{"id":111735,"date":"2023-10-20T09:03:02","date_gmt":"2023-10-20T06:03:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111735"},"modified":"2023-10-20T09:03:07","modified_gmt":"2023-10-20T06:03:07","slug":"qozgalish-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qozgalish-2\/","title":{"rendered":"Qo&#8217;zg&#8217;alish"},"content":{"rendered":"\n<p>Qo&#8217;zg&#8217;alish (fiziologiyada) &#8211; tirik hujayraning biror ta&#8217;sirga javob reaktsiyasi, tirik sistemaning fiziologik nisbiy tinch holatdan mazkur to&#8217;qima yoki hujayra uchun xos bo&#8217;lgan faol holatga o&#8217;tishi. Qo&#8217;zg&#8217;alish, asosan, ixtisoslashgan strukturalar; reseptorlar, nerv va muskul hujayralari, nerv tolalari uchun xos. Qo&#8217;zg&#8217;alish \u2014 fiziologik, biokimyoviy, energetik va strukturaviy o&#8217;zgarishlarni o&#8217;z ichiga oladi. Qo&#8217;zg&#8217;alish hujayra membranasi ion o&#8217;tkazuvchanligining qisqa muddatli o&#8217;zgarishi bilan boshlanadi. Bu jarayonda ionlarning ko&#8217;chishi membranalar qutblanishining o&#8217;zgarishiga va elektr potentsiali (elektr toki)ning hosil bo&#8217;lishiga olib keladi. Qo&#8217;zg&#8217;alishda adenozintrifosfat kislota (ATF) parchalanadi; glikolitik va oksidlanish jarayoni kuchayadi; oqsil va lipid almashinuvi o&#8217;zgaradi. Qo&#8217;zg&#8217;alish mahalliy (bir joyning o&#8217;zida) yoki yoyiluvchi (tarqaluvchan) bo&#8217;ladi. Mahalliy Qo&#8217;zg&#8217;alish faqat ta&#8217;sirlanish sodir bo&#8217;lgan joyning o&#8217;zida, ya&#8217;ni neyronning bir qismida, qabul qilish yoki periferik ta&#8217;sirga ixtisoslashgan retseptorlar yoki sinapslarda paydo bo&#8217;ladi. Mahalliy Qo&#8217;zg&#8217;alish ta&#8217;sirlanishdan so&#8217;ng tezda yuzaga chiqadi, ta&#8217;sir kuchining oshishi bilan kuchayib boradi. Mahalliy Qo&#8217;zg&#8217;alishda bir nerv yoki muskul hujayrasining boshqa nerv hujayrasi aksonlari bilan tutashgan joyi (sinaps)dagi reseptor va generator potentsiallari muhim ahamiyatga ega. Mahalliy Qo&#8217;zg&#8217;alish amplitudasi va ta&#8217;sir kuchi, uning davomiyligi, tezligining ortishi yoki kamayishiga qarab o&#8217;zgarib turadi. Yoyiluvchi Qo&#8217;zg&#8217;alish nerv va muskul tolalari uchun xos. Nerv tolalari bo&#8217;ylab tarqaladigan Qo&#8217;zg&#8217;alish nerv impulsi deyiladi. Yoyiluvchi Qo&#8217;zg&#8217;alish hujayra membranasining barcha qismi bo&#8217;ylab tarqaladigan harakat potentsiali bilan bir vaqtda yuzaga chiqadi va axborotni nerv tolalari bo&#8217;ylab uzoq masofaga tez o&#8217;tkazilishini ta&#8217;minlaydi. Harakat potentsiali muskul hujayralaridagi miofibrillarning qisqarishini, nerv hujayralari aksonlari uchidan to&#8217;qimalarning qo\u2019zg&#8217;alishi yoki tormozlanishiga ta&#8217;sir qiladigan kimyoviy moddalar ishlab chiqarilishini faollashtiradi. Qo&#8217;zg&#8217;alishda tsitoplazmaga N8* va Sa2&#8243; ionlarining o&#8217;tishi membrananing har 2 tomonida Ia*, K*, Sa2+ ionlarining dastlabki teng bo&#8217;lmagan kontsentrasiyali holatini tiklovchi hamda membrana va tsitoplazmaning yangilanishi uchun zarur bo&#8217;lgan oqsillar va fosfolipidlarni sintezlovchi Fermentlarni faollashtiradi. Qo&#8217;zg&#8217;alish va u bilan bog&#8217;langan tormozlanish jarayoni nerv faoliyatining asosini tashkil etadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qo&#8217;zg&#8217;alish (fiziologiyada) &#8211; tirik hujayraning biror ta&#8217;sirga javob reaktsiyasi, tirik sistemaning fiziologik nisbiy tinch holatdan mazkur to&#8217;qima yoki hujayra uchun xos bo&#8217;lgan faol holatga o&#8217;tishi. Qo&#8217;zg&#8217;alish, asosan, ixtisoslashgan strukturalar; reseptorlar, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qozgalish-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-111735","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111735","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111735"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111735\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111742,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111735\/revisions\/111742"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111735"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111735"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111735"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}