{"id":111492,"date":"2023-10-17T15:49:13","date_gmt":"2023-10-17T12:49:13","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111492"},"modified":"2023-10-17T15:49:16","modified_gmt":"2023-10-17T12:49:16","slug":"oltin-orda-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oltin-orda-2\/","title":{"rendered":"Oltin O&#8217;rda"},"content":{"rendered":"\n<p>Oltin O&#8217;rda, Jo&#8217;ji ulusi -13-asrning 40-yillari boshida Jo&#8217;jixonning o&#8217;g&#8217;li Botuxon (1238-1255) tomonidan asos solingan davlat. 1224 yil Jo&#8217;ji ulusi Xorazm, shimoliy Kavkazdan iborat edi. 1236-40 yillarda Botuxonning yurishlari natijasida Volga bulg&#8217;orlari yurti, Dashti Qipchoq, Qrim, G&#8217;arbiy Sibir, Oltin O&#8217;rdaga qo&#8217;shib olindi. Rus knyazlari Oltin O&#8217;rdaga qaram bo&#8217;lib, xiroj to&#8217;lab turganlar. Rus manbalarida bu davlat Oltin O&#8217;rda, Sharq manbalarida Jo&#8217;ji ulusi deb atalgan. Oltin O&#8217;rda markazi Botuxon davrida Quyi Volgada, saroy Botu edi. Berkaxon (1255-66) davrida saroy Berkaga ko&#8217;chirildi. Oltin O&#8217;rda oldin mo&#8217;g&#8217;ul qooniga qaram bo&#8217;lib, Botuning inisi Berka davrida mustaqillikka erishdi. Saroy Botu, Saroy Berka, Urganch, Sudak, Qofa (Feodosiya), Azoq savdo markazlari edi. Oltin O&#8217;rdani xon boshqargan. Zarurat tug&#8217;ilganda qurultoy chaqirilgan. Davlat ishlari bilan Beklarbegi shug&#8217;ullangan. Devon ishlarini vazir boshqargan. Soliq yig&#8217;ish dorug&#8217;a ixtiyorida bo&#8217;lgan. Zarur paytlarda bosqoqlar jo&#8217;natilgan. Yana quyidagi mansab va amallar bo&#8217;lgan: al- paut (zodagon), tuman, tumanbegi, elchi, bosqoq, devon bitikchisi, tamg&#8217;ach (boj yig&#8217;uvchi), tirnoqchi (tarozi-bon), shusunchi (ta&#8217;minotchi), yurtchi (me&#8217;mor), yo&#8217;l arachi (yo&#8217;l noziri), Tutqovul (qorovul), ko&#8217;pirchi, kemachi, Yomchi, ovchi. Qo&#8217;shinlarga tumanbegi, no&#8217;yon (Amir), yuzboshilar qo&#8217;mondonlik qilganlar. Oltin O&#8217;rda Jo&#8217;jining 14 nafar o&#8217;g&#8217;lining 13 ulusidan iborat edi. Ular o&#8217;z uluslarini mustaqil boshqarishga intilganlar. Mustaqillik harakati mangu Temur (1266-82) vafotidan keyin kuchaydi. Tuda Mangu (1282-87), Talabug&#8217;a (1287-91) xonliklari davrida tumanbegi No&#8217;g&#8217;ayning nufuzi ko&#8217;tarildi. 5 yil oradan o&#8217;tgach, yana isyon ko&#8217;tarildi. Unga O&#8217;zbekxon (1312-42) barham berdi. U va vorisi Jonibek (1342-57) davrlari Oltin O&#8217;rda harbiy salohiyatining eng kuchaygan davri bo&#8217;ldi. Hokimiyat markazlashdi. Uluslar viloyatlarga aylantirildi, ularni amirlar boshqargan; qurultoylar chaqirilmay qo&#8217;ygan. O&#8217;zbekxon davrida Oltin O&#8217;rda qurolli kuchlari 300 mingga yetgan. Lekin, ichki ziddiyatlar 1357 yil Jonibekxonning o&#8217;ldirilishi bilan yana yuzaga chiqdi. Shundan 1380 yilgacha 25 marta xon almashdi. 14-asrning 60-yillarida Xorazm mustaqil davlat bo&#8217;lib ajralib chikdi. Polsha va Litva davlati Dnepr daryosi havzasini bosib oldi. Hojitarxon (Astraxon) xonligi tashkil topdi. Faqat To&#8217;xtamish davri (1380-95) ga kelib isyonlar to&#8217;xtadi. 1382 yil u Moskvani egallab, o&#8217;t qo&#8217;ydi. Movarounnahrga tahdid sola boshladi. Amir Temurning 1389, 1391, 1395-96 yillari To&#8217;xtamishga qarshi yurishlari Oltin O&#8217;rdani holdan to\u2019ydirdi. Idiqu Oltin O&#8217;rdani tiklashga harakat qildi, natija bermadi. 15-asrning 20-yillarida Sibir xonligi, 40-yil No&#8217;g&#8217;ay O&#8217;rda, 1438 yil Qozon xonligi, 1443 yil Qrim xonligi, 60-yillarda qozoq xonligi tashkil topdi. 1480 yil Ahmad Rusni bo&#8217;ysundirishga urindi. 16-asr boshlarida Oltin O&#8217;rda quladi. Ad.: Grekov B.D., Yakubovskiy A.Yu., Oltin O&#8217;rda va uning qulashi, T., 1964; Safargaliev M. G. Raspad Zolotoy Ordi, Saransk, 1960; Rizaetdin Faxretdin, Xani Zolotoy Ordi, Kazan, 1995 Naim Norqulov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oltin O&#8217;rda, Jo&#8217;ji ulusi -13-asrning 40-yillari boshida Jo&#8217;jixonning o&#8217;g&#8217;li Botuxon (1238-1255) tomonidan asos solingan davlat. 1224 yil Jo&#8217;ji ulusi Xorazm, shimoliy Kavkazdan iborat edi. 1236-40 yillarda Botuxonning yurishlari natijasida Volga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oltin-orda-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-111492","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111492","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111492"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111492\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111493,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111492\/revisions\/111493"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111492"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111492"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111492"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}