{"id":111574,"date":"2023-10-18T12:13:39","date_gmt":"2023-10-18T09:13:39","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111574"},"modified":"2023-10-18T12:13:43","modified_gmt":"2023-10-18T09:13:43","slug":"qadimgi-turkiy-tillar-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qadimgi-turkiy-tillar-2\/","title":{"rendered":"Qadimgi turkiy tillar"},"content":{"rendered":"\n<p>Qadimgi turkiy tillar \u2014 turli turkiy xalqlar yozma yodgorliklarida saqlangan, lekin hoz. kunda aloqaaralashuv vazifasini yo&#8217;qotgan tillarni bildiruvchi shartli atama. Bu tillar amal qilgan vaqt chegarasi ancha katta davrni qamrab oladi. Qadimgi turkiy tillarning eng qadimiysi urxunenisey (turkrunik) yodgorliklari tili bo&#8217;lib, uning adabiy varianti 7-9-asrlarga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Runik bitiklar Sharqda Lena daryosidan G&#8217;arbda Dunay daryosigacha bo&#8217;lgan ulkan hududdan topilgan. Eng yirik bitiklar Urxun va Yenisey daryolari havzalarida aniqlangan. Urxun bitiklari dastlab 1893 yilda V.Tomsen va V.V.Radlovshr tomonidan O&#8217;qilgan. Umumiy runik tilning shakllanishiga o&#8217;g&#8217;uz qabilalarining tili asos bo&#8217;lgan. Adabiy til sifatida runik tildan turli qabila-urug&#8217;lar va ijtimoiy tabaqalar foydalangani tufayli ma&#8217;lum darajada vazifaviy-uslubiy va mintaqaviy variantdorlikka, muayyan ishlanganlik, me&#8217;yoriylikka ega bo&#8217;lgan. Uyg&#8217;urlar 9-asrda Turfon (Sharqiy Turkiston) hududiga ko&#8217;chib kelganlaridan keyin o&#8217;z adabiy tilini yaratganlar. Uning asosini barcha turkiy qabilalar uchun umumiy bo&#8217;lgan va uyg&#8217;urlar ham foydalanib kelgan runik til tashkil etadi. Unga hozirgi uyg&#8217;ur tiliga yaqin bo&#8217;lgan Turfon shahri shevasi elementlari qo&#8217;shilib, uyg&#8217;ur yozma manbalarida &#8220;turk uyg&#8217;ur tili&#8221; deb ataladigan strukturaralash til paydo bo&#8217;lgan. Uyg&#8217;urlar runik alifbodan tashqari, Sug&#8217;d va shu asosda yaratilgan uyg&#8217;ur yozuvidan, Moniy (Manixey) va brahmi yozuvlaridan foydalanganlar. V.V.Radlov qadimiy uyg&#8217;ur adabiy tili 8\u2014 9-asrlar oralig&#8217;ida to&#8217;liq shakllangan va keyinchalik ibodatxonalarda o&#8217;zgarishsiz qo&#8217;llanib kelgan, deb hisoblaydi. S.E. Malovning topilmalari esa uyg&#8217;ur yozuvi 19-asr boshlarigacha ganchjou uyg&#8217;urlari orasida ishlatib kelinganini tasdiqlaydi. Qadimgi turkiyzabon elatlarga yaxshi ma&#8217;lum bo&#8217;lgan qadimgi uyg&#8217;ur tili bir qancha adabiy tillarni shakllantirishda asos vazifasini o&#8217;tagan. Masalan, 11 \u201412-asrlarda uning ta&#8217;siri ostida qoraxoniylarning musulmon davlatida (markazi Qashg&#8217;ar shahri) shu davlatning &#8220;qoraxoniyuyg&#8217;ur tili&#8221; deb ataluvchi o&#8217;z adabiy tili shakllangan. Ushbu tilning uyg&#8217;ur asosi yana shunda ko&#8217;rinadiki, ba&#8217;zi asarlarni yaratishda Arab alifbosi bilan bir qatorda uyg&#8217;ur alifbosidan ham foydalanilgan. &#8220;Qoraxoniyuyg&#8217;ur&#8221; atamasi unchalik to&#8217;g&#8217;ri emas; o&#8217;rta asr mualliflari boshqacha nomlardan foydalanganlar: Yusuf xos Hojib uni &#8220;Bug&#8217;ro xon tili&#8221;, Mahmud Koshg&#8217;ariy &#8220;Xoqoniy tili&#8221;, Ahmad Yugnakiy esa &#8220;Koshg&#8217;ariy til&#8221; deb atagan. 13-14-asrlarda Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan hududda (Xorazm bilan birga) va Oltin O&#8217;rda hududida Sharq manbalarida xorazmiy-turkiy deb ataluvchi adabiy til paydo bo&#8217;ladi. Xorazmning 11 \u201412-asrlardagi adabiy va ilmiy hayotida faol qatnashgan o&#8217;g&#8217;uz va qipchoq qabilalarining tillari mazkur adabiy tilning asosini tashkil etadi. Ushbu davrdagi asarlarning an&#8217;anaviy o&#8217;g&#8217;uz-uyg&#8217;ur qismi Qoraxoniylar davridagi tilning barcha unsurlarini to&#8217;liq aks ettira olmaydi. Unga qipchoq tillariga xos ko&#8217;plab yangi unsurlar qo&#8217;shilgan. Garchi bunda uyg&#8217;ur tilining hissasi katta bo&#8217;lmasa ham, o&#8217;sha davr yodgorliklarida uning ta&#8217;siri grafikada saqlanib qolgan: bir qancha yodgorliklar uyg&#8217;ur alifbosida yozilgan edi. O&#8217;rta asr turkiy adabiy tillari tarixidagi eng katta va ahamiyatli davr eski o&#8217;zbek tili (ba&#8217;zi adabiyotlarda, manbalarda &#8220;Chig&#8217;atoy tili&#8221; deb noto&#8217;g&#8217;ri ataladi) davridir. Yuqorida sanab o&#8217;tilganlardan tashqari boshqa geografik mintaqalar: Kavkazorti, G&#8217;arbiy Osiyo, Volgabo&#8217;yi, Misrda tarqalgan Qadimgi turkiy tillar ham ma&#8217;lum. Ushbu tillar o&#8217;zaro biron-bir yagona an&#8217;ana bilan bog&#8217;lanmagan va ularning ta&#8217;sir doirasi ham Markaziy va O&#8217;rta Osiyodagi til guruhlariniki singari keng emas. Bular quyidagilardir: G&#8217;arbiy Osiyo va Kavkazortida 13-14-asrlarda Arab grafikasida yaratilgan Saljuq yodgorliklari tili (Janubiy o&#8217;g&#8217;uz guruhiga mansub hozirgi tillarga yaqin); Misr va Suriyada 13-14-asrlarda Arab grafikasida yaratilgan qipchoq yodgorliklari tili (&#8220;mamlukqipchoq&#8221; deb ham ataluvchi bu til shimoliy qipchoq guruhiga mansub hozirgi tillar bilan umumiy belgilarga ega); Volgabo&#8217;yida 13\u2014 14-asrlarda Arab grafikasida bitilgan qabrtosh yozuvlari tili (&#8220;bulg&#8217;or tili&#8221; deb ham ataluvchi bu til an&#8217;anaviy tarzda hoz. chuvash tiliga yaqin deb hisoblanadi). Turkiy tillardagi qadimiy yodgorliklar ichida adabiy tilni emas, balki so&#8217;zlashuv, sheva tillarini ifodalovchi yodgorliklar ham bor: lotin grafikasida bitilgan qipchoq tili yodgorligi &#8220;Soyex Siptashsiz&#8221; (13-14-asrlar) va arman yozuvida qipchoq tilida bitilgan qozilik hujjatlari (Kamenespodolsk, 15-17-asrlar). Shunday qilib, Qadimgi turkiy tillar 2 xil: adabiy va og&#8217;zakiso&#8217;zlashuv (dialektal) tillarni o&#8217;z ichiga oladi. Adabiy tillar, o&#8217;z navbatida, 2 ga: keng makonda tarqalgan va uzoq vaqt amalda bo&#8217;lgan tillar (Markaziy va O&#8217;rta Osiyoda) hamda kichik hududlarda tarqalib, o&#8217;zaro yagona an&#8217;ana bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lmagan tillarga bo&#8217;linadi. Og&#8217;zaki so&#8217;zlashuv va dialektal turdagi tillarda yaratilgan yodgorliklarga qaraganda adabiy Qadimgi turkiy tillarda yaratilgan yozma yodgorliklar miqdori anchagina ko&#8217;p. Bu nomutanosiblik, birinchidan, turkiy elat va xalqlardagi tarixiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarning jadalligi bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lsa, ikkinchidan, turkiy xalklar davlat tuzilmalarining rivojlanish darajasi hamda ularning yuksak darajadagi kitobiy savodxonligi bilan bog&#8217;liqdir. Ad.: Malov S.E., Pamyatniki drevne- tyurkskoy pismennosti, M. \u2014 L., 1951; Nasilov V.M., Yazik orxonoeniseyskix pamyatnikov, M., 1960; Gtserbak A.M., Grammatika starouzbekskogo yazmka, M.L., 1962; Borovkov A.K., Leksika sredneaziatskogo tefsira XII\u2014XSH vv., M., 1963; Faznlov E.I., Starouzbekskiy yazj. Xorezmiyskie pamyatniki XIV veka, t. 12, T., 196671; Baskakov N.A., Vvedenie v izuchenie tyurkskix yazmkov, 2izd., M., 1969; Kononov A.N., Istoriya izucheniya tyurkskix Yazikov v Rossii, L., 1972; Abdurahmonov G&#8217;., Shukurov Sh., O&#8217;zbek tilining tari- xiy grammatikasi, T., 1973; Tursunov U., O&#8217;rinboev B., O&#8217;zbek adabiy tili tarixi, T., 1982; Abdurahmonov G&#8217;., Rustamov A., Qadimgi turkiytil, T., 1982; Qo&#8217;chqortoev I., Isabekov B., Turkiy filologiyaga kirish, T., 1984. Abduvahob Madvaliyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qadimgi turkiy tillar \u2014 turli turkiy xalqlar yozma yodgorliklarida saqlangan, lekin hoz. kunda aloqaaralashuv vazifasini yo&#8217;qotgan tillarni bildiruvchi shartli atama. Bu tillar amal qilgan vaqt chegarasi ancha katta davrni qamrab &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qadimgi-turkiy-tillar-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-111574","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111574","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111574"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111574\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111581,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111574\/revisions\/111581"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111574"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111574"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111574"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}