{"id":11156,"date":"2021-11-22T18:56:38","date_gmt":"2021-11-22T15:56:38","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=11156"},"modified":"2025-10-29T10:35:25","modified_gmt":"2025-10-29T07:35:25","slug":"ateroskleroz-haqida-nimani-bilasiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ateroskleroz-haqida-nimani-bilasiz\/","title":{"rendered":"ATEROSKLEROZ haqida nimani bilasiz?"},"content":{"rendered":"\n<p>ATEROSKLEROZ (Yunoncha athera \u2014 bo&#8217;tqa va skleroz) \u2014 yog&#8217;simon modda (lipoid)lar almashinuvi buzilib, ularning arteriya ichki qavatida to&#8217;planishi va biriktiruvchi to&#8217;qimaning o&#8217;sib ketishi natijasida kelib chiqadigan surunkali kasallik. Ateroskleroz qon aylanishining umumiy va mahalliy buzilishi bilan birga kechadi. Arteriya devori to&#8217;qimasi xujayralaridagi o&#8217;zgarishlar, ularda kechadigan biokimyoviy jarayonlardagi buzilishlar Ateroskleroz paydo bo&#8217;lishi va rivojlanishida muhim rol o&#8217;ynaydi. Arteriyalar devorining ayrim sohalarida fibroz to&#8217;qima rivojlanishi, shu sohalarda xolesterin va boshqa moddalar yig&#8217;ilishi Ateroskleroz paydo bo&#8217;lishiga olib keladi. Bu arterial qon bosimining kutarilishi yoki arterial gipertenziyaga bevosita bog&#8217;liq. Ateroskleroz avj olishiga sabab bo&#8217;ladigan kasalliklardan biri qandli diabetdir. Bunday bemorlar vrachning doimiy kuzatuvi ostida bo&#8217;lishlari lozim. Aterosklerozga moyillik keyingi avlod vakillarining ma&#8217;lum bir qismi orasida irsiy yo&#8217;l bilan o\u2019tadi; ota-onasi Ateroskleroz bilan og&#8217;rigan shaxslar irsiy moyillikka yo&#8217;l qo&#8217;ymaslik uchun uning oldini olish choralarini ko&#8217;rishlari zarur. Aterosklerozda barcha arteriyalarning umumiy zararlanishi kam uchraydi. Asosan, bosh miya, yurak, buyrak va oyoq tomirlari zararlanadi. Bosh miya tomirlarida aterosklerotik o&#8217;zgarishlar avjiga chiqqanda qon aylanishining o&#8217;tkir buzilishi \u2014 insult ro&#8217;y berishi mumkin. Yurak muskulini qon bilan ta&#8217;minlaydigan tomirlar Aterosklerozi toj tomirlar yetishmovchiligining yuzaga kelishiga sabab bo&#8217;ladi. Bunday yetishmovchilik oqibatida stenokardiya, miokard infarkti va yurakning boshqa kasalliklari rivojlanishi mumkin. Oyoq arteriyalari sklerozida oyoqlar bo&#8217;shashadi, boldir muskullari og&#8217;riydi va tortishadi, yurishda o&#8217;zgarish kuzatiladi. Aterosklerozning oldini olish uchun arteriyalar devorining butunligini saqlash va ularda xolesterin yig&#8217;ilishiga yo&#8217;l qo&#8217;ymaslik maqsadida bemorning hayot tarziga doir vrach maslahatlari va tavsiyalarini bajarish kerak.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ATEROSKLEROZ (Yunoncha athera \u2014 bo&#8217;tqa va skleroz) \u2014 yog&#8217;simon modda (lipoid)lar almashinuvi buzilib, ularning arteriya ichki qavatida to&#8217;planishi va biriktiruvchi to&#8217;qimaning o&#8217;sib ketishi natijasida kelib chiqadigan surunkali kasallik. Ateroskleroz qon &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ateroskleroz-haqida-nimani-bilasiz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-11156","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11156","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11156"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11156\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":162446,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11156\/revisions\/162446"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11156"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11156"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11156"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}