{"id":111690,"date":"2023-10-19T14:46:03","date_gmt":"2023-10-19T11:46:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111690"},"modified":"2023-10-19T14:46:06","modified_gmt":"2023-10-19T11:46:06","slug":"qanlikol-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qanlikol-tumani\/","title":{"rendered":"Qanliko&#8217;l tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Qanliko&#8217;l tumani \u2014 Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasining Markaziy qismidagi tuman. 1970 yil 7 dekabrda Qo&#8217;ng&#8217;irot va Shumanay tumanlarining qismlaridan tashkil qilingan. Shimoliy g&#8217;arbdan Qo&#8217;ng&#8217;irot, sharqdan Kegeyli, Janubi sharqdan Nukus, Janubdan Shumanay tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,74 ming km2. Aholisi 41,2 ming kishi (2005). Tumanda 1 shaharcha (Qanliko&#8217;l), 4 ovul fuqarolari yig&#8217;ini (Besko&#8217;pir, Kosjop, Navro&#8217;z, Qanliko&#8217;l) bor. Markazi \u2014 Qanliko&#8217;l shaharchasi. Tabiati. Tuman hududi serunum quyi Amudaryo tekisligida, Amudaryoning chap sohilida. Relefi, asosan, pasttekislik. Amudaryoning qurib qolgan qadimiy tarmoqlari (Uldaryo, Kindiko&#8217;zak, Begjap) o&#8217;rni saqlangan. Qadimiy ko&#8217;llarning o&#8217;rni \u2014 turli kattalikdagi botiqlar bor. Ko&#8217;chma qumlar ham mavjud (Arzimbetqum massivi). Amudaryo qadimiy tarmoqlarining qirg&#8217;oqlari bo&#8217;ylab er tagida turli kattalikdagi bo&#8217;shliqlar \u2014 ungurlar uchraydi. Uldaryoning ikkala qirg&#8217;og&#8217;idagi ba&#8217;zi ungurlarning diametri 5 metr, chuqurligi 3 metrga etadi. Tuman hududidagi to&#8217;qay va o&#8217;tloqlar ekin maydoniga aylantirilgan. Kanal va ariqlar o&#8217;tkazilgan. Qurilish materiallaridan gil va qum bor. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi \u2014 7,1\u00b0, iyulniki 25,8. Eng yuqori temperatura 44\u00b0, eng past temperatura -30\u00b0. Vegetatsiya davri 186 kun. Yiliga 108 mm yog&#8217;in tushadi. Asosan, bahor va qishda yog&#8217;adi. Daryo bo&#8217;yida pichanzor va o&#8217;tloqlar bor. Kichik ko&#8217;llar mavjud. Ekin maydonlari Begjap, M.Nurmuhamedov nomidagi, Sherio&#8217;shi, Qanliko&#8217;l, Bozorboy va boshqalar kanallar orqali sug&#8217;oriladi. Respublika ahamiyatidagi magistral kanallardan Suenli, Kindiko&#8217;zek, Qiyatjarg&#8217;an, Ajiniyaz kanallari tuman hududidan o&#8217;tgan. Tuproqlari o&#8217;tloqtaqir, o&#8217;tloqibotqoq va taqir tuproqlar. Tuproqni sho&#8217;rlanishdan saqlash uchun Oltinko&#8217;l kollektori, 58,8 kilometr uzunlikdagi ichki zovurlar o&#8217;tkazilgan. Yovvoyi o&#8217;simliklardan qamish, chiy, yakan, bugdoyiq, ajriq, bo&#8217;yan, yantoq, yulg&#8217;un, turang&#8217;il, jiyda, tol va boshqalar o&#8217;sadi. Hayvonot dunyosi xilma-xil; yovvoyi hayvonlardan: qobon, chiyabo&#8217;ri, quyon, ondatra; qushlardan qirg&#8217;ovul, o&#8217;rdak, qo&#8217;ton, chag&#8217;alay; baliqlardan sazan, bakrabaliq, laqqa, cho&#8217;rtan va boshqalar bor. Aholisi, asosan, qoraqalpoq va o&#8217;zbeklar, shuningdek, qozoq, turkman, koreys, tatar, rus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2 ga 55,6 kishi. Shahar aholisi 10,6 ming kishi, qishloq aholisi 30,6 ming kishi (2005). Xo&#8217;jaligining asosiy tarmoqlari \u2014 paxtachilik va sholichilik. Chorvachilik