{"id":112010,"date":"2023-10-27T08:25:03","date_gmt":"2023-10-27T05:25:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112010"},"modified":"2023-10-27T08:25:07","modified_gmt":"2023-10-27T05:25:07","slug":"qorovulbozor-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qorovulbozor-tumani\/","title":{"rendered":"Qorovulbozor tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Qorovulbozor tumani \u2014 Buxoro viloyatidagi tuman. 1993 yil 12 yanvarda tashkil etilgan. Janubdan Qashqadaryo viloyatining Muborak tumani, g&#8217;arbdan Olot, shimoldan Buxoro tumani, sharqdan Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani bilan chegaradosh. Temir yo\u2019l stantsiyasi. Maydoni 2,2 ming km2. Aholisi 13,9 ming kishi (2005). Tumanda 1 shahar (Qorovulbozor), 3 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Bo&#8217;zachi, Jarqoq, Navbahor) bor. Tuman markazi \u2014 Qorovulbozor shahri. Tabiati. Qorovulbozor tumani relefi, asosan, tekislik bo&#8217;lib, adir, qir va qumli cho&#8217;l, barxanlar, taqir, sho&#8217;rxoklardan iborat. Tuproqlari o&#8217;tloqi bo&#8217;z, qumoq bo&#8217;z, cho&#8217;l qumli, sur-qo&#8217;ng&#8217;ir, taqir bo&#8217;z tuproqlar. Janubda sho&#8217;rxoklar katta maydonni egallaydi. Jarqoq, Saritosh, Setalantepa platolari hududida och bo&#8217;z tuproqlar tarqalgan. Yer osti sizot suvlari yer yuzasiga ancha yaqin. Qorovulbozor tumani hududida tashlama suvlardan Devxona, Xadicha ko&#8217;llari hosil bo&#8217;lgan. Tumandagi Saritosh, Jarqoq, Setalantepa kabi tektonik kichik burmalarda gaz va neft zaxiralari, qurilish materiallari (gips, ohaktosh va boshqalar) bor. Iqlimi subtropik belgilarga xos cho&#8217;l iqlimi. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi 0,2\u00b0, eng past temperatura -22, -24\u00b0. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 29,3\u00b0. Eng yuqori temperatura 45, 46\u00b0. Vegetatsiya davri 208 kun. Yillik yog&#8217;in 150-155 mm. Yovvoyi o&#8217;simliklardan boyalich, isiriq, kovrak, yantoq, shuvoq, singren, saksovul, Qandim, rang, qo&#8217;ng&#8217;irbosh, yaltirbosh va boshqalar o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan taroq barmoqli ko&#8217;shoyoq, Qarsoq tulki, ingichka barmoqli yumronqoziq, tolay quyon, bo&#8217;ri, dasht toshbaqasi, malla yumronqoziq, sug&#8217;ur, sassiqko&#8217;zan, qumsichqon, qum bo&#8217;g&#8217;ma iloni, charx ilon, cho&#8217;l mushugi; qushlardan tuvaloq, qorabovur, Olabovur, qirg&#8217;ovullar va boshqalar bor. Tumandagi xo&#8217;jaliklar yerlari Amu \u2014 Buxoro mashina kanalidan suv oladigan Do&#8217;stlik va Qorovulbozor magistral kanallaridan sug&#8217;oriladi. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, qozoq, rus, turkman, tatar, ozarbayjon, arman, Belorus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2 ga 6,3 kishi. shahar aholisi 9,5 ming kishi, qishloq aholisi 4,4 ming kishi (2005). Xo&#8217;jaligi. Tuman sanoatining rivojlanishi Setalantepa, Saritosh, O&#8217;rtabuloq, Ko&#8217;kdumaloq kabi gaz va neft konlarining ochilishi bilan bog&#8217;liq. Tumanda Buxoro neftni qayta ishlash zavpdi, texnik jihozlarni yig&#8217;ish va butlash boshqarmasi, 2 avtokorxona, qurilish korxonalari, bir qancha aktsiyadorlik jamiyatlari, MTP, neft quyish tarmog&#8217;i, dehqon bozori, novvoyxonalar bor. 7 shirkat, 2 ijara xo&#8217;jaligi, 44 Fermer xo&#8217;jaligi faoliyat ko&#8217;rsatadi. 6,4 ming gektarda &#8220;Qorovulbozor&#8221; o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi mavjud. Bu yerda 20 xilga yaqin mevali, manazarali va yog&#8217;ochbop daraxtlar o&#8217;stiriladi. Tumanda jami 14,3 ming gektar yer sug&#8217;oriladi, shu jumladan, 6 ming gektar yerga paxta, 6,5 ming gektar yerga don, shuningdek, sabzavot, poliz ekinlari ekiladi. 10 gektar yer bog&#8217;lar bilan band. Tumandagi jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 4,2 ming qoramol (shu jumladan, 1,4 ming sigir), 6,8 ming qo&#8217;y va echki, 7,2 ming parranda boqiladi. Qorako&#8217;l terisi tayyorlanadi. 7 umumiy ta&#8217;lim maktabi (3,2 ming o&#8217;quvchi), bolalar musiqa, sport maktablari, biznes maktabi, kasb-hunar kolleji, madaniyat saroyi, madaniyat uyi, 2 klub muassasasi, 4 kutubxona, madaniyat va istirohat bog&#8217;i, yoshlar markazi majmui bor. Ashula va raqs, folklor-etnografik dastalari mavjud. &#8220;Go&#8217;zal&#8221; sport sog&#8217;lomlashtirish majmui, markaziy stadion, tennis korti, &#8220;Delfin&#8221; suzish havzasi va boshqa sport inshootlari ishlab turibdi. tuman Markaziy kasalxonasi, Markazii poliklinika, 3 qishloq vrachlik Punkti, 2 feldsher-akusherlik punkti, tez tibbiy yordam punkti, 15 sog&#8217;lomlashtirish punkti, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalarda 43 vrach, 180 o&#8217;rta tibbiy xodim ishlaydi. &#8220;Lola&#8221; bolalar sanatoriysi bor. Tuman hududidan o&#8217;tgan temir yo\u2019l 1916 yilda qurilgan. Bu yerdan Kogon, Qarshi, Kitob, G&#8217;uzor, Termiz yo&#8217;nalishlarida yo&#8217;lovchilar tashuvchi poezdlar o&#8217;tadi. Tumandagi avtomobil yo&#8217;llar uzunligi 88 kilometr, shu jumladan, xalqaro ahamiyatdagisi 53 kilometr. Buxoro \u2014 Qarshi avtomobil magistrali o&#8217;tgan. Me&#8217;moriy yodgorliklardan Qorovulbozor va Bo&#8217;zachidagi qadimgi sardobalar (16-asr) saqlangan. 1993 yildan &#8220;Qorovulbozor tongi&#8221; tuman gazeta nashr etiladi. Isroil Nazarov, Umar Rashidov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qorovulbozor tumani \u2014 Buxoro viloyatidagi tuman. 1993 yil 12 yanvarda tashkil etilgan. Janubdan Qashqadaryo viloyatining Muborak tumani, g&#8217;arbdan Olot, shimoldan Buxoro tumani, sharqdan Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani bilan chegaradosh. Temir &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qorovulbozor-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-112010","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112010","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112010"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112010\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112014,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112010\/revisions\/112014"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112010"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112010"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112010"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}