{"id":11192,"date":"2021-11-22T19:27:54","date_gmt":"2021-11-22T16:27:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=11192"},"modified":"2025-10-28T14:36:53","modified_gmt":"2025-10-28T11:36:53","slug":"atlas-haqida-nimani-bilasiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/atlas-haqida-nimani-bilasiz\/","title":{"rendered":"ATLAS haqida nimani bilasiz?"},"content":{"rendered":"\n<p>ATLAS (Arabcha \u2014tekis, silliq) \u2014 tanda ipi ham, arqoq ipi ham tabiiy ipakdan to&#8217;qiladigan bir yuzlama silliq mato. Tanda ipi abrbandi usulida bo&#8217;yab bezatiladi. Alohida ishlov berib Atlasga jilo beriladi, shunga ko&#8217;ra u tovlanib turadi. Ilgari mato yuziga kudung urilgan, hozirgi kunda Atlas issiq sathli baraban \u2014 kalandrdan o&#8217;tkaziladi. O&#8217;zbek Atlaslari rang-barang nafis gullarga boy, bu gullar bir-biri bilan uyg&#8217;unlashib, matoda yaxlit go&#8217;zal bir naqshni hosil qiladi. Atlasning tabiiy ipakdan to&#8217;qilgan eng a&#8217;lo navi sakkiz tepkili xonatlas deb ataladi. Xonatlasning barcha siri uning tuzilishi va to&#8217;qilish usulidadir. Atlasning to&#8217;qilish jarayoni: to&#8217;rt tepkili Atlas to&#8217;rt tepkili dastgohda, sakkiz tepkili Atlas sakkiz tepkili dastgohda to&#8217;qiladi. Taidaga gulalar tandaning har sakkiz naxi to&#8217;qilishda ustma-ust keladigan qilib ko&#8217;tariladi, naxlar tepkilarga muvofiqlashtirilib, gulalar o&#8217;ynag&#8217;ichlarga ulanadi. Tepki bosilganda gulaning biri pastga tortilib, ustmaust yotgan naxlardan birining komi ochiladi va orasidan birinchi arqoq ipi o&#8217;tadi, ikkinchi tepki bosilsa, ikkinchi komi ochilib, ikkinchi arqoq ipi o&#8217;tadi. Shu tariqa sakkiz nax orasiga sakkiz arqoq ipi ustma-ust tushib, tanda ipi matoning ustiga tomon joylana borib to&#8217;qima bir yuzlamaga aylanadi. Qadimda Atlaslar dastaki dastgoh (qo&#8217;l do&#8217;kon) larda to&#8217;qilgan. Hozir dastaki dastgohlarda ham, mexanik dastgohlar (to&#8217;quv stanoklari) da ham to&#8217;qiladi. Mexanik dastgohlarni elektr dvigatel harakatlantiradi. O&#8217;tmishda Atlasning bir kiyimligi yaxlit holda ham, ikki bo&#8217;lakka bo&#8217;lib ham sotilgan. Ikki bo&#8217;lakka bo&#8217;lingan Atlasning har bir bo&#8217;lagi bir toqa Atlas, ikkala toqasi (bir kiyimligi) bir jo&#8217;ra Atlas deb nomlangan. Atlasni toqa-jo&#8217;ra qilish 1930 yillarda urfdan qoldi. Atlas to&#8217;qish Marg&#8217;ilonda juda qadimdan rivojlangan, boshqa joylarga shu yerdan tarqalgan. 20 &#8211; asr boshlarida bu yerda yuzlab Atlas to&#8217;quvchi kosiblar bo&#8217;lgan, 20-yillarda ular 4 ta sanoat artellariga uyushgan. 1963 yilda bu artellar birlashtirilib yirik korxona \u2014 &#8220;Atlas&#8221; firmasiga aylantirildi. 1976 yildan Marg&#8217;ilon Atlas ishlab chiqarish birlashmasi. Atlas to&#8217;qish, ayniqsa, Namangan (Namangan shoyi ishlab chiqarish birlashmasi), Xo&#8217;jandda, shuningdek Andijon, Qo&#8217;qon, Samarqand shlarida rivoj topgan. Atlasdan ayollar liboslari, ko&#8217;rpa, ko&#8217;rpachalar, erkaklar qiyig&#8217;i va boshqa buyumlar tayyorlanadi. Eng mashhur Atlaslar: &#8220;Qora atlas&#8221;, &#8220;Bargi karam&#8221;, &#8220;Chaqirim&#8221;, &#8220;Yahudiy nusxa&#8221;, &#8220;Nomozshomgul&#8221;, &#8220;Shaxmat&#8221;, &#8220;Qora ko&#8217;zim&#8221; va boshqalar. O&#8217;zbekiston Atlaslari respublika hududidan tashqari \u2014 xorijiy mamlakatlarga ham chiqarilmoqda. 1967 yilda Monreal (Kanada)da o&#8217;tkazilgan xalqaro ko&#8217;rgazmada, 1978 yilda Yugoslaviyaning Zagreb shahrida bo&#8217;lib o&#8217;tgan xalqaro yarmarkada xonatlas Oltin medal bilan mukofotlandi. Toshkent modellar uyida xonatlasdan tiqilgan tayyor kiyimlar 1970 yilda Yaponiya (Osako)da, 1987 yilda Budapesht kuzgi yarmarkasida, 1988 yilda Bag&#8217;dodda, 1989 yilda Hindiston (Dehli) da bo&#8217;lib o&#8217;tgan xalqaro yarmarkalarda, AQShning Vashington (1998) va Chikago (1999) shaharlarida xususiy yig&#8217;imlardagi o&#8217;zbek Atlaslari namoyish etildi. Sayyora Mahkamova.<\/p>\n\n\n\n<p>ATLAS \u2014 1) tushuntirish matnlari bo&#8217;lgan muayyan tizimli xaritalar to&#8217;plami, jildlar yoki ayrim varaqlar yig&#8217;indisi shaklida nashr qilinadi; 2) maxsus albomlar \u2014 anatomik Atlas va hokazolar nomi.<\/p>\n\n\n\n<p>&#8220;ATLAS&#8221; \u2014 Amerika eltuvchi raketalari turkumining nomi; &#8220;Atlas&#8221; sayyoralararo ballistik raketasining dastlabki ikki pog&#8217;onasi sifatida foydalaniladi. Start massasi \u2014 125 \u2014 135 tonna, umumiy uzunligi 31 \u2014 35 metr. &#8220;Atlasajena&#8221; va &#8220;Atlas-Tsentavr&#8221; variantlari mavjud. &#8220;Midas&#8221;, &#8220;Samos&#8221; Esyni, sayyoralararo avtomatik stasinsiyalar &#8220;Reynter&#8221;, &#8220;Mariner&#8221; va boshqalarni parvoz qildirish uchun qo&#8217;llaniladi. Raketa dvigateli yonilg&#8217;isi \u2014 suyuq kislorod va kerosin.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ATLAS (Arabcha \u2014tekis, silliq) \u2014 tanda ipi ham, arqoq ipi ham tabiiy ipakdan to&#8217;qiladigan bir yuzlama silliq mato. Tanda ipi abrbandi usulida bo&#8217;yab bezatiladi. Alohida ishlov berib Atlasga jilo beriladi, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/atlas-haqida-nimani-bilasiz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-11192","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11192","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11192"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11192\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":162414,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11192\/revisions\/162414"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11192"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11192"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11192"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}