{"id":111943,"date":"2023-10-25T14:13:42","date_gmt":"2023-10-25T11:13:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111943"},"modified":"2023-10-25T14:13:46","modified_gmt":"2023-10-25T11:13:46","slug":"qala-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qala-2\/","title":{"rendered":"Qal&#8217;a"},"content":{"rendered":"\n<p>Qal&#8217;a \u2014 qadimda va o&#8217;rta asrlarda bino qilingan mustahkam mudofaa istehkomi. Yozma manbalarda Qal&#8217;a qo&#8217;rg&#8217;on, istehkom, Hisor va shahar ma&#8217;nolarida tilga olinadi. Qal&#8217;alar, doira, to&#8217;g&#8217;ri to&#8217;rtburchak, kvadrat yoki oval tarhli bo&#8217;lib, atrofi balandligi o&#8217;rtacha 9-10 metr, qalinligi 3-4 metr mudofaa devori bilan o&#8217;ralgan. Devor tashqarisidan chuqur (2\u2014 3 metr) va kengligi 10-15 metrli xandaq \u2014 zovur kavlangan. Qal&#8217;a devori paxsa va yirik xom g&#8217;ishtlardan barpo etilgan. Devor bo&#8217;ylab mo&#8217;lalar, ayniqsa, uning burchak qismlarida esa doira yoki to&#8217;rtburchak shakldagi Burjlar qad ko&#8217;tarib, ularning bir yoki ikki qator nishon tuynuklari \u2014 shinak (Tirkash) lari bo&#8217;lgan. Qal&#8217;ada bir yoki ikki darvoza bo&#8217;lib, ular strategik jihatdan nihoyatda mustahkam (qo&#8217;sh minorali labirintli) qilib qurilgan. Qal&#8217;a ichida aholi turar joylari, ot, ulov va mollar uchun otxona, molxona va qo&#8217;ralar bo&#8217;lgan. Qamal vaqtlarida esa, zaruriy oziq-ovqat, yem-xashak, qurol-yarog&#8217;, kamon o&#8217;qlari va palaxmon toshlari saqlangan. Qal&#8217;a asosida, keyinchalik shaharlar yuzaga kelib, uning maydoni kengaygan. Ba&#8217;zan, Qal&#8217;alar shahar yoki viloyat hukmdorining qarorgohiga aylantirilib, qasr qad ko&#8217;targan va Qal&#8217;aning bu qismida Hisor, ko&#8217;handiz yoki Ark atamalari bilan yuritilgan oliy dargoh shakllangan. Bunday hukmdor qarorgohini yunonlar Akropol, rimliklar Kapitoliy deb ataganlar. Shu bois Qal&#8217;a deb Xorazmda shahar yoki mustahkam istehkomli qo&#8217;rg&#8217;on \u2014 turar joy tushunilgan. Masalan, Ayoz qal&#8217;a, Jonbos qal&#8217;a, Bozorqal&#8217;a, Tuproqqal&#8217;a, Qo&#8217;yqirilgan qal&#8217;a va boshqalar shular jumlasidandir. Buxoro va Qashqadaryo vohalarida Qal&#8217;alar, odatda, qo&#8217;rg&#8217;on deb yuritilgan. Masalan, Qo&#8217;rg&#8217;oni Romitan, Erqo&#8217;rg&#8217;on va boshqalar qo&#8217;rg&#8217;onlar ham mustahkam devor bilan o&#8217;ralib, bir nechta darvozasi bo&#8217;lgan shahar qiyofasidagi Qal&#8217;a hisoblangan. Qal&#8217;alar shubhasiz, qadimiy va o&#8217;rta asrlarning o&#8217;ziga xos me&#8217;moriy obidasi hisoblanadi. Ular, avvalo, aholi yashaydigan turar joy, mudofaa inshooti, yovgarchilik davrlarida qamaldagi harbiylar qarorgohi, oziq-ovqat va qurolyarog&#8217;omborxonalari kabi vazifalarni o&#8217;tagan. O&#8217;zbekistonda qad ko&#8217;targan Qal&#8217;alar qurilishi uzoq tarixga, o&#8217;z an&#8217;analari va sermazmun atamalarga ega qadriyatlardan hisoblanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qal&#8217;a \u2014 qadimda va o&#8217;rta asrlarda bino qilingan mustahkam mudofaa istehkomi. Yozma manbalarda Qal&#8217;a qo&#8217;rg&#8217;on, istehkom, Hisor va shahar ma&#8217;nolarida tilga olinadi. Qal&#8217;alar, doira, to&#8217;g&#8217;ri to&#8217;rtburchak, kvadrat yoki oval tarhli &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qala-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-111943","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111943","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111943"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111943\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111950,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111943\/revisions\/111950"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111943"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111943"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111943"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}