rivojlangan. Pilla, meva, sabzavot, poliz mahsulotlari ham yetishtiriladi. Tumanda kichik va xususiy korxonalar, jumladan, sanoat, qurilish korxonalari faoliyat ko&#8217;rsatmoqda. Shulardan yiriklari: paxta tozalash, g&#8217;isht zavodlari, avtokorxona, 6 qurilish korxonasi, MTP, shuningdek, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchalari bor. 1 qo&#8217;shma korxona faoliyat ko&#8217;rsatadi. Jami ekin maydoni 20,2 ming gektar, shu jumladan, 5,4 ming gektar yerga paxta, 3 ming gektar yerga sholi, 500 gektar yerga poliz, 100 gektar yerga sabzavot, 8,1 ming gektar yerga ozuqa ekinlari ekiladi. O\u2019rmon xo&#8217;jaligi (4,7 ming gektar) mavjud. Lalmikor yerlar 32 ming gektar, bo&#8217;z yerlar 141 gektar, ko&#8217;p yillik daraxtzorlar 141 gektar (shu jumladan, bog&#8217;lar 127 gektar), tokzorlar 13 gektar, tutzorlar 1 gektar, yaylovlar 13,2 ming gektar yerni egallaydi. 11 shirkat, 420 fermer xo&#8217;jaligi, 7 fermer xo&#8217;jaliklar uyushmasi faoliyat ko&#8217;rsatadi. Fermer xo&#8217;jaliklaridan 361 tasi g&#8217;allachilik va paxtachilik, 12 tasi chorvachilik bilan shug&#8217;ullanadi. Tuman jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 14,9 ming qoramol (shu jumladan, 6,3 ming sigir), 15,2 ming qo&#8217;y va echki, 11,9 ming parranda, 845 yilqi boqiladi. 24 umumiy ta&#8217;lim (9,2 ming o&#8217;quvchi), bolalar musiqa, sport maktablari, 3 kasb-hunar kolleji (1,2 ming o&#8217;quvchi), 14 kutubxona (112,9 ming asar), madaniyat uyi, 2 qishloq madaniyat uyi, 3 klub muassasasi bor. Stadion, tennis, futbol maydonchalari va boshqalar sport inshootlari mavjud. Tuman Markaziy kasalxonasi, qishloq kasalxonasi, poliklinika, 4 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 4 qishloq vrachlik punkti, 11 feldsher-akusherlik punkti. stomatologiya poliklinikasi, 5 dorixona va boshqalar tibbiy muassasalarda 59 vrach (har 10 ming aholiga 14,3 vrach) va 502 o&#8217;rta tibbiy xodim ishlaydi. Qanliko&#8217;l tumani hududidan respublika ahamiyatidagi Toshkent \u2014 Nukus temir yo\u2019l o&#8217;tgan. 110 kilometrdan ziyod avtomobil yo&#8217;llari bor. Tuman markazi (Qanliko&#8217;l)dan Nukus, Qo&#8217;ng&#8217;irot, Kegeyli, Shumanay shahrilariga avtobuslar va marshrutli taksilar qatnovi yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qanliko&#8217;l tumani \u2014 Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasining Markaziy qismidagi tuman. 1970 yil 7 dekabrda Qo&#8217;ng&#8217;irot va Shumanay tumanlarining qismlaridan tashkil qilingan. Shimoliy g&#8217;arbdan Qo&#8217;ng&#8217;irot, sharqdan Kegeyli, Janubi sharqdan Nukus, Janubdan Shumanay tumanlari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qanlikol-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-111690","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111690","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111690"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111690\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111695,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111690\/revisions\/111695"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111690"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111690"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111690"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}