{"id":111415,"date":"2023-10-17T10:36:06","date_gmt":"2023-10-17T07:36:06","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111415"},"modified":"2023-10-17T10:36:09","modified_gmt":"2023-10-17T07:36:09","slug":"oltoy-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oltoy-2\/","title":{"rendered":"Oltoy"},"content":{"rendered":"\n<p>Oltoy (turkiy va mongol tillarida Altan \u2014 oltin) \u2014 Osiyodagi tog&#8217; sistemasi, Rossiya Federatsiyasi, Mongoliya va Xitoy hududida. Shimoliy-g&#8217;arbda G&#8217;arbiy Sibir tekisligi (81\u00b0 shq.u.)dan Janubi-sharqda Gobi tekisliklari (106\u00b0 shq.u.)gacha chuzilgan. Uzunligi 2000 kilometr. Ayrim tizmalardan iborat. Baland cho&#8217;qqilari g&#8217;arbiy qismida (Beluxa, 4506 metr). Oltoy uch qismga \u2014 asl Oltoy, Gobi Oltoyi va Mongoliya Oltoyiga bo&#8217;linadi. Asl Oltoy Rossiya Federatsiyasi Oltoy o\u2019lkasi va Qozog&#8217;iston Respublikasining Sharqiy Qozog&#8217;iston viloyatida joylashgan. U shimolda G&#8217;arbiy Sibir tekisligidan jarlik orqali ajralgan, sharqi va shimoli-sharqi Mongoliya Oltoyi, G&#8217;arbiy Sayan tog&#8217;lariga tutashib ketadi. Gobi Oltoyi Mongoliya Oltoyining davomi. Mongoliya hududida. Uzunligi 500 kilometr, balandligi 1500-2500 metr, eng baland joyi 3957 metr; tog&#8217; etaklarida cho&#8217;l, yuqoriroqda dasht o\u2019simliklari o&#8217;sadi. Oltoy murakkab palaxsali-burmali tog&#8217;lar o\u2019lkasi. Proterozoydan karbon davrigacha hosil bulgan terrigen, karbonat va vulkanogen jinslaridan tuzilgan. Geologik tuzilishi va geologik rivojlanish tarixiga ko\u2019ra, Oltoy hududining shimoliy- Sharqiy qismini egallagan kaledon Oltoy iga (tog&#8217;li Oltoy) va undan chuqur yoriqlar orqali ajralgan gersin Oltoyi \u2014 Janubiy- G&#8217;arbiy Oltoy (Rudali va Janubiy Oltoy)ga bo\u2019linadi. Oltoy har xil foydali qazilmalarga boy (Tog&#8217;li Oltoyda temir rudasi, simob, oltin, Nodir metallar, rudali Oltoyda asl va rangli metallar bor). Gersin orogenizida vujudga kelgan tog&#8217;relefi mezozoyda tekislanib qolgan. Paleogen oxirida yana bir oz ko\u2019tarilgan, neogen oxiri \u2014 antropogen boshlarida ko&#8217;tarilish yana kuchaygan. Qadimgi va yangi yorikqlar bo\u2019ylab yer qatlamlari Palaxsa-palaxsa bulib siljigan va nihoyat, hozirgi murakkab relefi vujudga kelgan. Relef tuzilishida turtlamchi davr muzliklari va daryo eroziyasi katta rol o\u2019ynagan. Eng baland tizmalar (3200-4000 metr va undan baland) \u2014 Katun, shimoliy Chuya, Jan. Chuya tizmalari asl Oltoyning markaziy va Sharqiy qismlarida bulib, relefi Alp tipli. Ko&#8217;pchilik tizmalar bir-biridan Oltoy uchun xos bulgan tektonik soyliklar (dashtlar) orqali ajralib turadi. Iqlimi kontinental. Kishi yuqori atmosfera bosimi (Osiyo antisikloni) ta&#8217;sirida sovuq va davomli. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -15\u00b0dan (tog&#8217; oldilarida) -28\u00b0gacha, Markaziy Oltoyning tog&#8217;lar orasidagi soyliklarida -32\u00b0 (Chuya dashtida mutlaq minimum -60\u00b0). Baland tog&#8217;larda yoz qisqa va salqin; iyulning o\u2019rtacha temperaturasi 1000 metr balandlikda 14 va 16\u00b0 dan oshmaydi. Oltoy \u2014 namlik eng ko\u2019p to\u2019planadigan joy. Sernam yon bag&#8217;irlarida yiliga 800-1200 mm gacha (ayrim joylarda 2000 mm gacha), Janubiy- sharqida 200-300 mm (Chuya &#8220;Dashti&#8221;da 100 mm) yog&#8217;in tushadi. Oltoyda 1000 dan ortiq muzlik bor (umumiy maydoni 800 km2). Oltoyda daryo ko\u2019p. Daryolar qor suvlari va yomg&#8217;irdan tuyinadi. Bahorda toshadi. Eng yirik va sersuv daryolari: Katun, Tog&#8217;li Oltoy, Buxtarma, Biya, Chuya. 3500 dan ortiq ko&#8217;l bor (yiriklari Teles, Marqako&#8217;l). Landshaft tiplari tog&#8217; Dashti, tog&#8217;-o&#8217;rmon va baland tog&#8217; Landshaftlaridan iborat. Markaziy Oltoyning quruqsoyliklarida ham dasht o&#8217;simliklari o&#8217;sadi. Tog&#8217;o&#8217;rmon Landshaftlari Oltoy hududining 70% ni egallaydi. Tog&#8217;o&#8217;rmonlari 1700-2450 metr balandliklar orasida o\u2019sadi. Oltoyning eng baland tizmalari baland tog&#8217;landshaftini hosil qilgan. Ad.: Kambalov N., Priroda i prirodnie bogatstva Altayskogo kraya, Barnaul, 1952; Kuminova A. V., Rastitelniy pokrov Altaya, Novosibirsk, 1960; Gorniy Altay, Tomsk, 1971.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oltoy (turkiy va mongol tillarida Altan \u2014 oltin) \u2014 Osiyodagi tog&#8217; sistemasi, Rossiya Federatsiyasi, Mongoliya va Xitoy hududida. Shimoliy-g&#8217;arbda G&#8217;arbiy Sibir tekisligi (81\u00b0 shq.u.)dan Janubi-sharqda Gobi tekisliklari (106\u00b0 shq.u.)gacha chuzilgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oltoy-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-111415","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111415","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111415"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111415\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111419,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111415\/revisions\/111419"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111415"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111415"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111415"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}