{"id":111774,"date":"2023-10-20T10:07:40","date_gmt":"2023-10-20T07:07:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111774"},"modified":"2023-10-20T10:07:43","modified_gmt":"2023-10-20T07:07:43","slug":"qunduzcha-jangi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qunduzcha-jangi\/","title":{"rendered":"Qunduzcha jangi"},"content":{"rendered":"\n<p>Qunduzcha jangi &#8211; Amir Temur qo&#8217;shinlari bilan Oltin O&#8217;rda xoni To&#8217;xtamish qo&#8217;shini o&#8217;rtasida hoz. samara bilan Chistopol shaharlari oralig&#8217;ida, Volga daryosining Sharqiy sohilida joylashgan Qunduzcha (hozirgi Kondurcha) mavzeida sodir bo&#8217;lgan jang (1391.18.6); o&#8217;rta asrlardagi eng yirik janglardan biri. Sohibqironning Eron, Zakavkazedagi mavqei ortib borayotganini g&#8217;arazgo&#8217;ylik bilan kuzatayotgan To&#8217;xtamish Amir Temurga qarshi Misr bilan ittifoq tuzishni rejalashtirgan. U Sohibqironning Erondaligidan foydalanib, hatto Movarounnahrga ham bosqinlar uyushtiradi. Amir Temur To&#8217;xtamishxonning g&#8217;animlik harakatlariga chek qo&#8217;yish maqsadida 1391 yil unga qarshi yurishga jazm etadi va umumiy safarbarlik e&#8217;lon qiladi. 200 ming kishilik qo&#8217;shin O&#8217;tror tomon yo&#8217;l oladi. Qozog&#8217;istondagi Ulug&#8217;tog&#8217;qoyalarida Sohibqironning bu yurish haqida yozib qoldirgan xotira yozuvi saqlangan. Unda jumladan shunday deyilgan: &#8220;Tarix egti yuz to&#8217;qson uchta, qo&#8217;y yil yozning ora oy Turonning sultoni Temurbek 200 ming cherik bila Islom uchun To&#8217;xtamishxonni(ng) xonig&#8217;a yo&#8217;ridi. Bu yerga etib, belgu bo&#8217;lsun teb bu yo&#8217;bani ko&#8217;pardi. Tangri nisfat bergay, inshaolloh, Tangri el kishiga rahmat qilg&#8217;ay, bizni duo bila yod qilg&#8217;ay&#8221;. Sharafuddin Ash Yazdiynnng yozishicha, To&#8217;xtamishxon qo&#8217;shini Amir Temurnikidan ancha ko&#8217;p bo&#8217;lgan. Qunduzcha jangida har ikki tomondan 500 mingga yaqin jangchi ishtirok etgan. Amir Temur qo&#8217;shinni an&#8217;anaviy tartib \u2014 markaz, so&#8217;l va o&#8217;ng qanot holidan o&#8217;zgacha tartibda tuzishga ahd qiladi va jangovar tartibning yangi usulini qo&#8217;llaydi, qo&#8217;shin 7 qo&#8217;lga taqsim etiladi. Markazdagi qo&#8217;lga amalda Amir Sulaymonshoh qo&#8217;mondon bo&#8217;lgan. Uning ortidan Muhammad Sulton bosh bo&#8217;lgan qo&#8217;l joylashgan, bu qo&#8217;l ketidan Sohibqiron qo&#8217;l ostida bo&#8217;lgan 20 qo&#8217;shin (bo&#8217;luk) zaxiradagi qism sifatida borgan. Barong&#8217;arga Mironshoh Mirzo, Qunbul (qanot)ga Amir Xoji Sayfuddin barlos, juvong&#8217;arga Umarshayx Mirzo, unga Qunbul sifatida Amir Berdibek, Saribug&#8217;o qo&#8217;llari joylashgan. O&#8217;g&#8217;ruq va zaxira qismlarga qo&#8217;mondonlikni Amir Temur o&#8217;z zimmasiga olgan. Uning maqomi markaz ortida bo&#8217;lib, kim yordamga muhtoj bo&#8217;lsa o&#8217;shanga ko&#8217;mak yuborishga tayyor turgan. Keyinchalik ma&#8217;lum bo&#8217;lishicha jang taqdirini ushbu harbiy qism hal etgan. To&#8217;xtamishxon qo&#8217;shinini 5 qo&#8217;lga taqsimlab, ularga Jo&#8217;ji xonadoniga mansub shahzodalar hamda eng oliy darajadagi amirlarni qo&#8217;mondon qilib tayinlaydi. Ikki tomon qo&#8217;shini bir-birini ko&#8217;ra oladigan masofaga kelganda Amir Temur dushman ko&#8217;z o&#8217;ngida o&#8217;tov, chodirlar o&#8217;rnatishni, gilamlar