{"id":111424,"date":"2023-10-17T12:35:27","date_gmt":"2023-10-17T09:35:27","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111424"},"modified":"2023-10-17T12:35:32","modified_gmt":"2023-10-17T09:35:32","slug":"oltoy-oltoy-respublikasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oltoy-oltoy-respublikasi\/","title":{"rendered":"Oltoy, Oltoy Respublikasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Oltoy, Oltoy Respublikasi \u2014 Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Respublika. Maydoni 92,6 ming km2. Aholisi 202,9 ming kishi (2002). Poytaxti \u2014 Gorno-Altaysk shahri. Ma&#8217;muriy jihatdan 9 tuman (rayon), 1 shahar, 2 shaharchaga bo&#8217;linadi. Respublika boshlig&#8217;i lavozimi ta&#8217;sis etilgan. Parlamenti Davlat Majlisi \u2014 El qurultoyi deb ataladi. Hukumatga Respublika boshlig&#8217;i raislik qiladi. Tabiati. Oltoy Respublikasi Oltoyning baland tog&#8217;li Janubiy qismini egallaydi. Respublikada Oltoyning eng baland nuqtasi \u2014 Beluxa tog&#8217;i (4506 metr) joylashgan. Tog&#8217; tizmalari (Katun, kuray, Shimol va Janubiy Chuya) oralig&#8217;ida chuqur vodiylar yoki keng soylik (&#8220;dasht&#8221;)lar bor. Iklimi keskin kontinental. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -12\u00b0 dan -32\u00b0 gacha, iyulniki 9-18\u00b0. Yillik yog&#8217;in 100 mm dan 1000 mm gacha. Daryolari: biya va Katun. Ularning gidroenergiya zahirasi katta. Biya daryosida yog&#8217;och oqiziladi. Yirik ko&#8217;li \u2014 Teles (Oltinko&#8217;l). Tuprog&#8217;i qora va tog&#8217;-podzol tuproq. Hududining 25% o&#8217;rmon. O&#8217;rmondan yuqorida subalp va Alp o&#8217;tloqlari bor. Yirik soyliklarda tog&#8217;dasht yoki chala cho&#8217;l o&#8217;simliklari o&#8217;sadi. Tog&#8217; echkisi, qoplon, ayiq, bo&#8217;ri, Los, Xoldor bug&#8217;u, kulrang sug&#8217;ur, uzun dumli yumronqoziq, tiyin, sobol; qushlardan turna, karqur, pishchuxa, qur, chil, oq va tundra kakligi yashaydi. Teles ko&#8217;li atrofida Oltoy va Katun qo&#8217;riqxonalari tashkil etilgan. Chemal tog&#8217;-iqlimiy kurorti mashhur. Teles ko&#8217;lida turizm rivojlangan. Aholisi oltoylar (31%), ruslar (60,4%), qozoklar (5,6%), ukrainlar va boshqalar. Shahar aholisi 27%. Tarixi. Oltoy hududida qadimdan odam yashagan. Quyi va yuqori paleolit davrlariga oid manzilgohlar (Ulalinka, U-Kan) topilgan. Bu yerlardan hunnlar, turk qabilalari, uyg&#8217;urlar, Enasoy qirg&#8217;izlari, qoraxitoylar, mo&#8217;g&#8217;ullar o&#8217;tgan. 13-asr boshlarida Oltoy hududi Mo&#8217;g&#8217;ullar davlatiga tobe bo&#8217;lgan. 1756 yilda oltoylar Rossiya fuqaroligiga olingan. Aholi chorvachilik, ovchilik bilan shug&#8217;ullangan. 1918 yil yanvar\u2014 martda sho&#8217;rolar hokimiyati o&#8217;rnatildi. O&#8217;sha yil iyunida oq gvardiyachilar qo&#8217;liga o&#8217;tdi. 1920 yil aprelda sho&#8217;rolar hokimiyati qayta tiklandi. 1922 yil 1 iyunda RSFSR tarkibida Oyrot muxtor viloyati tashkil etildi. 1948 yil 7 yanvarda u tog&#8217;li Oltoy Muxtor viloyatiga aylantirildi, uning markazi \u2014 Oyrot-tura shahri esa, Gorno-Altaysk deb ataldi. 