{"id":11159,"date":"2021-11-22T19:00:16","date_gmt":"2021-11-22T16:00:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=11159"},"modified":"2025-10-29T10:33:24","modified_gmt":"2025-10-29T07:33:24","slug":"atirgul-haqida-nimani-bilasiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/atirgul-haqida-nimani-bilasiz\/","title":{"rendered":"ATIRGUL guli haqida nimani bilasiz?"},"content":{"rendered":"\n<p>ATIRGUL (Rosa L.) \u2014 ra&#8217;nodoshlar turkumining xushmanzara o&#8217;simlik sifatida ekiladigan bir qancha turiga xalq tomonidan qo&#8217;yilgan umumiy nom. Bu turkumning yovvoyi holda o&#8217;sadigan turlari xalqda ra&#8217;no, na&#8217;matak, qirq og&#8217;ayni va itburun nomlari bilan ma&#8217;lum. Osiyo, Yevropa, Amerika mamlakatlarida keng tarqalgan. Atirgulning yer yuzida 250 -300 turi, 25 mingdan ortiq navi bor. O&#8217;zbekistonda 19 turi, 600 dan ortiq navi o&#8217;stiriladi. Bu navlar gulining katta-kichikligi, rangi, hidi, poyada o&#8217;rnashishi, gullash davri, poyaning tikka yoki ilashib o&#8217;sishi kabi xususiyatlari bilan farq qiladi; fasl bo&#8217;yi uzluksiz yoki takroriy gullab turadigan va poyasi ilashib o&#8217;sadigan xillari ko&#8217;proq ekiladi. Atirgul asosan, payvand qilib, parxishlab va kalamchasini ekib ko&#8217;paytiriladi. Payvand qilish yo&#8217;li bilan ko&#8217;paytirishda iyulda terilgan na&#8217;matak mevalaridan ajratib olingan urug&#8217;lar nam joyda saklanib, noyabr oxiri \u2014 dekabr boshlarida ochiq dalaga sepiladi. Urug&#8217;unib chiqqanidan keyin kelasi yili aprel \u2014 avgust davomida 4 \u2014 5 marta chopiq qilinadi, 8 \u2014 10 marta sug&#8217;oriladi; avgust \u2014 sentabr oylarida Atirgul navi kurtaklari na&#8217;matakka payvand qilinadi. Kelasi yil erta bahorda payvandtag unga ulangan kurtak yuqorisidan kesib tashlanadi, payvandni bog&#8217;lagan chipta bo&#8217;shatiladi. Yoz davomida bachki shoxchalar 1 \u2014 2 marta yulib tashlanadi, payvandi gul 15 \u2014 20 santimetr o&#8217;sgach, uning bo&#8217;yiga cho&#8217;zilishiga va muddatidan oldin gullashiga yo&#8217;l qo&#8217;yilmaydi. Buning uchun payvandi gulning uchi kesilib, vaqt-vaqti bilan yon shoxlari qisqartib turiladi. Atirgulni maxsus o&#8217;sishni faollashtiruvchi moddalar bilan ishlov berib qalamchalardan ham ko&#8217;paytirish mumkin. Atirgul ko&#8217;chatlari gulzorlarga kuzda va bahorda o&#8217;tqaziladi. Gulzor tuprog&#8217;i oldindan 30 \u2014 35 santimetr chuqurlikda yumshatiladi, 1 metr kvadrat yerga 5 \u2014 10 kilogramm gung solinadi. Ko&#8217;chat 70 x 70 santimetr oraliqda o&#8217;tqaziladi. Ko&#8217;chat o&#8217;tqaziladigan chuqo&#8217;rning kengligi 30-40 santimetr, chuqurligi 40 \u2014 50 santimetr qilinadi. Yoz davomida gulzor 20 martagacha sug&#8217;oriladi, 6 martagacha chopiladi, 2 marta (1 metr kvadrat yerga 30 gramm selitra va 45 gramm ammoniy sulfat hisobidan) oziqlantiriladi, unshudring kasalligiga qarshi oltingugurt kukuni bilan dorilanadi, begona o&#8217;tlardan xoli tutiladi. Kech kuzda novdalar 1 \u2014 2 kurtak qoddirib kesiladi. Ba&#8217;zi navlarning gulbarglaridan gulqand, murabbo qilinadi. O&#8217;zbekiston sharoitida Atirgul ochiq yerlarda apreldan noyabrning oxirigacha ochilib turadi, issiqxonalarda yil bo&#8217;yi gul olish mumkin. Frantsiya, Bolgariya, Turkiya, Italiya va boshqa mamlakatlarda ayrim turlari (Damashq, frantsuz va boshqalar) navlaridan qimmatbaho efir moyi olinadi. Lutfulla Abdurahmonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ATIRGUL (Rosa L.) \u2014 ra&#8217;nodoshlar turkumining xushmanzara o&#8217;simlik sifatida ekiladigan bir qancha turiga xalq tomonidan qo&#8217;yilgan umumiy nom. Bu turkumning yovvoyi holda o&#8217;sadigan turlari xalqda ra&#8217;no, na&#8217;matak, qirq og&#8217;ayni va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/atirgul-haqida-nimani-bilasiz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-11159","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11159","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11159"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11159\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":162443,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11159\/revisions\/162443"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11159"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11159"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11159"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}