{"id":111954,"date":"2023-10-25T15:46:23","date_gmt":"2023-10-25T12:46:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111954"},"modified":"2023-10-25T15:46:26","modified_gmt":"2023-10-25T12:46:26","slug":"qarshi-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qarshi-2\/","title":{"rendered":"Qarshi"},"content":{"rendered":"\n<p>Qarshi (1926-37 yillarda Behbudiy) \u2014 Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo bo&#8217;yida, xalqaro temir yo\u2019l va avtomobil yo&#8217;llari kesishgan joyda. Maydoni 7,5 ming gektar. Aholisi 220 ming kishi (2005). Qarshi O&#8217;zbekistonning qadimiy shaharlaridan biri. U turli davrlarda Bolo, Nashebolo, Naxshab, Nasaf, nomlari bilan yuritilib, 14-asrdan Qarshi deb atala boshlagan. &#8220;Qarshi&#8221; nomining kelib chiqishi to&#8217;grisida turli fikr va taxminlar mavjud. V.V. Bartold shaharning nomi mo&#8217;g&#8217;ul xoni Kepakxon qurdirgan &#8220;qarshi&#8221; (qadimgi turkiychada &#8220;saroy&#8221; ma&#8217;nosini anglatgan) bilan bogliq deb ta&#8217;kidlaydi. &#8220;Qutadg&#8217;u bilig&#8221; (&#8220;saodatga yo&#8217;llovchi bilim&#8221;) dostonida &#8220;qarshi&#8221; atamasi &#8220;saroy&#8221; va &#8220;qarama-qarshi turish&#8221; ma&#8217;nosida qo&#8217;llangan. &#8220;Boburnoma&#8221;da ham bu nom mo&#8217;g&#8217;ul tilidan olinganligi ta&#8217;kidlangan. Keltirilgan taxminlarda atamaning &#8220;qarshi&#8221; \u2014 saroy, qasr ma&#8217;nolari ko&#8217;proq qo&#8217;llanadi. Dastlabki shahar Qashqadaryo vohasida &#8220;Naxshab&#8221; (suv obod qilgan, suv naqsh bergan manzil) nomi bilan miloddan avvalgi 7-asrda Erqo&#8217;rg&#8217;on o&#8217;rnida vujudga kelib, uning atrofi qal&#8217;a devori bilan o&#8217;rab olingan (ushbu qal&#8217;a devorlarining qoldiqlari arxeologlar tomonidan 1999 yil da o&#8217;rganilgan). Shaharning yana bir nomi Novtak \u2014 Navtaka \u2014 yangi bino deb ham talqin qilinadi. Miloddan avvalgi 6-asrda shahar kengayib, ichki devor bilan o&#8217;ralib (hozirgi saqlangan), maydoni 35 gektarni tashkil etgan. Aleksandr Makedoniyalik bosqini davrida shahar vayron qilingan. Shundan keyin uning vohadagi yetakchi shahar sifatidagi maqomi pasayib borgan. Miloddan avvalgi 3-2-asrlarda shahar tashqi qal&#8217;a devori bilan o&#8217;ralgan (maydoni 150 gektar bo&#8217;lgan). 2-1-asrlarda (hozirgi temir yo&#8217;l stantsiyasi hududida) yangi harbiy-siyosiy markaz maqomini olgan Zahhokimoron qal&#8217;asi bunyod etildi. Bu qal&#8217;a ham Naxshab nomini olib asta-sekin kengaya bordi (qoldiqlari hozirgi Shulluktepa deb ataladi). Kidariylar o&#8217;z qarorgohini 468 yil da yangi naxshabga ko&#8217;chirdilar. 710 yil da arablar shahar (Naxshab Arabcha talaffuzda &#8220;nasaf&#8221;) va uning atrofidagi hududlarni bosib oldilar. 9-13-asrlarda Naxshab (Nasaf) ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan ravnaq topdi. 10-asrda Nasafda o&#8217;sha davr musulmon olamida ilmiy Kongress \u2014 &#8220;Majlisi tadris&#8221; o&#8217;tkazilgan. O&#8217;rta asrlarda Nasaf orqali Eron va Hindistonni Rossiya va Yevropa davlatlari bilan bog&#8217;lagan muhim karvon yo&#8217;llari o&#8217;tgan, savdo-hunarmandchilik rivojlangan. 