{"id":111770,"date":"2023-10-20T10:03:57","date_gmt":"2023-10-20T07:03:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111770"},"modified":"2023-10-20T10:04:01","modified_gmt":"2023-10-20T07:04:01","slug":"qumlarni-mustahkamlash","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qumlarni-mustahkamlash\/","title":{"rendered":"Qumlarni mustahkamlash"},"content":{"rendered":"\n<p>Qumlarni mustahkamlash &#8211; qum ko&#8217;chishini bartaraf etish va yerlarni o&#8217;zlashtirish, unumdorligini oshirish maqsadlarida qumlikning fizik-mexanik va kimyoviy xususiyatlarini o&#8217;zgartirishga qaratilgan tashkiliy-xo&#8217;jalik, muhandislik, o&#8217;rmon-meliorativ, agrotexnik va boshqa tadbirlar majmui. Ko&#8217;chma qumlar qishloq xo\u2019jaligiga katta zarar yetkazadi, sug&#8217;oriladigan ekinzorlar, bog&#8217;lar, kanallar, yo&#8217;llarni bosadi, yaylovlar unumdorligini pasaytiradi. Ko&#8217;chma qumlarni mustahkamlash uchun mexanik, kimyoviy va fitomeliorativ usullar qo&#8217;llaniladi. Mexanik va kimyoviy usullar qumlar qo&#8217;chishini to&#8217;xtatishda, fitomeliorativ usul esa ularni butunlay mustahkamlashda qo&#8217;llaniladi. Mexanik usul barxanlarda qamish, yantoq, lux (qo&#8217;g&#8217;a) va boshqa o&#8217;simliklardan g&#8217;ov (shox devor) \u2014 mexanik himoya vositalari \u2014 to&#8217;siqlar o&#8217;rnatishdan iborat. Konstruktiv xususiyatlari bo&#8217;yicha mexanik to&#8217;siklar tik o&#8217;rnatiladigan yoki to&#8217;shaladigan turlarga bo&#8217;linadi va ular asosiy shamol yo&#8217;nalishiga ko&#8217;ndalang qilib 2&#215;2 yoki 3&#215;3 metr o&#8217;lchamda barxanlarning qiya yonbag&#8217;irlariga o&#8217;rnatiladi. Eng xavfli joylarda balandligi 60 santimetrli katak to&#8217;siqlar qo&#8217;llanadi. Katak to&#8217;siqlar ichiga o&#8217;t yoki buta urug&#8217;lari yoppasiga, katak devordan 0,5\u20140,7 santimetr masofada buta qalamchasi yoki ko&#8217;chatlari ekiladi. Shamol kuchsiz kuzatiladigan rayonlarda o&#8217;t bordonlaridan foydalaniladi. Bordon shamol yo&#8217;nalishiga ko&#8217;ndalang holda eni 25-30 santimetr va 5 santimetr qalinlikdagi qum ustiga to&#8217;shaladi. Buta qalamchalari yoki ko&#8217;chatlari to&#8217;shama qatorining shamol esayotgan tarafiga o&#8217;tqaziladi. Qumlarni mustahkamlash uchun ekiladigan o&#8217;t, o&#8217;simliklar urug&#8217;i aralashmasi maxsus traktorlarga o&#8217;rnatilgan seyalkalar yordamida ekiladi. Mexanik to&#8217;siqlar 2, ba&#8217;zan 3 yil xizmat qiladi. To&#8217;siq-g&#8217;ovlar o&#8217;t va buta urug&#8217;larini tutib qoladi, urug&#8217;lar unib, qumlarni mustahkamlaydi, shuningdek, g&#8217;ovlar qandim, cherkez, juzg&#8217;un, saksovul, qoraterak, quyonsuyak va boshqalarning yaxshi o&#8217;sishiga sharoit yaratadi. Qumlarni mustahkamlash uchun sho&#8217;rlangan qumliklarda, shuningdek, greyder yordamida 10-15 metr oralatib chuqur egatmarzalar olinadi, ularda ko&#8217;chma qumlar tutib qolinadi, bu bilan tuzga chidamli buta (jiyda va boshqalar) qalamchalarining tutib ketishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Sizot suvlari yaqin joylashgan qumliklarda turang&#8217;il, mayda mevali jiyda, qora va oq terak, oq aktsiya yaxshi o&#8217;sadi. Qumlarni mustahkamlashning kimyoviy usullari ham tobora keng qo&#8217;llanmoqda; bunda qum yuzasiga Nerozin, bitum