{"id":112018,"date":"2023-10-27T08:25:39","date_gmt":"2023-10-27T05:25:39","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112018"},"modified":"2023-10-27T08:25:42","modified_gmt":"2023-10-27T05:25:42","slug":"qrim-qrim-muxtor-respublikasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qrim-qrim-muxtor-respublikasi\/","title":{"rendered":"Qrim, Qrim Muxtor Respublikasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Qrim, Qrim Muxtor Respublikasi \u2014 Ukraina tarkibidagi Muxtor respublika. Qrim yarim orolida joylashgan. Maydoni 27 ming km2. Aholisi 2205,6 ming kishi (1996). Poytaxti \u2014 Simferopol shahri. Ma&#8217;muriy jihatdan 15 rayon, 10 shahar, 56 shaharchaga bo&#8217;linadi. Davlat tuzumi. Qrim \u2014 Muxtor respublika. Respublika rahbari \u2014 Oliy Kengash raisi, ijroiya hokimiyat boshlig&#8217;i \u2014 hukumat. Aholisi rus, ukrain, qrim-tatar va boshqalar. Shahar aholisi 69,2%. Davlat tillari \u2014 ukrain, rus, qrim-tatar tillari. Dindorlarning aksariyati pravoslavlar va musulmon sunniylar. Yirik shaharlari: Simferopol, Boqchasaroy, Feodosiya, Yalta, Sevastopol, Evpatoriya. Tarixi. Qrimda yashagan qadimgi odamlarning suyak qoldiqlari paleolit davriga mansub. Shuningdek, bu yerda neolit, jez va ilk temir davrlariga xos ko&#8217;pgina arxeologik yodgorliklar topilgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda Qrimda kimmeriy, tavr (Qrimning tog&#8217;li va sohil qismi qadimgi nomi \u2014 Tavrika, Tavriya, tavrida tavr qabilasi nomidan kelib chiqqan) va skif qabilalari yashagan. Miloddan avvlgi 6-5-asrlarda Qrimning sohil qismida yunonlar o&#8217;z koloniyalarini tashkil etdilar. Ularning eng yirigi Xersones va Pantikapey bo&#8217;ldi. Miloddan avvalgi 5-asrda Kerch yarim orolida Bospor podsholigi, Qrimning dasht qismida skif davlati (miloddan avvalgi 3-asr) vujudga keldi. Miloddan avvalgi 1-asrning 2-yarmida Qrimning sohil qismi Rim tomonidan bosib olindi. Milodiy 3-4-asrlarda bosqinchi qabilalar (gotlar, gunnlar) Qrimning ko&#8217;pgina qadimgi shaharlarini vayron qilib, Bospor va Skif davlatlarini tugatdilar. Qrimning Sharqiy qismi 10-asrdan Kiyev Rusining Tmutarakan knyazligi tarkibiga kirdi. Bu davrda Qrim aholisi skif, tavr, got, sarmat, Alan, xazar, bijanak va boshqa xalqlar avlodlaridan iborat bo&#8217;lgan, sohilda yunon va slavyanlar yashagan. 13-asrda Qrimga mo&#8217;g&#8217;ullar bostirib kirgach, bu yerda oltin O&#8217;rdaning Qrim ulusi vujudga keldi. 13-15-asrlarda Qrimda genuyalik savdogarlarning mudofaa istehkomlari bo&#8217;lgan savdo markazlari faoliyat ko&#8217;rsatdi. Oltin O&#8217;rda inqirozga uchragandan keyin (1443), Qrim ulusi o&#8217;rnida Qrim xonligi tashkil topib, 1475 yildan boshlab Turkiya vassaliga aylandi. 1783 yilda Qrim butunlay Rossiyaga qo&#8217;shib olindi. 1853\u2014 56 yillardagi Qrim urushi davrida Qrim harbiy harakatlar maydoniga aylandi. 