{"id":111510,"date":"2023-10-18T08:06:09","date_gmt":"2023-10-18T05:06:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111510"},"modified":"2023-10-18T08:06:13","modified_gmt":"2023-10-18T05:06:13","slug":"omonat-shartnomasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/omonat-shartnomasi\/","title":{"rendered":"Omonat shartnomasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Omonat shartnomasi (O&#8217;zbekiston Respublikasida) \u2014 shartnoma turlaridan biri. Bunda bir taraf (omonat saqlovchi) ikkinchi taraf (saqlashga topshiruvchi) bergan ashyoni saqlash va bu ashyoni to&#8217;la holda qaytarish majburiyatini oladi. Omonat saqlashdan asosiy maqsad ashyolarning butligini ta&#8217;minlashdan, unga o&#8217;zga shaxslar tomonidan zarar yetkazilishi va o&#8217;zlashtirib olinishidan asrashdan iborat. Shartnoma bo&#8217;yicha topshirilgan mulkning saklanishi va uni albatta butun holda qaytarilishi nazarda tutiladi. Omonat shartnomasi yozma shaklda bo&#8217;ladi. Undan tashqari omonat saqlashga topshirishda beriladigan patta, tilxat, guvohnoma kabilar ham, agar unda omonat saqlovchi imzo qo&#8217;ygan bo&#8217;lsa, yozma shartnoma hisobiga o&#8217;tadi (FK, 876-modda). Omonat shartnomasi bo&#8217;yicha omonatchi ashyoga nisbatan mulk huquqiga, ashyoni tasarruf qilish huquqiga ega bo&#8217;la olmaydi, u faqat ashyoni saqlab berishi lozim. Omonat shartnomasida qatnashuvchi taraflar fukarolar va yuridik shaxs hisoblangan tashkilotlardir. Tashkilotlar o&#8217;z ustav (Nizom)larida nazarda tutilgan hollardagina omonat saklash faoliyati bilan shug&#8217;ullanishlari mumkin. Jismoniy xususiyatlari jihatidan omonat saqlovchining ixtiyoridagi binoga yoki hududga joylashtirilishi mumkin bo&#8217;lgan buyumlargina Omonat shartnomasining predmeti bo&#8217;la oladi. Shu sababli kuchmas mulk va hajmi ulkan ob&#8217;yektlar buyicha Omonat shartnomasi tuzilishi mumkin emas. Bunday ob&#8217;yektni qo&#8217;riqlash ishi qorovul va shu kabilar bilan mehnat shartnomasi tuzish asosida amalga oshiriladi. Saqlanishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan narsalar \u2014 qoradori, zaharli moddalar, har xil o&#8217;qotar qurol va hokazolar omonat saqlash shartnomasining predmeti bo&#8217;lishi mumkin emas. FK ning 878-moddasiga muvofiq, omonat saqlovchi ashyoni shartnomada kelishilgan muddat davomida saqlashi shart. Agar Omonat shartnomasida muddat nazarda tutilmagan bo&#8217;lsa, ashyo shaxs tomonidan talab qilib olinguncha saqlanadi. Sotiboldi Boboqulov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Omonat shartnomasi (O&#8217;zbekiston Respublikasida) \u2014 shartnoma turlaridan biri. Bunda bir taraf (omonat saqlovchi) ikkinchi taraf (saqlashga topshiruvchi) bergan ashyoni saqlash va bu ashyoni to&#8217;la holda qaytarish majburiyatini oladi. Omonat saqlashdan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/omonat-shartnomasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-111510","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111510","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111510"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111510\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111515,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111510\/revisions\/111515"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111510"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111510"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111510"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}