{"id":111807,"date":"2023-10-20T13:23:44","date_gmt":"2023-10-20T10:23:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111807"},"modified":"2023-10-20T13:23:48","modified_gmt":"2023-10-20T10:23:48","slug":"qazilma-komir","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qazilma-komir\/","title":{"rendered":"Qazilma ko&#8217;mir"},"content":{"rendered":"\n<p>Qazilma ko&#8217;mir \u2014 qattiq holatdagi yonuvchi foydali qazilma; tuban va yuksak o&#8217;simliklarning o&#8217;zgarish mahsuli bo&#8217;lib, cho&#8217;kindi tog&#8217;jinslari orasida qatlam qo&#8217;rinishida yotadi. Tarkibida organik mineral aralashmalar va namlik 50% gacha bo&#8217;ladi. Qazilma ko&#8217;mir foydali qazilmalarning eng ko&#8217;p tarqalgan turlaridan biri, yer sharining barcha materiklarida uchraydi, 3000 dan ortiq ko&#8217;mir konlari va havzalari ma&#8217;lum. Qazilma ko&#8217;mir Yer po&#8217;stida qatlam, qatlamsimon va linza ko&#8217;rinishidagi yotqiziqlar holida bo&#8217;ladi hamda yaxlit, qatqatli yoki donador teksturaga ega. Rangi jigarrangdan qoragacha. Qazilma ko&#8217;mir energetik xom ashyoning asosiy turlaridan biri; uning dunyo bo&#8217;yicha yoqilg&#8217;ienergetika balansidagi ulushi 30-35% ni tashkil etadi. Qazilma ko&#8217;mirdan sanoatning turli sohalarida: elektroenergiya, metallurgiya uchun koks ishlab chiqarishda, energetik maqsadlarda yoqish uchun, kimyoviy qayta ishlash yo&#8217;li bilan turli xil (300 dan ortiq) mahsulot olishda foydalaniladi. Qazilma ko&#8217;mirdan Germaniy, galiy ajratib olinadi. Asosiy komponenti \u2014 organik moddaning tarkibiga ko&#8217;ra, Qazilma ko&#8217;mir 3 genetik guruhga bo&#8217;linadi: gumolitlar (qo&#8217;ng&#8217;ir ko&#8217;mir, toshko&#8217;mir va antrasit), sapropelitlar va saprogumolitlar. Ko&#8217;proq uchraydiganlari gumolitlar bo&#8217;lib, quruqliqdagi yuksak o&#8217;simliklar qoldiqlaridan paydo bo&#8217;ladi. Ular qo&#8217;proq botqoqlik, qo&#8217;ltiq, Laguna va chuchuk suvli havzalarda hosil bo&#8217;lib \u2014 avtoxton to&#8217;planish; quruqlikdan o&#8217;simliklar va ularning o&#8217;zgarish mahsullarini yaqin joylashgan turg&#8217;un suv havzalariga ko&#8217;chirilishi natijasida nisbatan kamroq to&#8217;planganlari \u2014 alloxton to&#8217;planish deyiladi. To&#8217;planib qolgan o&#8217;simlik qoldiqlari biokimyoviy parchalanishi natijasida torfga aylanadi; bunda suvli muhitning kimyoviy tarkibi va suvliligi muhim ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Sapropelitlarning ko&#8217;p kulli turlari yonuvchi slaneslar deb ataladi. Qazilma ko&#8217;mirda mineralli qo&#8217;shimchalar manbai bo&#8217;lib, ko&#8217;mir hosil qiluvchi o&#8217;simliklarning noorganik tarkibiy qismlari, torf hosil bo&#8217;lgan joyga suv va shamol yordamida keltirilgan terrigen materiallar; shuningdek, torfzorlarda tsirkulyasiya qiluvchi suv aralashmalaridan ajralib chiquvchi mineralli yangi hosilalar bo&#8217;lishi mumkin. Mineral aralashmalarning tarkibi \u2014 kvars, gilli minerallar (asosan, kaolinitlar), dala shpatlari, pirit, markazit, karbonatlar va 51, A1, G&#8217;e, sa, M$, K, N8, T1, siyrak va tarqoq elementlar (11, Oe, Sa, V va boshqalar) dan iborat. Torfzorlar ustini qoplaydigan jinslar paydo bo&#8217;lishi bilan torf hosil bo&#8217;lish jarayoni tugaydi. Nisbatan yuqori bo&#8217;lmagan temperatura va bosimda paydo bo&#8217;lgan diagenetic (zichlashish, cho&#8217;kindilarning degidrasiyasi, gaz ajralib chiqishi) va tiklanish xarakteriga ega bo&#8217;lgan biokimyoviy jarayonlar torflarni qo&#8217;ng&#8217;ir qo&#8217;mirga aylanishiga olib keladi. Yuqori temperatura va bosimning uzoq muddatli ta&#8217;siri natijasida qo&#8217;ng&#8217;ir ko&#8217;mirlar toshko&#8217;mirga, ular esa, antrasitlarga aylanadi. Ko&#8217;mir hosil bo&#8217;lish jarayoni regional geologik jarayonlardan biri bo&#8217;lib, barcha Kontinentlarning hududlarida kuzatiladi. Ko&#8217;mirli formasiyalarning uzluksiz tarqalish maydoni bir necha km2 dan yuz ming km2 gacha, qalinligi bir necha o&#8217;n metrdan bir necha kilometrgacha, ulardagi qatlamlar soni bir necha yuzga etadi. Yirik masshtabdagi ko&#8217;mirlanish jarayoni platformali oblastlarga to&#8217;g&#8217;ri keladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qazilma ko&#8217;mir \u2014 qattiq holatdagi yonuvchi foydali qazilma; tuban va yuksak o&#8217;simliklarning o&#8217;zgarish mahsuli bo&#8217;lib, cho&#8217;kindi tog&#8217;jinslari orasida qatlam qo&#8217;rinishida yotadi. Tarkibida organik mineral aralashmalar va namlik 50% gacha bo&#8217;ladi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qazilma-komir\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-111807","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111807","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111807"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111807\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111811,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111807\/revisions\/111811"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111807"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111807"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111807"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}