{"id":111517,"date":"2023-10-18T08:29:50","date_gmt":"2023-10-18T05:29:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111517"},"modified":"2023-10-18T08:30:00","modified_gmt":"2023-10-18T05:30:00","slug":"olimpiya-shon-shuhrati-muzeyi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/olimpiya-shon-shuhrati-muzeyi\/","title":{"rendered":"Olimpiya shon-shuhrati muzeyi"},"content":{"rendered":"\n<p>Olimpiya shon-shuhrati muzeyi \u2014 O&#8217;zbekistonda olimpiada harakati va sport yutuqlarini targ\u2019ib qiluvchi markaz. 1996 yil 1 sentabrda Toshkentda ochilgan. Osiyo qit&#8217;asida birinchi tashkil qilingan Olimpiya muzeyi. Ochilishida Xalqaro Olimpiada qo&#8217;mitasi(XOQ)ning Prezidenti X.A.Samaranch ishtirok etgan. Muzeyning vazifasi: Olimpiya g&#8217;oyalarini targ&#8217;ib qilish bilan birga respublikada jismoniy tarbiya, sport, sayohat va xalq milliy o&#8217;yinlarini yuksaltirish, shuningdek, O&#8217;zbekiston sportchilarining jahon miqyosidagi nufuzini mustahkamlash ishiga ko&#8217;maklashish. Muzeyda 11 mingdan ziyod eksponatlar: turli buyumlar, ashyolar, rasmlar, yorlikdar va musobaqalarning g&#8217;oliblariga berilgan kuboklar, medallar, nishonlar mavjud. Ular AQSh, Ispaniya, Shveytsariya va boshqa xorijiy davlatlardan olib kelingan. Muzeyning 1-qavatida noyob eksponatlar joylashtirilgan. Prezident I. Karimovning muzeyga sovg&#8217;alari ham bor. Bular xalkaro sportni rivojlantirishga qo&#8217;shgan hissasi uchun O&#8217;zbekiston Prezidentiga XOQ Prezidenti topshirgan Olimpiada oltin ordeni, Osiyo olimpiada Kengashining Olimpiada oltin ordenidir. Shuningdek, bu yerda xalqaro havaskorlar kurash federatsiyasining &#8220;Oltin marjoni&#8221;, professional boks bo&#8217;yicha 16 karra jahon chempioni A. Grigoryanning chempionlik oltin kamari, gulchambari va medallari, olimpiada o&#8217;yinlari vaqtida tayyorlangan turli medallar va nishonlar bor. Muzeyning 2-qavatida Olimpiada o&#8217;yinlari o&#8217;tkazilgan yillar xronologik tarzda berilgan bo&#8217;lib, ularda ishtirok etgan o&#8217;zbekistonlik sportchilarning kiyimlari, asbob-anjomlari, suratlari, mukofotlari bilan tanishish mumkin. O&#8217;zbekiston mustaqilligi yillarida sportchilari-mizning jahon, Yevropa birinchiliklari, Osiyo, Markaziy Osiyo o&#8217;yinlari, Toshkent va xorijiy mamlakatlarda o&#8217;tkazilayotgan turli xalqaro turnirlarda erishgan yutuqlari, qo&#8217;lga kiritgan sovrinlari muzey eksponatlarining asosini tashkil etadi. Amaldagi ekspozitsiyalar muntazam yangi eksponatlar bilan to&#8217;ldirib turiladi. Muzey vidiokassetasi tasmalariga eng qiziqarli musobaqalar tasviri yozilgan. Olimpiya shon-shuhrati muzeyida O&#8217;zbekistonda jismoniy tarbiya va sport tarixiga oid hujjatlar fondi yaratilgan. Bu yerda muhim sport tadbirlari o&#8217;tkazilib turiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Olimpiya shon-shuhrati muzeyi \u2014 O&#8217;zbekistonda olimpiada harakati va sport yutuqlarini targ\u2019ib qiluvchi markaz. 1996 yil 1 sentabrda Toshkentda ochilgan. Osiyo qit&#8217;asida birinchi tashkil qilingan Olimpiya muzeyi. Ochilishida Xalqaro Olimpiada qo&#8217;mitasi(XOQ)ning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/olimpiya-shon-shuhrati-muzeyi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-111517","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111517","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111517"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111517\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111522,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111517\/revisions\/111522"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111517"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111517"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111517"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}