1220 yilda Nasafni Chingizxon qo&#8217;shinlari vayron qildi. Undan keyingi davrda (14-asrda) voha markazi 3-marta hozirgi Qarshi shahrining eski shahar qismi o&#8217;rnida qayta tiklandi. Chig&#8217;atoy ulusi xoni Kepakxon (131826) Nasafdan 2 farsax (12\u2014 14 kilometr) uzoqlikda qasr qurdirib, poytaxtni qarshi deb atalgan bu qal&#8217;aga ko&#8217;chirgan. Shahar hududidan topilgan arxeologik yodgorliklar, bino qoldiqlari Qarshida 14-asrning 1-yarmida bir qancha koshinkor imoratlar mavjud bo&#8217;lganligidan dalolat beradi.14-asrning 2-yarmida shahar qo&#8217;rg&#8217;oni atrofi g&#8217;isht va paxsa devor bilan o&#8217;ralgan, shaharda Odina masjidi qurilgan. Qal&#8217;a atrofida 2,5\u20143 metr chuqurlikda xandaq qazilgan Xandaq ustida 4 ta ko&#8217;tarma ko&#8217;prik bo&#8217;lgan. Shahar qo&#8217;rgoni hududi 40 gektarni tashkil etgan. 16-asrda shahar yaqinida yirik Namozgoh masjidi (hozirgi me&#8217;moriy yodgorlik), hammom binolari qadimiy ko&#8217;targan. Ashtarxoniylar davridan Qarshi Buxoro taxti merosxo&#8217;rlari turadigan joyga aylandi. Imomqulixon davrida (1614-15 yillarda) Qashqadaryodan qarshi cho&#8217;liga kanal chiqarilgan. 17-18-asrlarda Qarshi Qashqadaryo vohasidagi birinchi shaharga aylandi. Qarshi 16-asrdan 20-asr boshlarigacha Buxoro xonligi (amirligi)ning Qarshi bekligi nufuzli markazi bo&#8217;lgan. Hunarmandchilik rivojlangan, pul zarb qilingan. Mang&#8217;itiylar davrida Qarshida hammom, madrasa, xonaqoh, Sardoba va sug&#8217;orish inshootlari bunyod etilgan. Shahar va uning atrofi obodonlashgan. Vengriyalik olim Xerman Vamberi 1863 yilda Qarshida bo&#8217;lib, shaharda 10 ta karvonsaroy, katta bozor bo&#8217;lganligini yozadi. Aholisining 25 mingga yaqin asosiy qismi o&#8217;zbeklar deb ta&#8217;kidlaydi. Paxta tozalash, yog&#8217; ekstraktsiya, sut, pivo, motor ta&#8217;mirlash, ta&#8217;mirlashmexanika, uysozlik, plastmassa buyumlari zavodlari, go&#8217;sht va un kombinatlari, tikuvchilik fabrikasi, qurilish materiallari, temir yo\u2019l transporti, to&#8217;qimachilik korxonalari bor. 7 qo&#8217;shma korxona, jumladan O\u2019zbekiston\u2014Turkiya qo&#8217;shma korxonasi ishlab turibdi. Tuksiz gilamlar (paloslar) ishlab chiqariladi. &#8220;Erqo&#8217;rg&#8217;on&#8221; ulgurji, &#8220;Osiyo&#8221; qurilish, &#8220;Farhod&#8221; xo&#8217;jalik mollari bozorlari va boshqalar mavjud. Qarshi davlat universiteti, qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, tibbiyot, pedagogika va boshqalar jami 13 kasb-hunar kolleji, 3 akademik litsey, 9 litsey va litsey-internat, 2 gimnaziya, 44 umumiy ta&#8217;lim, shuningdek, bolalar musiqa maktablari, 4 teatr (shu jumladan, viloyat musiqali drama teatri, viloyat qo&#8217;g&#8217;irchoq teatri va boshqalar), viloyat o&#8217;lkashunoslik muzeyi, filarmoniya, 13 kutubxona, 5 klub, 3 madaniyat va istirohat bog&#8217;i faoliyat ko&#8217;rsatadi. 