{"id":111293,"date":"2023-10-16T13:29:29","date_gmt":"2023-10-16T10:29:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111293"},"modified":"2023-10-16T13:29:52","modified_gmt":"2023-10-16T10:29:52","slug":"omonimlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/omonimlar\/","title":{"rendered":"Omonimlar"},"content":{"rendered":"\n<p>Omonimlar (omo &#8230; va Yunoncha Oputa \u2014 nom, ism) \u2014 umumiy ma&#8217;no unsurlariga ega bo&#8217;lmagan, tasavvuriy bog&#8217;lanmagan, lekin bir xil yozilib, bir xil aytiladigan so&#8217;zlar; ular orasida semantik aloqa bo&#8217;lmaydi. Ana shunday so&#8217;zlarning tilda mavjud bo&#8217;lishi va shunga bog&#8217;liq hodisalar omonimiya deyiladi. Omonimlarning lug&#8217;aviy va grammatik ko&#8217;rinishlari farqlanadi. Omonimlarning tilda paydo bo&#8217;lish sabablari turlichadir: avvallari har xil aytilib, bir xil eshitiladigan so&#8217;zlar talaffuzining tarixiy jarayonda tovush almashinishi yoki talaffuz o&#8217;zgarishi natijasida bir-biriga mos kelib qolishi; (ot \u2014 ism, ot \u2014 hayvon; o&#8217;t \u2014 olov, o&#8217;t \u2014 o&#8217;simlik) boshqa tillardan o&#8217;zlashgan so&#8217;zlarning talaffuz va yozilish jihatidan ona tilidagi so&#8217;zlarga mos kelib qolishi (tur-bosqich; tur-xil, nav); tilda mavjud bo&#8217;lgan ko&#8217;p ma&#8217;noli so&#8217;z ma&#8217;nolarining bir-biridan uzoqlashishi (dam \u2014 nafas; dam \u2014 hordiq; dam \u2014 bosqon) va boshqalar. Omonimlar bir yoki bir necha so&#8217;z turkumi doirasida bo&#8217;lishi mumkin: bir so&#8217;z turkumi doirasida omonimik uya tashkil etuvchi, yozilishi va talaffuzi aynan bir xil bo&#8217;lgan so&#8217;zlar to&#8217;liq yoki mutlaq Omonimlar deyiladi (chang \u2014 g&#8217;ubor, to&#8217;zon; chang \u2014 cholg&#8217;u asbobi); faqat ayrim shakllardagina mos keladigan, boshqa-boshqa turkumlariga mansub so&#8217;zlar notulik Omonimlar, boshqacha aytganda, omoshakllar deyiladi, qo&#8217;y (hayvon) \u2014 qo&#8217;y (fe&#8217;lning buyruq shakli). Omonimlar bilan bir qatorda tilda ularning alohida turlari sifatida omograflar (bir xil yoziladigan, lekin urg&#8217;u va talaffuz bilan farqlanadigan so&#8217;zlar: olma\u2014olma, tom (uy tomi) \u2014 tom (kitob tomi) va boshqalar hamda omofonlar (bir xil talaffuz qilinadigan, lekin yozilishida farq qiladigan so&#8217;zlar: yetti (son) \u2014 yetdi (fe&#8217;l); yot (begona) \u2014 yod (xotira) va boshqalar. Omonimiyaning mazkur barcha ko&#8217;rinishlariga mansub so&#8217;zlar ma&#8217;nosi asosan matn orqali bilinadi. Omonimlar mumtoz adabiyotda tajnis san&#8217;ati va tuyuq janrini yaratishda, askiya payrovlarida esa so&#8217;z o&#8217;yini va qochiriqsifatida ishlatiladi. So&#8217;z ustalari, ayniqsa, shoirlar (Xorazmiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur, So&#8217;fi Olloyor, Habibiy va boshqalar) poetik ta&#8217;sirchanlikni oshirishda Omonimlardan mahorat bilan foydalanganlar. Xorazmiyning: Buyung sarvu sanubartek, beling-qil, Vafo qilgan kishilarga vafo qil bayti yoki Alisher Navoiyning: Olmani sundi nigorim \u2014 ol, \u2014dedi, Olma birla bu ko&#8217;ngilni ol, \u2014 dedi, So&#8217;rdim ersa olmasining rangini, ne so&#8217;rarsan? \u2014 olma rangi ol, dedi. tuyug&#8217;i buning yorqin isbotidir. Dastlabki baytda qil so&#8217;zi 2 ma&#8217;noda (qilga o&#8217;xshash ingichka; qilmoq fe&#8217;lning o&#8217;zagi) ishlatilgan bo&#8217;lsa, tuyukda ol so&#8217;zi 3 ma&#8217;noda ishlatilgan (buyruq fe&#8217;li; ko&#8217;ngil ovlamoq; qizil rang, ol rang). Abduvahob Madvapiev, Bozorboy O&#8217;rinboyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Omonimlar (omo &#8230; va Yunoncha Oputa \u2014 nom, ism) \u2014 umumiy ma&#8217;no unsurlariga ega bo&#8217;lmagan, tasavvuriy bog&#8217;lanmagan, lekin bir xil yozilib, bir xil aytiladigan so&#8217;zlar; ular orasida semantik aloqa bo&#8217;lmaydi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/omonimlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-111293","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111293","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111293"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111293\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111303,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111293\/revisions\/111303"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111293"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111293"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111293"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}