{"id":111259,"date":"2023-10-13T14:52:31","date_gmt":"2023-10-13T11:52:31","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111259"},"modified":"2023-10-13T14:52:34","modified_gmt":"2023-10-13T11:52:34","slug":"olimpiada-oyinlari-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/olimpiada-oyinlari-2\/","title":{"rendered":"Olimpiada o&#8217;yinlari"},"content":{"rendered":"\n<p>Olimpiada o&#8217;yinlari &#8211; 1) Yunonistonda umumyunon bayrami va musobaqalari (2 g&#8217;ildirakli aravada tez yurish, beshkurash, mushtlashish musobaqalari, san&#8217;at konkursi). Miloddan avvalgi 776 yildan boshlab milodiy 394 yilgacha har 4 yilda Olimpiya shahrida Xudo Zevs sharafiga o&#8217;tkazilgan. Ana shu 4 yillik davr Olimpiada deb atalgan. O&#8217;yinlar 5 kun davom etgan; 2) Yunonistonning Olimpiada o&#8217;yinlarini eslatuvchi jahon sport musobaqalari. 1896 yil (Olimpiadaning 1-yili) dan boshlab o&#8217;tkaziladi. Olimpiada o&#8217;yinlarini o&#8217;tkazish tartibi, qoidalari Olimpiya xartiyasida belgilab berilgan. Bu xartiyani zamonaviy Olimpiya harakati asoschisi, frantsiyalik jamoat arbobi Per de Kuberten (1863-1937) ishlab chiqqan. 1894 yil Parijda xalqaro sport kongressi xartiyani tasdiklagan (yangi tahriri 1999 yil qabul qilingan). O&#8217;yinlar Xalqaro Olimpiada tso&#8217;mitasi (XOQ) tomonidan tashkil qilinadi. O&#8217;yinlarda musobaqalar sportning faqat Olimpiya turlari bo&#8217;yicha o&#8217;tkaziladi. Olimpiya sport turi Xartiyaga binoan aniqlanib, u eng keng tarqalgan (yozgi o&#8217;yinlarning erkaklar uchun sport turi 4 qit&#8217;aning kamida 75 davlatida va ayollar uchun esa, 3 qit&#8217;aning kamida 40 davlatida tarqalgan) bo&#8217;lishi kerak. Dasturga yengil atletika, gimnastika, suzish, og&#8217;ir atletika, kurash, boks, qilichbozlik, eshkak eshish, velosiped sporti, futbol, basketbol musobaqalari, albatta, kiritiladi. 1968 yildan Olimpiada o&#8217;yinlari tashkiliy qo&#8217;mitasi XOQ tomonidan tasdiqlangan madaniy dastur tadbirlarini o&#8217;tkazib keladi. Bu tadbirlar san&#8217;at vositasida olimpiadaning xalqlar o&#8217;rtasida tinchlik va totuvlik ideallarini targ&#8217;ib qilishga qaratilgandir. 1924 yildan Olimpiada o&#8217;yinlarining qishki qismi mustaqil musobaqalar sifatida o&#8217;tkaziladi. Olimpiada shiori &#8220;tezroq, balandroq, kuchliroq&#8221; (lotincha &#8220;Citius, altius, Sortius &#8220;) 1920 yildan Olimpiada emblemasiga kiradi. Olimpiada emblemasi \u2014 ko&#8217;k, qora, qizil (yuqori qator), sariq va yashil (pastki qator) rangdagi bir-biriga chatishgan 5 halqa \u2014 Olimpiada harakatiga Birlashgan 5 ta qit&#8217;a ramzi. Har bir Olimpiada, shuningdek, o&#8217;z emblemasiga ega: olimpiadaning 5 halqasi (halqalar) va o&#8217;yinlar tashkilotchisi bo&#8217;lgan shahar ramzi, o&#8217;yinlar o&#8217;tkazilayotgan yil, joy va hokazolar. Olimpiada bayrog&#8217;i \u2014 Olimpiada timsoli (5 halqa) tushirilgan oq mato barcha Olimpiada o&#8217;yinlarida ko&#8217;tariladi. Olimpiada o&#8217;yinlarining an&#8217;anaviy atributa Olimpiada mash&#8217;alasidir. U Alfey daryosi vodiysidagi Kronos tog&#8217;yon bag&#8217;rida quyosh nurlaridan yondirilib, o&#8217;yinlarning tantanali ochilishiga estafeta bilan olib kelinadi va Olimpiada stadionidagi maxsus mehrobda o&#8217;yinlar yopilguncha (16 kun) yonib turadi. Olimpiada emblemasi. Jahon Olimpiada o&#8217;yinlari (tartib soni va o&#8217;tkazilgan yili); I \u2014 1896 (Afina), II \u2014 1900 (Parij); III \u2014 1904 (Sent-Luis, AQSh), IV &#8211; 1908 (London), V &#8211; 1912 (Stokgolm), VII \u2014 1920 (Antverpen), VIII &#8211; 1924 (Parij), IX &#8211; 1928 (Amsterdam), X \u2014 1932 (Los- Anjeles, AQSh), XI &#8211; 1936 (Berlin), XIV &#8211; Olimpiada medali. 1896, Afina. 1948 (London), XV \u2014 1952 (Xelsinki), XVI \u2014 1956 (Melburn, Avstraliya), XVII &#8211; 1960 (Rim), XVIII &#8211; 1964 (Tokio), XIX &#8211; 1968 (Mexiko), XX -1972 (Myunxen, GFR), XXI \u2013 1976 (Monreal, Kanada), XXII &#8211; 1980 (Moskva), XXIII \u2014 1984 (Los-Anjeles, AQSh), XXIV &#8211; 1988 (Seul), XXV -1992 (Barselona), XXVI &#8211; 1996 (Atlanta, AKD1), XXVII &#8211; 2000 (Sidney). 1 &#8211; va 2-jahon urushlari tufayli VI (1916), XII (1940), XIII (1944) Olimpiada o&#8217;yinlari o&#8217;tkazilmagan. O&#8217;zbekiston sportchilari Olimpiada o&#8217;yinlarida 1952 yildan buyon (1992 yilgacha sobiq Ittifoq va MDH sportchilari jamoasi tarkibida, 1996 va 2000 yillarda mustaqil davlat vakillari sifatida) qatnashib keladi. Olimpiada harakatini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov XOQ tomonidan Olimpiada oltin ordeni bilan taqdirlangan (1996).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Olimpiada o&#8217;yinlari &#8211; 1) Yunonistonda umumyunon bayrami va musobaqalari (2 g&#8217;ildirakli aravada tez yurish, beshkurash, mushtlashish musobaqalari, san&#8217;at konkursi). Miloddan avvalgi 776 yildan boshlab milodiy 394 yilgacha har 4 yilda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/olimpiada-oyinlari-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-111259","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111259","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111259"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111259\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111262,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111259\/revisions\/111262"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111259"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111259"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111259"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}