1917 yil Fevral inqilobidan so&#8217;ng mayda jamoat tashkilotlari paydo bo&#8217;ldi va ular &#8220;Qrim qrimliklar uchun&#8221; shiori bilan chiqib, Qrimni Rossiyadan ajratib olishga harakat qildilar. 1917 yil 16(29) dekabrda Sevastopolda, 1918 yil 13(26) yanvarda simferopolda sovet hokimiyati o&#8217;rnatildi. 1918 yil 21 martda Qrimda Tavriya Respublikasi tuzilib, u RSFSR tarkibiga kiritildi. Ammo shu yilning o&#8217;zida (aprelda) Germaniya Qrimni ishg&#8217;ol qildi. 1918 yil noyabrda Qrimga Antanta qo&#8217;shinlari tushirildi. 1919 yil aprelda ular Qrimni tark etdi. 1921 yil 18 oktabrda RSFSR tarkibida Qrim Muxtor Respublikasi tashkil etildi. 2-jahon urushi (1939-45) davrida Qrim shiddatli janglar maydoniga aylandi. 1944 yil mayda nemislardan ozod etildi. 1945 yil 30 iyunda muxtoriyat tugatilib, Qrim viloyati tashkil etildi (u 1954 yil Ukraina tarkibiga o&#8217;tkazildi); aholisining bir qismi \u2014 qrim-tatarlar 1944 yil O&#8217;rta Osiyoga deportatsiya qilindi (1967 yil ularning konstitutsiyaviy huquqlari tiklandi). 1991 yil 12 Fevralda Qrim Muxtor Respublikasi tuzildi (Ukraina tarkibida). Xo&#8217;jaligi. Qrim \u2014 ko&#8217;p tarmoqli qishloq xo\u2019jaligi va sanoat tarmoqlari rivojlangan hudud. Dam olish va davolanish joyi hamda ommaviy turizm rayoni. Sanoatida oziq-ovqat (meva-sabzavot, vinochilik, efir moyli o&#8217;simliklarni qayta ishlash), mashinasozlik (kema, pribor, televizor va boshqalar ishlab chiqarish), kimyo, yengil sanoat yetakchi tarmoqlardir. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Temir rudasi (kamish-burun temir ruda kombinati) va tabiiy gaz qazib olinadi. Simferopol davlat tuman elektr stansiyasi va boshqalar bor. Kerch, Yalta, Sevastopol. Yevpatoriyada baliqni qayta ishlash korxonalari mavjud. Qishloq xo&#8217;jaligining asosiy tarmoqlari \u2014 tokchilik, bog&#8217;dorchilik, efir moyli o&#8217;simliklar mahsuloti yetishtirish, go&#8217;sht-sut chorvachiligi. Bug&#8217;doy, makkajo&#8217;xori, arpa, sholi, dukkakli don ekinlari, kungaboqar, zig&#8217;ir, tamaki, efir moyli ekinlar (atirgul, lavanda, muskat shalfeyi) ekiladi. Sabzavotchilik va polizchilik rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, cho&#8217;chqa, qo&#8217;y boqiladi. Parrandachilik bilan shug&#8217;ullaniladi. Temir yo\u2019llar uzunligi 700 kilometrga yaqin. Qattiq qoplamali avtomobil yo&#8217;llari uzunligi 7 ming kilometrdan ziyod. Kerch, Feodosiya, Yalta, Sevastopol, Evpatoriya dengiz portlari bor. Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniy-ma&#8217;rifiy muassasalari. Vrachlar va o&#8217;rta tibbiyot xodimlari Ukraina va Qrimdagi tibbiyot oliy va o&#8217;rta maxsus o&#8217;quv yurtlarida tayyorlanadi. Asosiy kurortlari: Yalta, Misxor, alupka, Simeiz, Gurzuf, Alushta (Qrimning Janubiy sohili), Feodosiya, Yevpatoriya. Qrimda ta&#8217;lim tizimi Ukraina ta&#8217;lim tizimi asosida rivojlanmoqda. Qrimda Simferopol universiteti, tibbiyot, qishloq xo\u2019jaligi, priborsozlik institutlari bor. Ilmiy tadqiqotlar Qrim astrofizika rasadxonasi, Nikita botanika bog&#8217;i, vinochilik va tokchilik, dengiz baliq xo&#8217;jaligi va okeanografiya ilmiy tadqiqot institutlari va boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalarida olib boriladi. Qrimda 5 teatr, filarmoniya, bir qancha klub muassasasi va kinoqurilma, muzey (yiriklari \u2014 Qrim o&#8217;lkashunoslik muzeyi, Boqchasaroy tarix-arxeologiya muzeyi, &#8220;Sevastopol mudofaasi&#8221; panoramasi, &#8220;Sapungorani shturm qilish&#8221; dioramasi va boshqalar) va kutubxonalar bor. Me&#8217;morligi. Qrim hududida mis-jez davridan mengirlar qolgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda tavrlar tomonidan tosh istehkomlar qurilgan. Qadimgi Xersones, Pantikapey koloniyalarining mudofaa inshootlari, ibodatxona, maqbara yodgorliklari xarobalari saqlangan. O&#8217;rta asrlarda Qrimda Vizantiya badiiy madaniyati yodgorliklari \u2014 xristian bazilikalari (7-8-asrlarda Xersonesda) va xochli gumbazsimon ibodatxonalar (Kerchdagi Ioann Predtech cherkovi, 10-13-asrlar) qurildi. 6-asrdan Qrim Dashti va tog&#8217;oldi aholisi tog&#8217;larda g&#8217;or shahar va qal&#8217;alar barpo etgan (Boqchasaroy yaqinidagi Chufut qal&#8217;a, eski kermen, Tepe kermen; Sevastopol yaqinidagi Inkerman va Mangup). Qrim hududida arman me&#8217;morligi yodgorliklari (Feodosiya shahridagi Sergiy, Stefan cherkovlari, 14-15-asrlar) mavjud. Feodosiya (1348), Sudak (1345-1414), Balaklava (15-asr)da Genuyaliklar mudofaa inshootlarini yaratganlar. Oltin O&#8217;rda hukmronligi va Qrim xonligi davrida serhasham masjid, madrasalar qurildi (Qrim stantsiyasidagi 13-asrga mansub masjid va 14-asrda qurilgan madrasa, Boqchasaroyda 16-18-asrlarda barpo etilgan xon saroyi majmuasi, Evpatoriyada me&#8217;mor Xo&#8217;ja Sinon tomonidan 1552 yilda qurilgan jome masjid va boshqalar). 18-asrning 80-yillaridan shahar (Sevastopol, Simferopol), ibodatxona, saroy, bog&#8217;lar qurildi (Sevastopoldagi Petropavlovsk sobori, 1843; qora dengiz floti muzeyi, 1895, me&#8217;mor A.M. Kochetov; &#8220;Sevastopol mudofaasi&#8221; Panoramasi binosi, 1902-04, me&#8217;mor V.A.Feldman; Alupkadagi Voronsov saroyi, Livadiyadagi podsho saroyi, 1911- 13, me&#8217;mor N.P.Krasnov). 1920-yillardan shahar, qishloq, kurort qurilishlari avj oldi (Yalta shahri yaqinidagi &#8220;Kurpati&#8221; sanatoriysi, 1936, me&#8217;mor V.Kovalskiy; Alushtadagi dam olish uyi, 1939, me&#8217;mor A.Beketov). 