{"id":111830,"date":"2023-10-20T15:20:59","date_gmt":"2023-10-20T12:20:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111830"},"modified":"2023-10-20T15:21:04","modified_gmt":"2023-10-20T12:21:04","slug":"quloq","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/quloq\/","title":{"rendered":"Quloq"},"content":{"rendered":"\n<p>Quloq \u2014 odam va umurtqali hayvonlarning eshitish hamda muvozanat organi; eshitish analizatorining periferik qismi. Tashqi, o&#8217;rta va ichki Quloq farq qilinadi. Tashqi Quloqqa quloq suprasi va tashqi eshituv yo&#8217;li kiradi. Quloq suprasi usti teri bilan qoplangan elastik tog&#8217;aydan tuzilgan. Supraning pastki yumshoq qismida Tog&#8217;ay bo&#8217;lmaydi. Tashqi eshituv yo&#8217;li ancha keng bo&#8217;lib, uzunligi 30-35 millimetr. O&#8217;rta qismi toraygan (bo&#8217;yin). Tashqi eshitish kanalini qoplagan teri sertuk bo&#8217;lib. yog bezlari oltingugurtga boy molla (Sera) ishlab chiqaradi. Quloq sarig&#8217;i deb shunga aytiladi. u himoya vazifasini bajaradi; odatda u qatqaloqqa aylanadi va chainash, gapirish paitida o&#8217;z-o&#8217;zidan tashqariga ajralib chiqadi. Quloq sarig&#8217;i ko&#8217;p ishlansa, Sera tiqini (probkasi)ni hosil qilib, tashqi eshituv yo&#8217;lini bekitib qo&#8217;yadi. Bu yo&#8217;lning old devori pastki jag&#8217;bo&#8217;g&#8217;imi bilan chegaradosh, shuning uchun uning yallig&#8217;lanish kasalliklarida og&#8217;iz ochilsa, Quloqda og&#8217;riq paydo bo&#8217;ladi. Tashqi eshituv yo&#8217;liga pastda Quloq oldi bezi tegib turadi. O&#8217;rta Quloq nog&#8217;ora bo&#8217;shlig&#8217;i (ichi havo bilan to&#8217;la), eshituv suyakchalari (bolg&#8217;acha, sandon, uzangi) va halqum (yutqin) bilan tutashgan Evstaxiy nayiyaan tashkil topgan, u o&#8217;rta Quloq bo&#8217;shlig&#8217;idagi havoni almashtirib, bir muvozanatda saqlab turish vazifasini bajaradi. O&#8217;rta Quloqning tashqi devori \u2014 Quloq pardasi yupqa, ammo pishiqplastinkadan iborat. Kishi yutinganda Evstaxiy nayi ochilib, havo burun-halqumdan o&#8217;rta Quloqqa o&#8217;tadi. Nog&#8217;ora bo&#8217;shlig&#8217;ining devori bosh miya, yirik qon tomir va yuz nerviga yaqin joylashgan. O&#8217;rta Quloqdan ichkarida spiral shaklidagi va tashqi ko&#8217;rinishi chig&#8217;anoqqa (eshitish organi) o&#8217;xshash, yarim halqasimon kanallar bor; ichki Quloq chakka suyagining piramida qismi ichida joylashgan bo&#8217;lib, suyak va parda labirintdan iborat. Suyak labirint bilan parda labirint orasidagi bo&#8217;shliq perilimfa suyuqlig&#8217;i bilan to&#8217;la. Ichki Quloq vestibulyar apparat va chig&#8217;anoq qismlari yordamida tovush tebranishi hamda gavda muvozanatining o&#8217;zgarishini qabul qilish vazifasini bajaradi. Chig&#8217;anoq ichida sezgir eshituv hujayralari bor. Quloq suprasi, tashqi eshituv yo&#8217;li, Quloq pardasi va eshituv suyakchalari bu hujayralarga tovush to&#8217;lqinlarini yetkazib berib, ularni ta&#8217;sirlaydi; ta&#8217;sirot sezgir eshituv hujayralarining o&#8217;sig&#8217;idan tashkil topgan eshituv nervi orqali bosh miya po&#8217;stlog&#8217;iga keladi; tovush asosan shu yerda analiz qilinadi va eshitish funktsiyasi vujudga keladi. Tovush manbai qaysi Quloqqa yaqin bo&#8217;lsa, shu Quloq oldin va kuchli eshitadi, shunga qarab tovush manbaini aniqlash mumkin. Muvozanat a&#8217;zosi (vestibulyar apparat) yarim halqasimon kanallardan tashkil topgan; bular turli sathda joylashgan bo&#8217;lib, ichida endolimfa suyuklig&#8217;i bor. Kanallarning bir uchi ampula shaklida kengaygan; ampula va xaltachalar ichida nerv hujayralari joylashgan; ular fazoda tana o&#8217;z holatini o&#8217;zgartirganda va bosh tez harakat qilganda ta&#8217;sirlanadi. Vestibulyar apparat holati har kimda har xil. Ayrim kishilarning vestibulyar apparati tez qo&#8217;zg&#8217;aluvchan bo&#8217;ladi, bunday kishilar avtomashinada uzoq yurolmaydi. Ba&#8217;zi kishilarda, shuningdek, maxsus mashklarni o&#8217;tganlarda vestibulyar apparat hatto samolyot va kosmik kemada uchishdek kuchli ta&#8217;sirlarda ham sust qo&#8217;zg&#8217;aladi. Vestibulyar apparat ko&#8217;z soqqasini harakatlantiruvchi, yurak qisqarishi, terlash kabi funktsiyalarni bajaruvchi nervlar bilan bog&#8217;langan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Quloq \u2014 odam va umurtqali hayvonlarning eshitish hamda muvozanat organi; eshitish analizatorining periferik qismi. Tashqi, o&#8217;rta va ichki Quloq farq qilinadi. Tashqi Quloqqa quloq suprasi va tashqi eshituv yo&#8217;li kiradi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/quloq\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-111830","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111830","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111830"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111830\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111837,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111830\/revisions\/111837"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111830"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111830"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111830"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}