{"id":111815,"date":"2023-10-20T13:25:57","date_gmt":"2023-10-20T10:25:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111815"},"modified":"2023-10-20T13:26:00","modified_gmt":"2023-10-20T10:26:00","slug":"qavariq-jism-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qavariq-jism-2\/","title":{"rendered":"Qavariq jism"},"content":{"rendered":"\n<p>Qavariq jism \u2014 istalgan ikki nuqtasini birlashtiruvchi to&#8217;g&#8217;ri chiziq kesmasi butunlay o&#8217;ziga tegishli bo&#8217;lgan geometrik jism. Masalan, shar, kub, tetraedr, shar qatlami, tsilindr, piramida, konus, ellipsoid va boshqalar. Qavariq jism sirti yoki shu sirt ustida yotadigan soha qavariq sirt deyiladi. Qavariq jism chegarasidan u jism bilan umumiy nuqtaga ega va ayni vaqtda jismni ikkiga ajratib yubormaydigan kamida bitta tekislik (tayanch tekislik) o&#8217;tadi. Bu xossa Qavariq jism ta&#8217;rifi sifatida olinishi ham mumkin. Qavariq jism \u2014 har bir nuqtasida tayanch tekislik mavjud bo&#8217;lgan sirtdir. Silliq sirt uchun bunday tekislik vazifasini urinma tekislik bajaradi. Silliqlik ro&#8217;y bermagan nuqtada (masalan, kubning uchida) cheksiz ko&#8217;p tayanch tekislik o&#8217;tkazish mumkin. To&#8217;plamlar nazariyasida ham &#8220;qavariq&#8221; termini ishlatiladi: istalgan ikki nuqtasini tutashtiruvchi kesmani o&#8217;z ichiga olgan to&#8217;plam qavariq to&#8217;plam deyiladi. Shuningdek, Qavariq jism kamida bitta ichki nuqtaga ega bo&#8217;lgan yopiq to&#8217;plam sifatida ta&#8217;riflanadi. Tekislikdagi qavariq figurani Ax+Vu+S>0 (yoki &lt; 0) ko&#8217;rinishdagi tengsizliklar sistemasi bilan ifodalash, ya&#8217;ni qavariq figurani (masalan, uchburchakni) bir necha yarim tekislikning kesishmasi deb qarash mumkin. Shuningdek, Qavariq jismni ax+Vu+S1+y>0 yoki &lt; 0 shakldagi tengsizliklar sistemasi bilan ifodalangan, ya&#8217;ni Qavariq jism (masalan, tetraed)ni bir necha yarim fazolarning kesishmasi sifatida qarash mumkin. Ushbu u>0, x\u2014u>0, 2x\u2014u\u20142 &lt; 0 tengsizliklar M,(0,0), m2(1,0), m3(2,2) nuqtalar orqali o&#8217;tuvchi to&#8217;g&#8217;ri chiziqlar kesishmasidan hosil bo&#8217;lgan uchburchakni, u>0, 2x+u\u20142&lt;0, \u2014x+2u\u20142&lt;0, x>0 tengsizliklar esa uchlari M,(0,0), M2(1.0), m3(2,2), M4(0,1) nuqtalardan iborat to&#8217;rtburchakni aniqlaydi va hokazolar. Qavariq jismlar 5 turga bo&#8217;linadi: 1) chekli (chegarasi yopiq qavariq sirt); 2) cheksiz (chegarasi \u2014 cheklanmagan bitta sirt, masalan, paraboloid); 3) ikki tomoniga ham cheksiz bo&#8217;lgan tsilindr (chegarasi \u2014 yopiq qavariq tsilindrik sirt, masalan, cheksiz doiraviy tsilindr); 4) ikkita parallel tekislik orasidagi soha; 5) butun fazo tayanch funktsiyalari yordamida berilishi mumkin (tayanch funktsiya \u2014 tayanch tekislikning koordinatalar boshigacha masofasini bildiradi; bu masofa jismdan tashqariga qarab yo&#8217;nalgan tayanch tekislikka perpendikulyar bo&#8217;lgan birlik vektorning funktsiyasidir). Qavariq jismlarga \u2014 chekli sonda olingan qavariq ko&#8217;pburchaklar bilan chegaralangan ko&#8217;p yoqlilar eng sodda misoldir. Istalgan Qavariq jism uchun xohlagancha yaqin qavariq ko&#8217;p yoqlilar yasash mumkin. Qavariq jism nazariyasi geometriya, sonlar nazariyasi, matematik analizda qo&#8217;llaniladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qavariq jism \u2014 istalgan ikki nuqtasini birlashtiruvchi to&#8217;g&#8217;ri chiziq kesmasi butunlay o&#8217;ziga tegishli bo&#8217;lgan geometrik jism. Masalan, shar, kub, tetraedr, shar qatlami, tsilindr, piramida, konus, ellipsoid va boshqalar. Qavariq jism &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qavariq-jism-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-111815","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111815","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111815"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111815\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111819,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111815\/revisions\/111819"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111815"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111815"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111815"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}