yozishni buyuradi. Bunday namoyishkorona sovuqqonlik dushman ruhiyatiga salbiy ta&#8217;sir etib, uni esankiratib qo&#8217;yishi lozim edi. Jang kuni erta tongda (18 iyun) Sohibqiron qo&#8217;shini ko&#8217;z o&#8217;ngida otdan tushib Allohdan madad tilab ikki rakaat namoz o&#8217;qigan. Bayroq va tug&#8217;larni ko&#8217;targan qo&#8217;shin nog&#8217;ora chalib, suron aytib, ulkan jang karnaylari sadolari ostida jangni boshlaydilar. Umarshayx qo&#8217;mondonligi ostidagi so&#8217;l qanot To&#8217;xtamish tomonidan berilgan zarba natijasida mushqul ahvolda qoladi, raqib qo&#8217;shini so&#8217;l qanotni yorib o&#8217;tib orqa to- mondan hujum uyushtirishga erishadi. Amir Temur bu paytda qipchoqlarning asosiy qismini ta&#8217;qib etmoqda edi, lekin u zaxiradagi qism bilan o&#8217;zining so&#8217;l qanotiga yordamga keladi va dushman uloqtirib tashlanadi. Shundan so&#8217;ng To&#8217;xtamish asosiy zarbani Shayx Temur Sulduz rahbarligidagi qismlarga qaratadi va uning favjini yakson etib o&#8217;rtani yorib chiqadi, lekin qarshisidan Umarshayx Mirzo qo&#8217;shini chiqib muhorabaga kirishadi. Shu tariqa Hoji Sayfuddin barlos boshchiligidagi qanot qo&#8217;shinlari g&#8217;animning juvang&#8217;ariga hujum qilishi boshlanadi, bu hujum dushman juvang&#8217;ari qarshiligini sindiradi. To&#8217;xtamish Hoji Sayfuddinga qarshi quch tashlaydi, biroq ularga qarshi Amir Jahonshoh qismi tashlanadi. Shayx Temur Sulduz qatorlarining yorib o&#8217;tilishi ham to&#8217;xtatilgan. Ibn Arabshohning yozishicha, To&#8217;xtamish qo&#8217;shinining bir qismi ikki lashkarboshi o&#8217;rtasida chiqqan nizo tufayli jang maydonidan qochgan. Qunduzcha jangi Sohibqiron foydasiga hal bo&#8217;lgan. To&#8217;xtamish qochgan, uning ketidan amirlar, sarkardalar va qolgan-qutgan qo&#8217;shini ham ergashgan. Sohibqiron nihoyat otdan tushib Allohga hamdu sano aytgan. Amir Temur har o&#8217;n otlikdan yettitasini dushmanni ta&#8217;qib etishga jo&#8217;natgan. Volga daryosigacha ta&#8217;qib etilgan Oltin Urda jangchilari o&#8217;ldirilgan yoxud asir olingan. Bir oyga yaqin dam olgan Sohib-qiron katta o&#8217;lja bilan Movarounnahrga qaytgan. Ad.: Sharafuddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, T., 1997; Ibn Arabshoh, Amir Temur tarixi, T., 1992; Dadaboyev H., Amir Temurning harbiy mahorati, T., 1996. Faxriddin Hasanov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qunduzcha jangi &#8211; Amir Temur qo&#8217;shinlari bilan Oltin O&#8217;rda xoni To&#8217;xtamish qo&#8217;shini o&#8217;rtasida hoz. samara bilan Chistopol shaharlari oralig&#8217;ida, Volga daryosining Sharqiy sohilida joylashgan Qunduzcha (hozirgi Kondurcha) mavzeida sodir bo&#8217;lgan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qunduzcha-jangi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-111774","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111774","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111774"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111774\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111777,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111774\/revisions\/111777"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111774"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111774"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111774"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}