{"id":111957,"date":"2023-10-25T15:46:36","date_gmt":"2023-10-25T12:46:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111957"},"modified":"2023-10-25T15:46:39","modified_gmt":"2023-10-25T12:46:39","slug":"qaramogda-bolish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qaramogda-bolish\/","title":{"rendered":"Qaramog&#8217;da bo&#8217;lish"},"content":{"rendered":"\n<p>Qaramog&#8217;da bo&#8217;lish \u2014 fuqaroni asosiy yashash manbai hisoblangan mablag&#8217; bilan ta&#8217;minlanishi. Qaramog&#8217;da bo&#8217;lish pensiya ta&#8217;minotida, boquvchining o&#8217;limi tufayli yetkazilgan zararning o&#8217;rnini to&#8217;ldirishda, ayrim nafaqalar va kompensatsiyalarni (masalan, xodim bir joydan boshqa ish joyiga o&#8217;tganda) to&#8217;lashda, xodimlar soni yoki shtat qisqartirilganda ishda qoldirilishda ustunlik berilishida, meros olish va boshqalar ayrim hollarda ahamiyatga ega. O\u2019zbekiston Respublikasining &#8220;fuqarolarning davlat pensiya ta&#8217;minoti to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi qonuni (1993 yil 3 sentyabr)ga muvofiq, vafot etgan xodimning boquvida bo&#8217;lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a&#8217;zolari boquvchisini yo&#8217;qotganlik pensiyasini olish huquqiga egadirlar. Qonun bo&#8217;yicha quyidagilar oilaning mehnatga qobiliyatsiz a&#8217;zolari hisoblanadi: a) bolalar, akaukalar, opa- singillar va nabiralar 16 yoshga to&#8217;lmagan bo&#8217;lsa yoki 16 yoshdan katta bo&#8217;lsa ham 16 yoshga to&#8217;lmasdan nogiron bo&#8217;lib qolgan holda (bunda akaukalar, opa-singillar va nabiralarni mehnatga qobiliyatli ota-onasi bo&#8217;lmasa); b) ota-ona, o&#8217;gay ona, o&#8217;gay ota, xotin, er \u2014 basharti ular pensiya yoshiga to&#8217;lgan yoki nogiron bo&#8217;lsalar; v) yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat&#8217;i nazar, ota-onadan biri yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, akauka yoki opa-singil \u2014 agar u vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta&#8217;tilda bo&#8217;lish huquqini beradigan yoshga to&#8217;lgunga qadar boqish bilan mashg&#8217;ul bo&#8217;lsa va ishlamasa; g) buva va buvi \u2014 agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart bo&#8217;lgan kishilar bo&#8217;lmasa. Boquvchi bilan birga yashash Qaramog&#8217;da bo&#8217;lishni e&#8217;tirof etishning sharti hisoblanmaydi. Qonunga ko&#8217;ra, marhumning to&#8217;liq boquvida bo&#8217;lgan yoki undan yordam olib turgan oila a&#8217;zolari, bu yordam ular uchun doimiy va asosiy kun kechirish mablag&#8217;ining manbai hisoblangan bo&#8217;lsa, marhumning qaramog&#8217;ida turgan deb hisoblanadilar. O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining &#8220;xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog&#8217;liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to&#8217;lash qoidalarini tasdiqlash to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi qarori (2005 yil 11 Fevral)da boquvchining vafoti sababli zararni to&#8217;lash tartibi ko&#8217;rsatib o&#8217;tilgan. Unga ko&#8217;ra, xodim mehnat jarohatiga bog&#8217;liq holda vafot etgan taqdirda, ish beruvchi marhumning qaramog&#8217;ida bo&#8217;lgan mehnatga layoqatsiz, shuningdek, 16 yoshga to&#8217;lmagan shaxslarga yoki marhum vafot yetgan kungacha undan nafaqa olish huquqiga ega bo&#8217;lgan shaxslarga, marhumning vafotidan so&#8217;ng tug&#8217;ilgan farzandiga, shuningdek, ota-onalaridan biriga, umr yo&#8217;ldoshiga yoki oilasining ishlamaydigan va vafot etganning 3 yoshga to&#8217;lmagan bolalari, ukalari, singillari yoki nabiralari parvarishi bilan band bo&#8217;lgan boshqa a&#8217;zosiga zararni to&#8217;lashi shart. Anvar Inoyatov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qaramog&#8217;da bo&#8217;lish \u2014 fuqaroni asosiy yashash manbai hisoblangan mablag&#8217; bilan ta&#8217;minlanishi. Qaramog&#8217;da bo&#8217;lish pensiya ta&#8217;minotida, boquvchining o&#8217;limi tufayli yetkazilgan zararning o&#8217;rnini to&#8217;ldirishda, ayrim nafaqalar va kompensatsiyalarni (masalan, xodim bir joydan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qaramogda-bolish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-111957","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111957","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111957"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111957\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111961,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111957\/revisions\/111961"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111957"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111957"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111957"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}