{"id":111759,"date":"2023-10-20T09:30:04","date_gmt":"2023-10-20T06:30:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111759"},"modified":"2023-10-20T09:30:08","modified_gmt":"2023-10-20T06:30:08","slug":"qurilish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qurilish\/","title":{"rendered":"Qurilish"},"content":{"rendered":"\n<p>Qurilish \u2014 moddiy ishlab chiqarishning yirik sohalaridan biri; turli maqsadlardagi bino va inshootlarni qurish va rekonstruktsiya qilish; ishni yuritish uchun foydalaniladigan hudud bilan birga qurilayotgan bino (inshoot); keng ma&#8217;noda yaratuvchilik jarayoni. Tugallangan va foydalanishga topshirish uchun tayyorlangan ishlab chiqarish korxonalari, turar joylar, jamoat binolari, inshootlari va boshqa ob&#8217;yektlar Qurilish mahsulotlari hisoblanadi. Qurilishda ishlab chiqarish tsikli nisbatan uzun bo&#8217;lib (bir necha oydan bir necha yilgacha), ishlab chiqarish jarayoni turli ob- havo sharoitida ochiq usulda olib boriladi. Pudrat va xo&#8217;jalik usulidagi Qurilishni va montaj ishlarini, shuningdek, bino, inshootlarni kapital ta&#8217;mirlash ishlarini qurilish tashkilotlari va maxsus tashkilotlar; loyihalash, loyiha-konstruktorlik va qidiruv tashkilotlari; foydalanishga topshirish va razvedka-parmalash tashkilotlari amalga oshiradi. Tiklanadigan ob&#8217;yekt xususiyatlariga ko&#8217;ra sanoat, transport, qishloq, suv xo&#8217;jaligi, uy-joy, kommunal, ijtimoiy-madaniy va boshqa Qurilishlarga bo&#8217;linadi. Qurilish O&#8217;zbekiston Respublikasidagi moddiy ishlab chiqarishning eng muhim tarmoqlaridan birini tashkil etadi. Respublika iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot tarkibida salmog&#8217;iga ko&#8217;ra Qurilish sanoat va qishloq xo\u2019jaligidan keyin 3-o&#8217;rinda turadi. 2003 yilda yalpi ichki mahsulotning 4,5% (2000 yilda 6,1%), xalq xo&#8217;jaligida faoliyat ko&#8217;rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning 4,8% (11,9 ming) Qurilish hissasiga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Qurilish xalq xo&#8217;jaligining barcha tarmoqlariga xizmat ko&#8217;rsatib, asosiy fondlarni qayta takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta&#8217;minlaydi, xalq xo&#8217;jaligining maqbul tarkibini barpo etish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni maqsadga muvofiq joylashtirish, respublikaning yangi tabiiy boyliklarini o&#8217;zlashtirish, bo&#8217;sh mehnat resurslarini ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etishga yordam beradi. Respublikada Qurilish ishlari pudrat, sub-pudrat va qisman xo&#8217;jalik usullarida olib boriladi. Qurilish industriyasi negizini davlat, aktsiyadorlik, shirkat, xususiy, qo&#8217;shma va boshqa pudrat qurilish-montaj tashkilotlari, shuningdek, o&#8217;z moddiy-texnika va ishlab chiqarish bazasiga, malakali ishchi va mutaxassis kadrlarga ega bo&#8217;lgan korxonalar, transport va boshqa yordamchi xo&#8217;jaliklar tashkil etadi. O&#8217;zbekistonda qurilish-montaj kompaniyalari, korporatsiyalari, qurilish aktsiyadorlik jamiyatlari va birlashmalari, quyi pudrat tashkilotlari, kichik korxonalar, qo&#8217;shma korxonalar, loyiha va ilmiy hamda qurilish sohasiga moslashtirilgan ilmiy tadqiqot institutlari faoliyat ko&#8217;rsatadi. Qurilish-montaj ishlarining deyarli barchasini ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari amalga oshiradi. 2003 yilda respublikaning asosiy kapitalini ko&#8217;paytirishga 1867,4 milliard so&#8217;m miqdorida investitsiyalar kiritildi. Bu mablag&#8217;ning 1236,1 milliard so&#8217;mi (65,1%) ishlab chiqarish ob&#8217;yektlarini qurish, kengaytirish, takomillashtirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga yo&#8217;naltirildi. Barcha mulkchilik shakllaridagi Qurilish tashkilotlari tomonidan jami 808,1 milliard so&#8217;mlik Qurilish ishlari amalga oshirildi (shundan 717,4 milliard so&#8217;mi yoki 88,8% nodavlat mulkchilik shaklidagi Qurilish tashkilotlari hissasiga to&#8217;g&#8217;ri keladi). Qurilish ishlari umumiy hajmidan 76,9% yangi qurilishlar, faoliyat ko&#8217;rsatayotgan korxonalarni rekonstruktsiya qilish, kengaytirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga, 23,1% kapital, joriy ta&#8217;mirlash ishlariga to&#8217;g&#8217;ri keladi. O&#8217;rta va kichik biznesga mansub qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan Qurilish ishlari hajmi 350,4 milliard so&#8217;mni tashkil etdi (respublika bo&#8217;yicha bajarilgan qurilish ishlari umumiy hajmining 43,4%). Respublikaning turli mulkchilik shakllaridagi qurilish tashkilotlari va korxonalari ixtisoslashtirilgan korporasiya, kompaniya, aktsiyadorlik birlashmalariga uyushgan. Qurilish moddiy-texnika bazasining muhim tarkibiy qismini qurilish materiallari sanoati tashkil etadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qurilish \u2014 moddiy ishlab chiqarishning yirik sohalaridan biri; turli maqsadlardagi bino va inshootlarni qurish va rekonstruktsiya qilish; ishni yuritish uchun foydalaniladigan hudud bilan birga qurilayotgan bino (inshoot); keng ma&#8217;noda yaratuvchilik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qurilish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-111759","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111759","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111759"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111759\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111768,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111759\/revisions\/111768"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111759"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111759"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111759"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}