{"id":111829,"date":"2023-10-20T15:20:59","date_gmt":"2023-10-20T12:20:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111829"},"modified":"2023-10-20T15:21:02","modified_gmt":"2023-10-20T12:21:02","slug":"quyi-chirchiq-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/quyi-chirchiq-tumani\/","title":{"rendered":"Quyi Chirchiq tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Quyi Chirchiq tumani &#8211; Toshkentning viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1962 yil dekabrda Oqqo&#8217;rg&#8217;on tumaniga qo&#8217;shib yuborilgan. 1973 yil dekabrda qayta tashkil qilingan, 1978 \u2014 91 yillarda G&#8217;alaba tumani deb atalgan. Shimolda Chinoz va Yangiyo&#8217;l, Sharqda O&#8217;rta Chirchiq, Janubda Oqqo&#8217;rg&#8217;on tumanlari, g&#8217;arbdan Sirdaryo orqali Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 0,56 ming km2. Aholisi 96 ming kishi (2005). Tumanda 1 shahar (Do&#8217;stobod), 9 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (gul, Istiqlol, Ketmontepa, mayontol, Toshloq, Toshovul, Yangihayot, O&#8217;zbekiston, Qo&#8217;rg&#8217;oncha) bor. Markazi \u2014 Do&#8217;stobod shahri. Tabiati. Tuman hududi Chirchiq va Ohangaron daryolari quyi oqimlari oralig&#8217;ida joylashgan. Yer yuzasi, asosan, yassi tekislik, sharqdan g&#8217;arbga tomon pasayib boradi. Iqlimi kontinental, qishi nisbatan yumshoq, yozi uzoq davom etadi, issiq va quruq. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi \u2014 G dan -1,5\u00b0 gacha, iyulniki 26\u2014 27\u00b0. Yiliga 250-350 mm yog&#8217;in tushadi. Vegetatsiya davri 200 \u2014 212 kun. Sug&#8217;orish kanallari o&#8217;tkazilgan. Tuprog&#8217;i, asosan, bo&#8217;z tuproq. Grunt suvlari yer yuzasiga yaqin yerlarda o&#8217;tloqi va o&#8217;tloqi botqoq tuproqlar, Daryo sohillarida allyuvial tuproqtar tarqalgan. Yerlar qishloq xo\u2019jaligida o&#8217;zlashtirilganidan tabiiy o&#8217;simliklar kam. Sirdaryo bo&#8217;ylarida ba&#8217;zan to&#8217;qaylar uchraydi. Yulg&#8217;un, Turang&#8217;il, yovvoyi jiyda va boshqalar o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, yumronqoziq, qo&#8217;shoyoq, ko&#8217;rsichqon, toshbaqa, kaltakesak, to&#8217;qaylarda chiyabo&#8217;ri, yovvoyi quyon, qushlardan o&#8217;rdak, qirg&#8217;ovul, chumchuq, loyxo&#8217;rak va boshqalar uchraydi. Suvlarida suv kalamushi, baqa, suv iloni, baliqlar bor. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, koreys, rus, tatar, qozoq va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2 ga 171 kishi. Shahar aholisi 13,6 ming kishi, qishloq aholisi 82,4 ming kishi. Xo&#8217;jaligi. Tumanda 240 ga yaqin xususiy, 180 kichik korxona va boshqalar bor. Shulardan yiriklari: paxta tozalash zavodi, baliqchilik xo&#8217;jaligi, &#8220;Nissi&#8221; qo&#8217;shma korxonasi (sholi mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashgan), avtokorxona va boshqalar. Qishloq xo\u2019jaligida paxtachilik, g&#8217;allachilik yetakchi o&#8217;rinda. Pilla ham yetishtiriladi. Tumandagi 11 shirkat xo&#8217;jaligidan 8 tasi paxta va g&#8217;alla, bittasi sholi yetishtirishga, bittasi bog&#8217;dorchilikka ixtisoslashgan. 387 fermer, 160 dehqon xo&#8217;jaligi faoliyat ko&#8217;rsatadi. Qishloq xo\u2019jalik yerlariga paxta, g&#8217;alla, sholi, kanop, sabzavot, kartoshka, ozuqa ekinlari ekiladi. Bog&#8217;lar va tokzorlar mavjud. Tumandagi jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 23 ming qoramol (shu jumladan, 11,5 ming sigir), 6,9 ming&#8217;qo&#8217;y va echki bor, shuningdek, parranda, yilqi ham boqiladi. 2004\/05 o&#8217;quv yilida tumanda 51 umumiy ta&#8217;lim maktabi (22,2 ming o&#8217;quvchi), 2 kasb-hunar kolleji (520 o&#8217;quvchi) faoliyat ko&#8217;rsatdi. 19 kutubxona, 16 klub muassasasi, 5 stadion, sport maydonchalari va boshqa sport inshootlari bor. 2 kasalxona (240 o&#8217;rin), tug&#8217;ruqxona, 2 poliklinika, 15 feldsher-akusherlik punkti, 16 qishloq-vrachlik punkti va boshqa tibbiy muassasalarda 116 vrach, 688 o&#8217;rta va kichik tibbiy xodim aholiga xizmat ko&#8217;rsatadi. Tuman hududini sharqdan Toshkent \u2014 Angren temir yo\u2019l liniyasi kesib o&#8217;tgan. Toshkent \u2014 Do&#8217;stobod, Toshkent \u2014 Oqqo&#8217;rgon avtomobil yo&#8217;llari ham tuman hududidan o&#8217;tgan. Tuman markazida xotira maydoni barpo etilgan. 1927 yildan &#8220;Erkin so&#8217;z&#8221; tuman gazetasi chop etiladi (adadi 1620).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Quyi Chirchiq tumani &#8211; Toshkentning viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1962 yil dekabrda Oqqo&#8217;rg&#8217;on tumaniga qo&#8217;shib yuborilgan. 1973 yil dekabrda qayta tashkil qilingan, 1978 \u2014 91 yillarda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/quyi-chirchiq-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-111829","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111829","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111829"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111829\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111836,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111829\/revisions\/111836"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111829"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111829"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111829"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}