22 kasalxona, ambulatoriya-poliklinika va boshqalar tibbiy muassasalar bor. Qarshi \u2014 Toshkent, Qarshi \u2014 Samarqand, Qarshi \u2014 Buxoro va boshqalar yo&#8217;nalishlarda xamda tuman markazlariga avtobuslar va marshrutli taksilar qatnaydi. Qarshi aeroportidan Qarshi \u2014 Moskva, Qarshi \u2014 Andijon, Qarshi \u2014 Toshkent yo&#8217;nalishlaridagi havo yo&#8217;llarida samolyotlar qatnovi yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. Qarshida Ko&#8217;kgumbaz masjidi (16-asr), qadimiy hammom (16-asr), Qashqadaryo ustidagi qadimiy ko&#8217;prik (1583), Sharofboy madrasasi (18-asr boshlarida), Charmgar masjidi (19-asr o&#8217;rtalari), Bektemir madrasasi (1905), Xoja Abdulaziz madrasasi (19-asr), Qilichbek madrasasi (19-asr) va boshqalar me&#8217;moriy obidalar saqlanib qolgan. O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 29 sentyabrdagi &#8220;qarshi shahrining 2700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko&#8217;rish to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi qarori va Uzbekiston Resggublikasi Prezidentining 2005 yil 26 iyuldagi &#8220;qarshi shahrining 2700 yilligini nishonlashga doir qo&#8217;shimcha choratadbirlar to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi qaroridan keyin shaharda keng ko&#8217;lamda tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi. Ko&#8217;kgumbaz masjidi, tarixiy ko&#8217;prik va boshqalar me&#8217;moriy obidalar ta&#8217;mirlandi. Shaharda &#8220;Nasaf&#8221;, &#8220;Geolog&#8221; sport majmualari, tennis korti, yopiq cho&#8217;milish havzasi, sport-sog&#8217;lomlashtirish inshootlari, 20 ming o&#8217;rinlik stadion, Olimpiya zaxiralari sport kolleji va boshqalar qurilmoqda. Viloyat teleradiokompaniyasi, qarshi jamoatchilik va Qashqadaryo kabel televidenielari ishlab turibdi. 1999 yildan &#8220;Nasaf&#8221; shahar gazeta chiqariladi. Qarshidan &#8220;Nasafiy&#8221; taxallusi bilan ko&#8217;plab olimlar, shoirlar yetishib chiqqan. Shulardan Alisher Navoiyning &#8220;Majolis unnafois&#8221; asarida tilga olingan Mavlono Soyiliy, Mavlono Mir Qarshiy, undan tashqari, Mahmud Nasafiy (musiqa va san&#8217;at sohasida), Qusam shayxlar (diniy ilmlar sohasida) Shuhrat qozonganlar. Obod Jo&#8217;rakulov, Latif Erdonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qarshi (1926-37 yillarda Behbudiy) \u2014 Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo bo&#8217;yida, xalqaro temir yo\u2019l va avtomobil yo&#8217;llari kesishgan joyda. Maydoni 7,5 ming &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qarshi-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-111954","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111954","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111954"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111954\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111958,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111954\/revisions\/111958"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111954"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111954"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111954"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}