{"id":111832,"date":"2023-10-20T15:21:01","date_gmt":"2023-10-20T12:21:01","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111832"},"modified":"2023-10-20T15:21:07","modified_gmt":"2023-10-20T12:21:07","slug":"qum-vannalari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qum-vannalari\/","title":{"rendered":"Qum vannalari"},"content":{"rendered":"\n<p>Qum vannalari, qumga tushish, psammoterapiya \u2014 issiq qumdan davo maqsadida foydalanish; issiq bilan davolash usullaridan. Qadimda quyoshda qizigan issiq qum bilan davolash keng rusum bo&#8217;lgan; Arab, yunon, rimliklar va Sharqiy Hindiston aholisi o&#8217;rtasida bu usul samarali qo&#8217;llanilgan. Qum vannalari haqidagi ma&#8217;lumotlar Ibn Sino qo&#8217;lyozmalarida ham qayd etilgan. &#8220;Agar qumdan mahorat bilan foydalana olsangiz, moddalar almashinuvini yaxshilashga erishiladi. Inson baquvvat bo&#8217;lib, kayfiyati tetiklanadi. Ortiqcha moddalar tezda erib, ter bilan chiqib ketadi, u surunkali sovuklikni bartaraf etadi, bosh og&#8217;rig&#8217;ini qoldirib, miyani mustahkamlaydi&#8221;. Qum bilan davolash yoz oylarida o&#8217;tkaziladi, asosan, qumning yuqori qatlamidan foydalaniladi. Ertalab qum maydonchalarida medalon shaklida 2&#215;1 metr hajmidagi &#8220;jo&#8217;yacha&#8221;lar tayyorlanadi. Har bir &#8220;jo&#8217;yacha&#8221; ning bosh tomoniga 6-10 santimetr balandlikda qumdan tayyorlangan yostiqchalar qo&#8217;yiladi. Bemorlar muolaja qabul qilishdan yarim soat oldin kelib, maxsus soya joyda dam olishadi va issiq muhitning termik sharoitiga ko&#8217;nikishadi. Bu vaqtda tibbiy xodimlar bemorning vazni, gavda harorati, qon bosimi, pulsi va hokazolarni o&#8217;lchaydi. Bevosita muolaja o&#8217;tkazish oldidan ertalab tayyorlab qo&#8217;yilgan va oftobda qizigan &#8220;jo&#8217;yacha&#8221;larning yupqa qavati olinadi va to&#8217;plab qo&#8217;yiladi. Bemor jo&#8217;yachaga yotgandan keyin uning badani qum bilan o&#8217;raladi va eng ustki qismi to&#8217;plab qo&#8217;yilgan issiq qum bilan ko&#8217;miladi. Qum vannalari umumiy va mahalliy bo&#8217;lishi mumkin. Umumiy Qum vannalari o&#8217;tkazilganda bemorning tanasi va qo&#8217;l-oyoqlari (yurak sohasidan tashqari) issiq qum bilan o&#8217;raladi. Mahalliy usulda bemorning qo&#8217;l va oyoqlari yoki tanasining ayrim qismigina o&#8217;raladi. bemorning boshi ustiga quyoshdan himoya qilish uchun soyabon qo&#8217;yiladi. Umumiy qumli vannalar kattalar uchun 20-30, bolalar uchun esa 10-15 minut davomida qabul qilinadi. Mahalliy muolaja 40\u2014 60 minut, so&#8217;ngra issiq suvda yuvinish tavsiya etiladi. Qum vannalari ta&#8217;sirida butun tana bir xilda qiziydi, og&#8217;riq qoladi. Organizmda oksidlanish jarayonlari kuchayadi. Qum vannalarini poliartrit, periferik nerv sistemasi kasalliklari, ayollar jinsiy a&#8217;zolarining surunkali kasalliklarida buyuriladi. Tibbiy tiklanish va fizioterapiya ilmiy tadqiqot institutinkng termiz filialida bemorlarni qum bilan davolash yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qum vannalari, qumga tushish, psammoterapiya \u2014 issiq qumdan davo maqsadida foydalanish; issiq bilan davolash usullaridan. Qadimda quyoshda qizigan issiq qum bilan davolash keng rusum bo&#8217;lgan; Arab, yunon, rimliklar va Sharqiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qum-vannalari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-111832","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111832","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111832"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111832\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111839,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111832\/revisions\/111839"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111832"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111832"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111832"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}