{"id":111092,"date":"2023-10-12T09:45:08","date_gmt":"2023-10-12T06:45:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111092"},"modified":"2023-10-12T09:45:13","modified_gmt":"2023-10-12T06:45:13","slug":"oksidlanishli-fosforlanish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oksidlanishli-fosforlanish\/","title":{"rendered":"Oksidlanishli fosforlanish"},"content":{"rendered":"\n<p>Oksidlanishli fosforlanish \u2014 tirik organizmlarda organik kislotalar (substratlar)ning oksidlanishi natijasida hosil bo&#8217;lgan energiya hisobiga adenozindifosfat kislota (ADF) va fosfat kislotadan adezontri-fosfat kislotaning (ATF) sintezlanish jarayoni. Bu ko&#8217;pincha nafas olish zanjiridagi fosforlanish deb ham ataladi. Oksidlanishli fosforlanish natijasida hujayrada ko&#8217;p miqdorda energiyaga boy makroergik birikma \u2014 ATF to&#8217;planadi. ATF energiyasi keyinchalik hujayrada sodir bo&#8217;ladigan barcha hayotiy jarayonlarni energiya bilan ta&#8217;minlaydi. Oksidlanishli fosforlanishning asosiy substratlari Krebs tsiklila hosil bo&#8217;ladigan organik kislotalardir. Oksidlanish bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan fosforlanish jarayonini rus olimi V. A. Engelgardt kashf etgan (1930). Nafas olish bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan fosforlanish jarayoni esa rus olimlari V. A. Beliser va E. T.Tsibakovalar tomonidan ochilgan (1939). Keyinchalik A. Leninjer (AQSh) bu jarayon nafas olish zanjirida elektronlarning ko&#8217;chirilishi bilan bog&#8217;liq ekanligini ko&#8217;rsatdi. Elektronlar nafas olish zanjiriga qaytarilgan nikotinamida denindinu-kleotid (NADN2) yoki nikotinamida denindinukleotidfosfat (NADFN2) dan keladi; koferment Q orqali ketma-ket ravishda potentsiali manfiy bo&#8217;lgan birikmalardan musbat potentsialli birikmalarga ko&#8217;chiriladi. Nafas olish zanjiri orqali elektronlarning ko&#8217;chirilishi kislorodning qaytarilishi va suv molekulasining hosil bo&#8217;lishi bilan tugallanadi. Bu oxirgi jarayon murakkab tuzilishga ega bo&#8217;lgan tsitoxromoksidaza fermenti yordamida amalga oshiriladi. Shunday qilib, substratlarning kislo- rod yordamida oksidlanishi bir qator oksidlanish va fosforlanish reaktsiyalari bilan bog&#8217;langan bo&#8217;lib, bu reaktsiyalarning har biri uchun oksidlanayotgan substratning molekulasida to&#8217;plangan energiya oz-ozdan ajralib turadi va bu energiyadan hujayra to&#8217;liq foydalanishi uchun imkoniyat yaratiladi. Ajralib chiqqan energiyaning foydali energiyaga aylanishi &#8220;fosforlanish nuqtalari&#8221; deb ataluvchi qismlarda sodir bo&#8217;ladi. ATFning hosil bo&#8217;lishi ATF sintetaza fermentlari majmuasi yordamida amalga oshiriladi. Bu reaktsiya qaytar xarakterga ega bo&#8217;lib, teskari reaktsiya, ya&#8217;ni ATFning parchalanishini ham amalga oshiradi. Oksidlanishli fosforlanish jarayonini miqdor jihatdan ifodalovchi kattalik fan\/o koeffitsienti bo&#8217;lib, u ATF hosil qilish uchun sarflangan fosfor atomlari miqdorining mitoxondriy tomonidan yutilgan kislorod atomlari miqdoriga bo&#8217;lgan nisbatini bildiradi. Bu koeffitsient kattaligi oksidlanayotgan substratning xarakteriga, hujayraning fiziologik holatiga va hujayra muhitining tarkibiga bog&#8217;liq. Nafas olish zanjiridagi fosforlanishning maksimal samaradorligi, ya&#8217;ni ra&#8221;\/o qiymati substrat NADN2 bo&#8217;lganida 3 ga, suktsinat kislotada \u2014 2 ga teng. Nafas olish zanjiridagi fosforlanish jarayonining molekulyar mexanizmlari, ya&#8217;ni oksidlanish reaktsiyalari natijasida ajraladigan energiyaning ATF molekulalarida to&#8217;planish mexanizmlari ingliz olimi P. Mitgell tomonidan aniqlangan. Uning xemiosmotik nazariyasiga kura, oksidlanish va fosforlanish jarayonlari mitoxondriyaning ichki membranalarida hosil bo&#8217;ladigan vodorod ionlarining elektrokimyoviy potentsiali orqali o&#8217;zaro bog&#8217;lanadi. Nafas olish zanjiri bo&#8217;ylab elektronlarning ko&#8217;chirilishi 3 ta bosqichda (bog&#8217;lanish nuqtalarida) energiya ajralishi bilan boradi. Ajralgan energiya ionlarning elektrokimyoviy gradienti shaklida (DTSn+) bo&#8217;ladi. Keyinchalik undan ATF vujudga keladi yoki hujayraning energiya talab qiluvchi ehtiyojlari uchun to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri foydalaniladi. Abdukarim Zikiryoyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oksidlanishli fosforlanish \u2014 tirik organizmlarda organik kislotalar (substratlar)ning oksidlanishi natijasida hosil bo&#8217;lgan energiya hisobiga adenozindifosfat kislota (ADF) va fosfat kislotadan adezontri-fosfat kislotaning (ATF) sintezlanish jarayoni. Bu ko&#8217;pincha nafas olish zanjiridagi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oksidlanishli-fosforlanish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-111092","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111092","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111092"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111092\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111104,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111092\/revisions\/111104"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111092"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111092"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111092"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}