1991 yilda respublika maqomini oldi va 1992 yil maydan Oltoy Respublikasi deb atala boshladi. Xo&#8217;jaligi. Sanoatining muhim tarmoqlari: oziq-ovqat, yengil sanoat, o&#8217;rmon va yog&#8217;ochsozlik, konchilik, qurilish materiallari sanoati va boshqalar. Gorno-Altaysk shahrida go&#8217;sht, yog&#8217;-pishloq, sut, tikuvchilik, poyabzal korxonalaridan tashqari tajriba yog&#8217;ochsozlik kombinati, samovar, temir-beton buyumlari, avtomobil ta&#8217;mirlash zavodlari bor. Maysk va talon shaxdrchalaridagi ruda konlarida oltin kazib olinadi. Chemal GES qurilgan. Qishloq xo\u2019jaligining asosiy tarmog&#8217;i \u2014 chorvachilik. Qo&#8217;y, echki, qoramol, Oltoy otlari va tog&#8217;li dasht joylarda qo&#8217;tos, shoxidan dori-darmon olinadigan bug&#8217;ular (Maral va Xoldor bug&#8217;ular), Chuya vodiysida tuyalar boqiladi. Asalarichilik rivojlangan. Tiyin, oq sichqon, tulki, kolonok, sobol, norka kabi mo&#8217;ynabop jonivorlar ovlanadi. Tog&#8217; oralig&#8217;i va daryo vodiylarida dehqonchilik qilinadi: suli, arpa, makkajo&#8217;xori, kungaboqar, o&#8217;tlar ekiladi. Bog&#8217;dorchilik birmuncha rivojlangan. Biysk shahri (Oltoy o&#8217;lkasi)dan mongoliya chegarasigacha boradigan transport magistrali \u2014 Chuya trakti (621 kilometr) Oltoy hududidan o&#8217;tadi. Madaniyati. 1992\/93 o&#8217;quv yili respublikada 199 umumiy ta&#8217;lim maktabi bo&#8217;lib, ularda 37 ming bola o&#8217;qidi; 5 o&#8217;rta maxsus o&#8217;quv yurtida 3,9 ming o&#8217;quvchi, pedagogika institutida 3,1 ming talaba ta&#8217;lim oldi. 6 ilmiy tadqiqot instituti (jumladan, tarix, Oltoy tili va adabiyoti ilmiy tadqiqot institutlari), 147 jamoat kutubxonasi, 253 klub muassasasi, 253 kino qurilma, milliy drama teatri, filarmoniya, o&#8217;lkashunoslik muzeyi bor. Oltoy tilida &#8220;Altaydin cholmoni&#8221; (&#8220;Oltoy yulduzi&#8221;, 1922 yildan) va rus tilida &#8220;Zvezda Altaya&#8221; gazetalari chiqadi. Oltoy radiosi Oltoy va rus tillarida eshittirish beradi. Adabiyoti. Oltoy qabilalarining Xitoy va Jung&#8217;ar bosqinchilariga qarshi kurashi, baxt-saodat haqidagi orzu-umidlarini ifodalovchi qahramonlik eposlari, qo&#8217;shiq, ertak, afsonalar, maqol, topishmoqlar to&#8217;qilgan. 19-20-asrlarda M. Yutkanakov, Sh. Shunekov, N. Ulagashev kabi baxshilar, M.V. Chevalkov kabi ma&#8217;rifatchilar mashhur bo&#8217;lgan. 20-asrning 20-yillarida yozuvchi M. V. Mundus-Edokov (&#8220;Qayliq&#8221;, &#8220;moziyda va hozirda&#8221; pyesalari), shoir P. A. Chagat-Stroev (&#8220;Dono Bahodir&#8221; va &#8220;qoraqo&#8217;ro&#8217;m&#8221; dostonlari) va boshqa barakali ijod qildilar. 30-40-yillarda P. V. Kuchiyak xalq hayotini tasvirladi. Me&#8217;morligi va tasviriy san&#8217;ati. Oltoy hududida miloddan avvalgi 2-ming yillikka oid ko&#8217;hna shahar xarobalari, istehkomlarning qoldiklari saklanib qolgan. Qoyalarda hayvon, qushlarning tasvirlari, ov manzaralarini uchratish mumkin. Qadimgi ko&#8217;chmanchilarning miloddan avvalgi 5\u2014 3-asrlarga mansub ko&#8217;plab amaliy san&#8217;at namunalari topilgan. Qadimgi namat, guldor gilam to&#8217;qish, kashtachilik an&#8217;analari hamon davom etib keladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oltoy, Oltoy Respublikasi \u2014 Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Respublika. Maydoni 92,6 ming km2. Aholisi 202,9 ming kishi (2002). Poytaxti \u2014 Gorno-Altaysk shahri. Ma&#8217;muriy jihatdan 9 tuman (rayon), 1 shahar, 2 shaharchaga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oltoy-oltoy-respublikasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-111424","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111424","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111424"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111424\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111429,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111424\/revisions\/111429"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111424"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111424"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111424"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}