{"id":111410,"date":"2023-10-17T10:35:27","date_gmt":"2023-10-17T07:35:27","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111410"},"modified":"2023-10-17T10:35:30","modified_gmt":"2023-10-17T07:35:30","slug":"oltoy-olkasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oltoy-olkasi\/","title":{"rendered":"Oltoy o&#8217;lkasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Oltoy o&#8217;lkasi &#8211; Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi o&#8217;lka. 1937 yil 28 sentabrda tashkil etilgan. G&#8217;arbiy Sibirning Janubda, ob daryosi yuqori oqimi va uning irmoqlari \u2014 Biya va Katun havzalarida joylashgan. G&#8217;arbiy Sibir iqtisodiy rayoniga kiradi. Oltoynit deyarli hammasini, Salairning g&#8217;arbiy yon bag&#8217;irlarini va unga yondosh tekislik hamda tog&#8217;oldi hududlari \u2014 dashtli Oltoyni o&#8217;z ichiga oladi. Janubi-sharqda MXR va Xitoy bilan chegaradosh. Maydoni 169,1 ming km2. Aholisi 2672 ming kishi (1998), asosan, ruslar (89,5%), shuningdek, nemis (4,9%), ukrain (2,9%) va boshqa millat vakillari ham (2,7%) yashaydi. Shahar aholisi 52,6%. Markazi \u2014 Barnaul shahri. Boshqa yirik shaharlari: Biysk, Rubsovsk. 60 ma&#8217;muriy tuman, 12 shahar, 15 shaharchaga bo&#8217;lingan. Oltoy o&#8217;lkasi 1917 yilgacha Tomsk gubernyasi tarkibida bo&#8217;ldi, 1917 yildan Oltoy gubernyasi deb atalgan, 1925 yildan Sibir o&#8217;lkasi tarkibida (1930 yilda G&#8217;arbiy Sibir o&#8217;lkasi qilib o&#8217;zgartirildi). 1991 yil o&#8217;lka tarkibidan tog&#8217;li Oltoy Respublikasi (1992 yildan Oltoy Respublikasi) ajralib chiqdi. Tabiati. O&#8217;lka hududi ob daryosi tomonidan Sharqiy (Salair kryajining tog&#8217;etagi va yon bag&#8217;irlari) va g&#8217;arbiy (Kulundi tekisligi, ob bo&#8217;yi platosi) qismlarga bo&#8217;linadi. Janubi-Sharqda \u2014 Oltoy tog&#8217;lari tarmog&#8217;i (balandligi 2421 metrgacha). Toshko&#8217;mir, polimetall rudalar, Kulundi tekisligi ko&#8217;llarida turli tuz konlari bor. Iqlimi kontinental. Qishi sovuq, kam qorli. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -19\u00b0. Yozi qisqa, iliq, iyulning o&#8217;rtachi t-emperaturasi 19\u00b0. Yiliga 250\u2014 350 mm yog&#8217;in tushadi. Vegetasiya davri 160-170 kun. Hududining katta qismi ob va uning irmoqlari \u2014 biya va Katun havzalariga mansub daryolaridan sug&#8217;oriladi, qolgan daryolar kulundi dashtining oqmas havzasiga mansubdir. Yirik ko&#8217;llari \u2014 Kulundi, Kuchuk. Tuproqlari asosan, qoratuproq (tekisliklarda). O&#8217;lkaning g&#8217;arbiy qismida sho&#8217;rlangan tuproqlar, tog&#8217;larda tog&#8217;podzol tuproqlar. O&#8217;lka hududining 1\/3 qismi o&#8217;rmon. Tekislik qismini dasht va o&#8217;rmonli dasht egallagan. Dasht o&#8217;simliklari deyarli qolmagan, ko&#8217;p yerlar haydab yuborilgan. Tog&#8217;larning eng tepasida Alp va subalp o&#8217;tloqlari hamda tog&#8217;tundrasi mavjud. Hayvonot dunyosi. Dashtlarda kemiruvchi ko&#8217;p, qushlardan dasht to&#8217;rg&#8217;ayi va balchiqchi, tuvaloq, bizg&#8217;aldoq, dasht burguti, daryo vodiylarida suv parrandalari, tog&#8217;larda