{"id":111693,"date":"2023-10-19T14:46:06","date_gmt":"2023-10-19T11:46:06","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111693"},"modified":"2023-10-19T14:46:10","modified_gmt":"2023-10-19T11:46:10","slug":"qamashi-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qamashi-tumani\/","title":{"rendered":"Qamashi tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Qamashi tumani \u2014 Qashqadaryo viloyatidagi tuman, 1937 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. 1962 yil 24 dekabrda Qarshi tumaniga qo&#8217;shilgan. 1964 yil 31 dekabrda yana qaytadan tashkil etilgan. Shimoldan Chiroqchi, Yakkabog\u2019, Shahrisabz tumanlari, g&#8217;arbdan Koson tumani, Janubdan G&#8217;uzor, Dehqonobod tumanlari, sharqdan Surxondaryo viloyatining Boysun tumani bilan chegaradosh. Maydoni 2,66 ming km2. Aholisi 191,4 ming kishi (2005). Tumanda 11 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Yortepa, Jonbuzsoy, Ko&#8217;kbuloq, Laylaksoy, Oqravot, To&#8217;qboy, Chim, Qamay, Qiziltepa, Korabog&#8217;, Qoratepa) bor. Markazi \u2014 Qamashi shahri Tabiati. Tuman hududi g&#8217;arbdan sharqqa 150 kilometr, shimoldan Janubga 40-45 kilometrga cho&#8217;zilgan. Hududining g&#8217;arbiy qismi relefi, asosan, tekislikdan iborat. Umumiy maydonining 1\/4 qismini qarshi dashti egallagan. Tuman relefi sharqqa tomon ko&#8217;tarila boradi, tekisliklar, qiradirlar, so&#8217;ngra past va balandroq tog&#8217;lar almashinib keladi. Hisor tizmasining Janubiy g&#8217;arbiy tarmoqdaridan bo&#8217;lgan Chaqchar tog&#8217;i viloyatdagi eng baland tog&#8217; bo&#8217;lib (katta Xuroson, asli katta xarsang cho&#8217;qqisi, 3749 metr), Qashqadaryo havzasini Surxondaryo havzasidan ajratib turadi. Tumanda qazilma boyliklardan \u2014 turli xil qurilish materiallari mavjud. Qashqadaryo (tumanning eng g&#8217;arbiy tekislik qismida 30 kilometr masofada oqib o&#8217;tadi) va uning irmog&#8217;i Langar asosiy suv manbalaridir. Qashqadaryo havzasiga kiruvchi Yakkabog&#8217;daryo va G&#8217;uzordaryoning yuqori qismlari (Qizildaryo, Tirnasoy, Katta Uradaryo) ham tuman hududidan suv oladi. Qashqadaryo viloyatidagi eng yirik Chimqo&#8217;ron suv ombori tuman hududida joylashgan. Xo&#8217;jaliklarni suv bilan ta&#8217;minlovchi ariq va kanallar (chim, Janbuz, Tayoqli, Sag&#8217;anak kabilar) shu suv omboridan boshlanadi. Iqlimi kontinental. O&#8217;rtacha yillik temperatura 7,2\u00b0. Yanvar oyining o&#8217;rtacha temperaturasi -4,6\u00b0, iyulniki 20,1\u00b0. Vegetatsiya davri tekislik qismida 240 kun, tog&#8217;li qismlarida 200 kun. Yillik yog&#8217;in 327 mm dan (tekislikda) 612 mm gacha (tog&#8217;lik qismida). Tuproqlari ham tekislikdan tog&#8217;larga tomon o&#8217;zgarib boradi: tipik bo&#8217;z tuproq, qo&#8217;ng&#8217;ir bo&#8217;z tuproq, qumoq bo&#8217;z tuproq; Daryo vodiylarida o&#8217;tloqi tuproqlar tarqalgan. Turli xil efemeroidlar \u2014 qo&#8217;ng&#8217;irbosh, yaltirbosh, no&#8217;xatak, lolaqizg&#8217;aldoq, shuningdek, kovrak, bug&#8217;doyiq, oqquray, qoramurch, yantoq, qizilmiya, yulg&#8217;un, tol, archa, zarang, pista, bodom, do&#8217;lana, itburun, qatrang&#8217;i, yovvoyi olcha, yong&#8217;oq va boshqalar o&#8217;sadi. Tulki, quyon, qobon, tog&#8217;ayig&#8217;i, kiyik, bo&#8217;rsiq, jayra, kalamush, sichqon, turli xil zaharli ilonlar, echkemar, kaltakesak; parrandalardan kaklik, kaptar, chil, so&#8217;fito&#8217;rg&#8217;ay, zarg&#8217;aldoq, chumchuq, chug&#8217;urchiq, bedana, Lochin, burgut, qirg&#8217;ovul va boshqalar bor. