho&#8217;qindilarining geokimyosini o&#8217;z ichiga oladi. Okean geologiyasi geologiya, geofizika va geokimyoning dunyo okeani tagidagi yer qobig&#8217;iga tegishli barcha bo&#8217;limlarini o&#8217;z ichiga oladi. Okean biol ogiyasi tirik organizmlar \u2014 plankton, nekton, bentos va mikroor- ganizmlarni o&#8217;rganish bilan shug&#8217;ullanadi. Asosiy xalqaro okeanologiya tashkilotlari: YUNESKO qaramog&#8217;idagi hukumatlararo okeanografiya komissiyasi (Xok), dengizni o&#8217;rganish xalqaro kengashi va boshqalar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Okeanologiya (okean va &#8230; logiya), okeanografiya \u2014 dunyo okeanidagi fizik, kimyoviy, geologik va biologik jarayonlarni o&#8217;rganadigan fanlar majmui. Okeanologiyaning asosiy amaliy maqsadi \u2014 dengizdagi suv usti va suv osti kemalari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/okeanologiya-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-111042","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111042","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111042"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111042\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111054,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111042\/revisions\/111054"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111042"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111042"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111042"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}