Los, Maral, tog&#8217;echkisi, tog&#8217;qo&#8217;yi yashaydi. Oltoy o&#8217;lkasining Janubiy-Sharqiy qismida Oltoy qo&#8217;riqxonasi bor. Xo&#8217;jaligi. Sanoatining asosiy tarmoqlari: mashinasozlik va metallsozlik (traktor, traktor pluglari \u2014 &#8220;Altay- traktor&#8221; aktsiyadorlik jamiyati; qishloq xo\u2019jalik mashinalari \u2014 &#8220;Altayselmash-xolding&#8221;; bug&#8217;qozonlari; magistral yuk vagonlari \u2014 &#8220;Altayvagon&#8221; Rossiya ishlab chiqarishning 1\/3 qismini beradi; &#8220;Altaydizel&#8221;, &#8220;sibenergomash&#8221; va boshqalar); kimyo va neft-kimyosi (shina, sun&#8217;iy tola, kimyo mahsulotlari va boshqalar ishlab chiqarish \u2014 &#8220;Ximvolokno&#8221;, &#8220;Barnaulshina&#8221;, &#8220;Kauchuksulfat&#8221;, kimyo reaktivlari zavodlari, &#8220;Altayximprom&#8221; ishlab chiqarish birlashmasi); oziq-ovqat (go&#8217;sht, pishloq, moy ishlab chiqarish), yengil (ip-gazlama, trikotaj ishlab chiqarish), konchilik (polimetall rudalar, oltin, simob, osh tuzi va glauber tuzi); o&#8217;rmon va yog&#8217;ochsozlikdir. O&#8217;lkadagi korxonalar uy-ro&#8217;zg&#8217;or texnikasi: &#8220;ob&#8221; va &#8220;Altay-elektron&#8221; kir yuvish mashinalari, tsentrifuga, &#8220;Altay&#8221; televizorlari, elektronasoslar, &#8220;drujba&#8221; benzopilalari, oshxona mashinalari va boshqalar hamda maishiy kimyo tovarlari, mebel, sport va turizm bilan shug&#8217;ullanish uchun mahsulotlar chiqaradi. Asosiy sanoat markazlari: (Barnaul, Biysk, Rubsovsk, Novoaltaysk, Slavyangorod, Zarinsk shaharlari). Qishloq xo&#8217;jaligida g&#8217;alla, sut, go&#8217;sht yetishtiriladi. Kungaboqar, qand lavlagi hamda zig&#8217;ir ekinlari ko&#8217;p ekiladi. Mevachilik rivojlangan, galla, kartoshka, sabzavot ekiladi. Qo&#8217;ychilik, parrandachilik, asalarichilik, mo&#8217;ynachilik taraqqiy etgan. Tog&#8217;larda ola kiyik va marallar boqiladi. Biyskdan Mongoliyaga Chuya trakti o&#8217;tgan. avtoyo&#8217;llar zichligi 83 km\/ming km2 (1997). Ob daryosida kema qatnaydi. 6 oliy o&#8217;quv yurti, kutubxonalar, balneologik va iqlimiy kurortlar bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oltoy o&#8217;lkasi &#8211; Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi o&#8217;lka. 1937 yil 28 sentabrda tashkil etilgan. G&#8217;arbiy Sibirning Janubda, ob daryosi yuqori oqimi va uning irmoqlari \u2014 Biya va Katun havzalarida joylashgan. G&#8217;arbiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oltoy-olkasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-111410","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111410","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111410"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111410\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111413,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111410\/revisions\/111413"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111410"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111410"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111410"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}