{"id":111766,"date":"2023-10-20T09:30:02","date_gmt":"2023-10-20T06:30:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111766"},"modified":"2023-10-20T09:30:06","modified_gmt":"2023-10-20T06:30:06","slug":"qurbonjon-dodxoh-qozgoloni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qurbonjon-dodxoh-qozgoloni\/","title":{"rendered":"Qurbonjon Dodxoh qo&#8217;zg&#8217;oloni"},"content":{"rendered":"\n<p>Qurbonjon Dodxoh qo&#8217;zg&#8217;oloni \u2014 chor Rossiyasining mustamlakachilik zulmiga qarshi ko&#8217;tarilgan xalq qo&#8217;zg&#8217;oloni (1875-76). Bu qo&#8217;zg&#8217;olonga olay vohasi hokimi, olay malikasi sifatida mashhur bo&#8217;lgan Qurbonjon dodxoh boshchilik qilgan. &#8220;Po&#8217;latxon&#8221; qo&#8217;zg&#8217;oloni ommaviy tus olgach, Qurbonjon dodxoh o&#8217;z o&#8217;g&#8217;illari bilan qo&#8217;zg&#8217;olonchilar tomoniga o&#8217;tgan. 1876 yil mart oyida Turkiston general-gubernatori K.P. Kaufman olay vohasiga yangi hududlarni bosib olish va xalq qo&#8217;zg&#8217;olonlarini shafqatsiz bostirish bilan nom chiqargan general M.D. Skobelevni yuborib, qo&#8217;zg&#8217;olonchilardan 3 kunlik muddat ichida bo&#8217;ysunish va har bir o&#8217;tov soliq to&#8217;lashini talab qilgan. Chorvador qirg&#8217;izlar va o&#8217;zbeklar bosqinchilarga itoat qilmay, ularga qarshi Qurbonjon dodxoh boshchiligida kurashga otlangan. Skobelev rahbarligidagi Rossiya qo&#8217;shini 1876 yil 21 martda O&#8217;shga keladi. Skobelev aylanma yo&#8217;l orqali hujumga o&#8217;tib, qo&#8217;zg&#8217;olonchilarni So&#8217;fiqo&#8217;rg&#8217;ongacha surib tashlagan. Abdullabek qolgan yigitlari bilan Qizilort dovoni tomonga chekinib, Pomir tog&#8217;lariga chiqib ketgan. Kaufman buyrug&#8217;i bilan 1876 yil yozida Olay vohasiga jazo otryadi jo&#8217;natilgan. Skobelev boshchiligidagi qo&#8217;shin 15 iyulda Olayga 3 tomonlama \u2014 O&#8217;sh, Uchqo&#8217;rg&#8217;on va Gulchadan yo&#8217;lga chiqishgan. Abdullabek 2 ming kishilik qo&#8217;shini bilan O&#8217;shdan 40 chaqirim naridagi shoti degan joyda pistirma qo&#8217;yib, chor qo&#8217;shinlarini olayga o&#8217;tkazmaslikka harakat qilgan. Polkovnik Vitgenshteyn va qirg&#8217;iz Shabdon Jontoy o&#8217;g&#8217;li boshchiligidagi qismlar bilan Abdullabek qo&#8217;shini o&#8217;rtasida ayovsiz janglar bo&#8217;lgan. 31 iyulda qirg&#8217;izlarning bir necha biyi Skobelevga taslim bo&#8217;lgan. Vitgenshteyn qo&#8217;shini 1876 yil avgustda Abdullabek yigitlari ortidan quvib, Pomirga kirib borgan. 8 sentabrda So&#8217;xga yaqin aylanma degan joyda har 2 qo&#8217;shin o&#8217;rtasida so&#8217;nggi to&#8217;qnashuv bo&#8217;lib, unda Abdullabek boshchiligidagi qo&#8217;zg&#8217;olonchilar yengiladi. Abdullabek ukalari va safdoshlari bilan Qorako&#8217;ldan Cho&#8217;ngsuv darasiga o&#8217;tib, so&#8217;ngra Tuyuqsuv darasi orqali Qashqar va Shug&#8217;non tarafga, keyinchalik Afg&#8217;onistonga o&#8217;tib ketgan. Abdullabek o&#8217;sha yiliyoq Makkaga haj safariga jo&#8217;nab, yo&#8217;lda vafot etgan (uning jasadi keyinchalik Gulchaga olib kelinib, dafn etilgan). Farg&#8217;ona viloyati harbiy gubernatori Skobelev O&#8217;sh uezdi hokimi P.P.Ionov vositachiligida Qurbonjon dodxoh bilan muzokaralar olib borgan. Skobelev bilan Qurbonjon dodxoh Olayda shaxsan uchrashishgan va o&#8217;rtada sulh tuzilib, chor hukumatiga ko&#8217;rsatayotgan qurolli qarshilik to&#8217;xtatilgan (1876 yil oxiri). Qurbonjon dodxohning o&#8217;g&#8217;illari Mahmudbek, Hasanbek, Botirbek Kobuldagi quvg&#8217;inlikdan chaqirilib, ularga Olay vohasida yangi tuzilgan bo&#8217;lislarga boshchilik qilish topshirilgan. Uning kichik o&#8217;g&#8217;li Qamchibek esa keyinchalik rus ma&#8217;murlari tomonidan O&#8217;shda dorga osib o&#8217;ldirilgan (1895). Ad.: Bababekov X.N., Narodnie dvijeniya v Kokandskom xanstve i IX sotsialno-Ekonomicheskie i politicheskie predposshki, T., 1990; narodnme dvijeniya Sredney Azii vxgxveke (Po materialam Kmrgizstana). Bishkek-Osh, 1998. Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qurbonjon Dodxoh qo&#8217;zg&#8217;oloni \u2014 chor Rossiyasining mustamlakachilik zulmiga qarshi ko&#8217;tarilgan xalq qo&#8217;zg&#8217;oloni (1875-76). Bu qo&#8217;zg&#8217;olonga olay vohasi hokimi, olay malikasi sifatida mashhur bo&#8217;lgan Qurbonjon dodxoh boshchilik qilgan. &#8220;Po&#8217;latxon&#8221; qo&#8217;zg&#8217;oloni ommaviy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qurbonjon-dodxoh-qozgoloni\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-111766","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111766","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111766"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111766\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111767,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111766\/revisions\/111767"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111766"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111766"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111766"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}