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2 ga 72 kishi. Shahar aholisi 33,6 ming kishi, qishloq aholisi 157,8 ming kishi (2005). Xo&#8217;jaligi. Tumanda 3,5 mingga yaqin korxona, jumladan sanoat, qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko&#8217;rsatish va hokazolar faoliyat ko&#8217;rsatmoqda. Paxta tozalash, g&#8217;isht zavodlari, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxonalar, kichik, o&#8217;rta biznes va yirik korxonalar, mikrofirmalar bor. 3 ta qo&#8217;shma korxona ishlab turibdi. Qishloq xo\u2019jaligi, asosan, paxtachilik va g&#8217;allachilikka ixtisoslashgan. Tog&#8217;li hududlarda bahorikor g&#8217;allachilik (bug&#8217;doy, arpa) rivojlangan. Pillachilik bilan ham shug&#8217;ullaniladi. Chorvachilikning muhim sohasi qoramolchilik (asosan, sug&#8217;oriladigan zonada), qo&#8217;ychilik (tog&#8217; zonasida) hisoblanadi. Tumanda shirkat. dehqon, fermer xo&#8217;jaliklari va boshqalar qishloq xo&#8217;jalik korxonalari bor. Ekin maydonlarining 9,8 ming gektar yeriga paxta, 25,6 ming gektar yeriga g&#8217;alla, shuningdek, sabzavot va kartoshka, yem-xashak ekinlari ekiladi. Tuman jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 61,4 mingga yaqin qoramol, 110,3 mingdan ziyod qo&#8217;y va echki, 130,2 mingdan ziyod parranda, 3,4 mingga yaqin yilqi boqiladi. 85 umumiy ta&#8217;lim maktabi (52,5 ming o&#8217;quvchi), 2 litsey va ixtisoslashgan maktab, bolalar musiqa maktablari, Mehribonlik uyi, 4 kasb-hunar kolleji (3,2 ming talaba), Markaziy kutubxona, 12 klub muassasalari, madaniyat uylari bor. &#8220;Egachim&#8221; folklor etnografik, &#8220;Qirg&#8217;aldoq&#8221; bolalar etnografik, &#8220;Mingbarg&#8221;, &#8220;Bo&#8217;yrachi&#8221;, &#8220;Bo&#8217;ston&#8221;, &#8220;Mahallada duvduv gap&#8221; ashula va raqs ansambllari faoliyat ko&#8217;rsatadi. Tuman Markaziy kasalxonasi, tug&#8217;ruqxona, poliklinika, ambulatoriya, 12 qishloq vrachlik punkti, 35 feldsher akusherlik punktida 257 vrach, 1637 o&#8217;rta tibbiy xodim aholiga xizmat ko&#8217;rsatadi. Tuman hududidan qarshi \u2014 kitob temir yo\u2019l, Katta O&#8217;zbekiston trakti o&#8217;tadi. Qamashi shahridan qarshi shahri va boshqalar tumanlar markazlariga avtobuslar qatnovi yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. 1941 yil 16 iyundan &#8220;Qamashi haqiqati&#8221; gazeta chop etiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qamashi tumani \u2014 Qashqadaryo viloyatidagi tuman, 1937 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. 1962 yil 24 dekabrda Qarshi tumaniga qo&#8217;shilgan. 1964 yil 31 dekabrda yana qaytadan tashkil etilgan. Shimoldan Chiroqchi, Yakkabog\u2019, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qamashi-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-111693","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111693","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111693"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111693\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111698,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111693\/revisions\/111698"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111693"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111693"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111693"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}