{"id":111539,"date":"2023-10-18T09:10:30","date_gmt":"2023-10-18T06:10:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111539"},"modified":"2023-10-18T09:10:33","modified_gmt":"2023-10-18T06:10:33","slug":"oltin-valyuta-zaxiralari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oltin-valyuta-zaxiralari\/","title":{"rendered":"Oltin-valyuta zaxiralari"},"content":{"rendered":"\n<p>Oltin-valyuta zaxiralari -mamlakatning Markaziy emissiya banki yoki xazinasida quyma (yombi) va tanga shaklida to&#8217;plangan markazlashgan oltin rezerv fondi. Oltin-valyuta zaxiralariga hukumat va Markaziy banklarga tegishli bo&#8217;lgan oltin quymalari va oltin tangalar, xorijiy bank hisob raqamlaridagi valyuta mablag\u2019lari, xorijiy mamlakatlar banknotlari, tangalari va davlat qimmatli qog&#8217;ozlari, shuningdek, xalqaro valyuta fondi (XVF)dagi rezerv pozisiyalari kiradi. Oltin-valyuta zaxiralari mamlakatning pul birligini mustahkamlash, uni barqaror ushlab turish, shuningdek, ichki valyuta bozorini zaruriy valyuta mablag&#8217;lari bilan ta&#8217;minlash maqsadida shakllantiriladi. Markaziy bank va boshqa moliya institutlari tomonidan saqlanadigan Oltin-valyuta zaxiralari hajmi xalqaro va mintaqaviy valyuta-kredit hamda moliyaviy institutlarning xorijiy bank hisob raqamlaridagi xalqaro to&#8217;lovlar uchun mo&#8217;ljallangan mablag&#8217;lari hisobidan to&#8217;ldirib boriladi. Oltin-valyuta zaxiralarini shakllantirishda erkin muomaladagi, ya&#8217;ni boshqa valyutalarga to&#8217;siqlarsiz ayirboshlash mumkin bo&#8217;lgan valyutalar ham muhim o&#8217;rin tutadi. Oltin (quyma va tanga ko&#8217;rinishida) yuqori likvidlikka ega bo&#8217;lgan xalqaro mablag&#8217;lar orasida muhim ahamiyatga egaligini saklab kelmoqda. XVFga a&#8217;zo mamlakatlar o&#8217;zlarining Oltin-valyuta zaxiralariga XVFdan erkin talab qilib olish mumkin bo&#8217;lgan valyuta qoldiqlarini kiritib borishga alohida e&#8217;tibor beradi. Ushbu mablag&#8217;dan XVF kapitaliga oltindan berilishi lozim bo&#8217;lgan to&#8217;lov kvotasini o&#8217;tkazib berishda foydalaniladi. 1970 yildan boshlab esa ushbu to&#8217;lov kvotasini har bir davlat uchun belgilangan biror fond valyutasida to&#8217;lash huquqlari joriy etildi. Oltin-valyuta zaxiralari xalqaro mablag&#8217;larining zaxira fondi vazifasini bajaradi qamda to&#8217;lov balansi taqchilligini qoplash va valyuta bozorida milliy valyuta kursini ushlab turish maqsadida interventsiya qilish uchun foydalaniladi. Uning optimal qiymati tashqi likvidlikni, ya&#8217;ni mamlakatning xorijiy mamlakatlarga bo&#8217;lgan to&#8217;lovlarini o&#8217;z vaqtida, uzluksiz ta&#8217;minlash uchun etarli bo&#8217;lmog&#8217;i lozim. Oltin-valyuta zaxiralarining kamayishi mamlakatning valyuta siyosati salbiy ekanligidan dalolat beradi. O&#8217;zbekistonda so&#8217;nggi 5-6 yil davo-mida Oltin-valyuta zaxiralarining hajmi mamlakatning 5 oylik import hajmini qoplay olish darajasida saqlanib kelinmoqda. Xalqaro tajribaga muvofiq, mamlakatning Oltin-valyuta zaxiralarining hajmi mazkur mamlakatning 3 oylik import hajmidan kam bo&#8217;lmasligi lozim. Fayzulla Mullajonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oltin-valyuta zaxiralari -mamlakatning Markaziy emissiya banki yoki xazinasida quyma (yombi) va tanga shaklida to&#8217;plangan markazlashgan oltin rezerv fondi. Oltin-valyuta zaxiralariga hukumat va Markaziy banklarga tegishli bo&#8217;lgan oltin quymalari va oltin &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/oltin-valyuta-zaxiralari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[225],"tags":[],"class_list":["post-111539","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi-2","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111539","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111539"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111539\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111543,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111539\/revisions\/111543"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111539"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111539"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111539"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}