emulsiyasi, poliakrilamid, lateks, kurosol va shunga o&#8217;xshash moddalar sepiladi. Ko&#8217;chma qumlarni mustahkamlashning eng ishonchli va uzoq vaqt xizmat qiladigan vositasi daraxt ekishdir. Qumli cho&#8217;llarda o&#8217;sishga moslashgan Qandim, cherkez, oq va qora saksovul va shu kabi daraxt va buta turlaridan massivlar, ko&#8217;p qatorli yoki tor qatorli o&#8217;rmon minta-qalari, ihota daraxtzorlari va boshqalar barpo qilinadi. Buning uchun mexanik to&#8217;siqlar va kimyoviy vositalar bilan mustahkamlangan qumlarga urug&#8217;lar sepiladi, qalamcha va ko&#8217;chatlar ekiladi. O&#8217;rta Osiyoda bundan 120 yil oldin Zakaspiy temir yo\u2019lini qum bosishdan himoya qilish munosabati bilan Qumlarni mustahkamlash bo&#8217;yicha dastlabki ishlar boshlandi. O&#8217;sha davrda V.A. Paleskiy rahbarligida Qandim, cherkez va saksovul ekilgan edi. 1940-yillarda Buxoro viloyatidagi sug&#8217;oriladigan dalalarni ko&#8217;chma qumlardan himoya qiluvchi &#8220;Buxoro to&#8217;sig&#8217;i&#8221; deb ataluvchi 120 kilometr uzunlikdagi o&#8217;rmon mintaqasi; 50-80-yillarda Markaziy Farg&#8217;onaning ko&#8217;chma qumlarida, Amu-Buxoro kanali, Qoraqum kanali zonasida va boshqa joylarda minglab ga maydonlarda ihota o&#8217;rmon daraxtzorlari barpo qilingan. O&#8217;rta Osiyoda qumlar va qumli yerlar 37 million gektarni, jumladan qo&#8217;chma qumliklar qariyb 3 million gektarni egallaydi. 1960-yillardan boshlab 1 million gektardan ko&#8217;proq qumli yerlar sug&#8217;orma dehqonchilik uchun o&#8217;zlashtirildi (Buxoro viloyati, Markaziy Farg&#8217;ona, Qoraqum kanali zonasi va boshqalar). Hozirgi davrda O&#8217;zbekiston hududida Qumlarni mustahkamlash ishlari rejali ravishda katta maydonlarda, ayniqsa, vodiylarga tutashgan cho&#8217;llarda, magistral kanal trassalari, avtomobil va temir yo\u2019llari bo&#8217;ylab, Orol bo&#8217;yi mintaqasida amalga oshirilmoqda. Qizilqumda chorvachilik va cho&#8217;ponlar ehtiyojlari uchun (artezian suvlar bilan sug&#8217;orilib) yem-xashak va poliz ekinlari, mevali daraxtlar ekilmoqda. Ad.: Leontev A.A., Novne priyomi zakrepleniya i oblesenie Peskov v Sredney Azii, T., 1959;Danilin A.L., Effektivniy Sposob obleseniya i zakrepleniya peskov, T., 1979. Abdushukur Xonazarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qumlarni mustahkamlash &#8211; qum ko&#8217;chishini bartaraf etish va yerlarni o&#8217;zlashtirish, unumdorligini oshirish maqsadlarida qumlikning fizik-mexanik va kimyoviy xususiyatlarini o&#8217;zgartirishga qaratilgan tashkiliy-xo&#8217;jalik, muhandislik, o&#8217;rmon-meliorativ, agrotexnik va boshqa tadbirlar majmui. Ko&#8217;chma qumlar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qumlarni-mustahkamlash\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-111770","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111770","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111770"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111770\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111772,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111770\/revisions\/111772"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111770"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111770"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111770"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}