{"id":111438,"date":"2023-10-17T13:50:23","date_gmt":"2023-10-17T10:50:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111438"},"modified":"2023-10-17T13:50:30","modified_gmt":"2023-10-17T10:50:30","slug":"omon-matjon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/omon-matjon\/","title":{"rendered":"Omon Matjon"},"content":{"rendered":"\n<p>Omon Matjon (taxallusi; asl ism-sharifi Matchonov Omon) (1943.14.2, Xorazm viloyati Yangibozor tumani) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq shoiri (1993). Samarqand universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1969). G&#8217;afur G&#8217;ulom nomidagi adabiyot va san&#8217;at nashriyotida muharrir, bo&#8217;lim mudiri (1969-85), &#8220;Yoshlik&#8221; jurnalida bosh muharrir (1985- 91), O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida mas&#8217;ul xodim (1991-94), O&#8217;zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo&#8217;mitasida rais o&#8217;rinbosari (1994\u2014 99), &#8220;Cho&#8217;lpon&#8221; nashriyotida direktor (1999-2001). 2001 yildan &#8220;gulxan&#8221; jurnali bosh muharriri. She&#8217;rlari 1965 yildan boshlab e&#8217;lon qilina boshlagan. Shoirning &#8220;karvon qo&#8217;ng&#8217;irog&#8217;i&#8221; (1973), &#8220;Quyosh soati&#8221; (1974), &#8220;yonayotgan daraxt&#8221; (1976), &#8220;yarador chaqmoq&#8221; (1977), &#8220;seni yaxshi ko&#8217;raman&#8221; (1981), &#8220;daraxtlar va giyohlar&#8221; (1984), &#8220;O&#8217;rtamizda birgina olma&#8221; (1990), &#8220;odamning soyasi quyoshga tushdi&#8221; (1991), &#8220;qush yo&#8217;li&#8221; (1993), &#8220;iymon yog&#8217;dusi&#8221; (1994), &#8220;Ardaxiva&#8221; (2000), &#8220;Xoja Ahror ziyoratlari&#8221; (2002) va boshqa she&#8217;riy asarlarida voqelikni nozik his etgan holda badiiy ifodalash, muayyan hodisadan favqulodda falsafiy xulosalar chiqarish, o&#8217;zi tug&#8217;ilib o&#8217;sgan muhit koloritiga mos ifodalar topish tamoyili ustuvorlik qiladi. Omon Matjon lirik she&#8217;rlar bilan birga lirik qissa va dramatik doston janrlarida ham ijod qilib, Xorazm xalq afsonalarining o&#8217;ziga xos badiiy talqini \u2014 &#8220;Haqqush qichqirig&#8217;i&#8221; (40 afsona, 1979) she&#8217;rlar kitobini, istiqlol arafasidagi sho&#8217;rolar mamlakati hayotining ziddiyatli manzaralari va jarohatlari tasviriga bag&#8217;ishlangan &#8220;gaplashadigan vaqtlar&#8221; (1986) qissasini, shuningdek, o&#8217;zbek xalqining Xorazmdan chiqqan buyuk siymolari haqidagi dramatik dostonlari (&#8220;Pahlavon Mahmud&#8221;, 1975; &#8220;Beruniy&#8221;, 1977 va boshqalar) ni yaratgan. &#8220;Ming bir yog&#8217;du&#8221; (1982) asari Navoiy &#8220;Xamsa&#8221;si ta&#8217;sirida yozilgan. Omon Matjon bu asarlarida o&#8217;tmishda yashab ijod qilgan o&#8217;lmas siymolar hayoti va hozirgi davr muammolarini tasvirlashda liro-epik she&#8217;riyat imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalangan. O&#8217;zbek she&#8217;riyatiga Xorazm shevasiga xos leksik unsurlar va musiqiy ohanglarni olib kirgan, lirik she&#8217;riyatni epic she&#8217;riyat unsurlari bilan boyitgan. Hamza nomidagi O&#8217;zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989). As: Saylanma [2 j.li], T., 1997. Jumaboyeva J., Omon Matjon, T., 1993.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Omon Matjon (taxallusi; asl ism-sharifi Matchonov Omon) (1943.14.2, Xorazm viloyati Yangibozor tumani) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq shoiri (1993). Samarqand universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1969). G&#8217;afur G&#8217;ulom nomidagi adabiyot va san&#8217;at nashriyotida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/omon-matjon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-111438","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111438","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111438"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111438\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111449,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111438\/revisions\/111449"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111438"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111438"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111438"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}