{"id":111484,"date":"2023-10-17T15:37:32","date_gmt":"2023-10-17T12:37:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111484"},"modified":"2023-10-17T15:37:35","modified_gmt":"2023-10-17T12:37:35","slug":"oltinxon-tora","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oltinxon-tora\/","title":{"rendered":"Oltinxon to&#8217;ra"},"content":{"rendered":"\n<p>Oltinxon to&#8217;ra, Mahmud ibn Sayid Nazir at-Taroziy (taxminan 1894, Avliyo ota, hozirgi Taroz shahri \u2014 1991.26.6, Makka) \u2014 ulamo, adib, tarjimon. Dastlabki ta&#8217;limni padari buzrukvoridan, so&#8217;ngra Shayx ibn Kamol Nosirxon To&#8217;ra Kosoniydan, davrining boshqa yetuk olimlaridan oldi. Xo&#8217;jand, Toshkent, Buxoro madrasalarida o&#8217;qidi. Arab, fors, turk tillarining barcha lahjalarini mukammal egalladi, mudarris bo&#8217;lib yetishdi. Sho&#8217;ro tuzumining ziyolilarga, ilm ahllariga o&#8217;tkazgan nohaq zug&#8217;umi sababli mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo&#8217;ldi. 1932 yildan Kobul shahrida istiqomat qila boshladi. Vir muddat Afg&#8217;oniston maorif vazirligida maslahatchi lavozimiga tayinlandi. So&#8217;ng Hindistonning Bombay shahridagi masjidda Imom xatib bo&#8217;lib xizmat qildi. 2-jahon urushi boshlangandan keyin Saudiya Arabistoniga ko&#8217;chib borib, umrining oxirigacha Makka va Madina shaharlarida yashab ijod etdi. Oltinxon to&#8217;ra Makkadagi xarami sharif, Madinadagi masjid an-Nabaviyda mudarrislik qilib Qur&#8217;on va hadislardan saboq berdi. Oltinxon to&#8217;ra tafsir, hadis, fikh, adabiyot va ilmning boshqa sohalariga oid 20 dan ortiq asarlar muallifi va tarjimonidir. U Qur&#8217;oni karimni hozirgi zamon o&#8217;zbek tiliga ilk bor tarjima qilib, tafsir yozdi. Bu kitob Hindiston, Pokiston (1976) va Saudiya Arabistonida (1985) chop etilgan. Shuningdek, olim Qur&#8217;onning ayrim suralarini ham tarjima va tafsirlari bilan alohida holda nashr qildirgan. Imom Abu Zakariyo an- Nabaviyning payg&#8217;ambar hadislariga bag&#8217;ishlangan &#8220;Riyoz US-solihiyn&#8221; (&#8220;yaxshilar gulshani&#8221;) nomli 4 jildli asarini, Imomi A&#8217;zamning &#8220;fikh al-Akbar&#8221; (&#8220;Asosiy shariat qoidalari&#8221;), &#8220;Aqoid Islomiya&#8221;, &#8220;Hizb al-A&#8217;zam&#8221; kabi kitoblarini arabchadan o&#8217;zbek tiliga o&#8217;girdi. O&#8217;zbek, Arab, fors, urdu tillarida diniy ma&#8217;rifiy mazmunda risolalar, tasniflar, ruboiylar yozdi. Oltinxon to&#8217;ra tomonidan at- Termiziy qalamiga mansub &#8220;kitob ash- Shamoilu an-Nabaviya&#8221; asarining o&#8217;zbek tiliga qilingan tarjimasi sunggi yillarda Toshkentda Arab va hozirgi o&#8217;zbek imlosida bir necha marta nashr etildi. As: Riyoz Us-solihin (yaxshilar Gulshani), 1-kitob, T., 1991; kitob al-haj, T., 1993. Ad.: Jalilov S, Sayid Mahmud Taroziy \u2014 Oltinxon to&#8217;ra, T., 1997.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oltinxon to&#8217;ra, Mahmud ibn Sayid Nazir at-Taroziy (taxminan 1894, Avliyo ota, hozirgi Taroz shahri \u2014 1991.26.6, Makka) \u2014 ulamo, adib, tarjimon. Dastlabki ta&#8217;limni padari buzrukvoridan, so&#8217;ngra Shayx ibn Kamol Nosirxon &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oltinxon-tora\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-111484","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111484","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111484"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111484\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111491,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111484\/revisions\/111491"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111484"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111484"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111484"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}