1960-70 yillarda Gurzufda xalqaro &#8220;Sputnik&#8221; lageri (1962, me&#8217;morlar A.Polyanskiy va boshqalar), &#8220;Artek&#8221; Pioner lageri, Yaltada &#8220;Saturn&#8221; kinoteatri (1968, me&#8217;mor I.Tatiev), Sevastopolda shahar kengashi binosi (1971-73) va &#8220;Turist&#8221; mehmonxonasi (1974, me&#8217;mor I.Fialko), Simferopolda musiqali drama teatri (1976, me&#8217;mor S. Afzametdinova), Alushtada &#8220;Chayka&#8221; pioner lageri (1979, me&#8217;mor T.Belyaeva) bunyod etildi. Tasviriy san&#8217;ati. Qrimda miloddan avvalgi 3\u2014 2-ming yilliklarga mansub qoya toshdagi rasmlar (jang lavhasi; Boqchasaroy yaqinidan topilgan), qabr toshlariga ishlangan naqshlar, qabila yo&#8217;lboshchisi, jangchi, cho&#8217;pon aks ettirilgan yassi bo&#8217;rtmali tasvirlar topilgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillikning 2-yarmidan Qrim san&#8217;ati Qrimning sohil qismidagi yunonlar san&#8217;ati bilan bog&#8217;liq. Bu davrda yunon san&#8217;ati an&#8217;analari bilan mahalliy an&#8217;analarning o&#8217;zaro ta&#8217;siri kuchli bo&#8217;lgan. Skiflar Neapoli va pantikapeydagi tosh daxma rasmlarida mifologik tasvirlar bilan birga hayotiy tasvirlar ham aks etgan; Qrim shaharlarida haykaltaroshlik rivojlangan (qabr toshlaridagi bo&#8217;rtma tasvirlar, har xil haykalcha va boshqalar). Xersonesda rasmlar bilan bezatilgan stelalar va noyob mozaikalar topilgan. Pantikapeyda turli rangda vazalar tayyorlangan, yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi rivojlangan. Bospor hunarmandlarining Qrim va unga qo&#8217;shni hududlardan topilgan oltin va kumushdan tayyorlangan buyumlari jahonga mashhur (Aulooadagi ko&#8217;za, Gaymanov mozorqo&#8217;rg&#8217;onilati idish. Soloxadan topilgan oltin taroq va boshqalar). O\u2019rta asrlarda Qrim san&#8217;ati ma&#8217;lum larajada Vizantiya ta&#8217;sirida rivojlandi. 7\u2014 8-asrlarda bazilikali xristian ibodatxonalari intereri mozaika va Freskalar bilan bezatildi (Xersonesdagi Uvarov bazilikasi). 12-15 &#8211; asrlarda Qrim tog&#8217;lari g\u2019orlaridagi ibodatxonalar ham freskalar bilan qoplangan. Keyinchalik monumental rangtasvirda qadimgi rus rangtasviri an&#8217;analari Vizantiya san&#8217;ati unsurlari bilan qo&#8217;shilib ketdi (Feodosiyadagi Stefan, Kerchdagi Ioann Predtech cherkovlari devoriy tasvirlari). 18-asrda saroy intererlari devoriy tasvirlar va turli bezaklar bilan bezatildi (Boqchasaroydagi xon saroyi). 19-asr \u2014 20-asr boshlarida Qrimda I. Ayvazovskiy, R. Sudkovskiy, K. Bogaevskiy, F. Vasilev, M.Voloshin, N.Samokish va boshqa rassomlar ishladi. Undan keyingi davr rassomlari bo&#8217;lgan F.Zaxarov, K. Proxorov, P. Stolyarenko, V.Svetkova kabi rassomlar faoliyati ham Qrim bilan bog\u2019liq.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qrim, Qrim Muxtor Respublikasi \u2014 Ukraina tarkibidagi Muxtor respublika. Qrim yarim orolida joylashgan. Maydoni 27 ming km2. Aholisi 2205,6 ming kishi (1996). Poytaxti \u2014 Simferopol shahri. Ma&#8217;muriy jihatdan 15 rayon, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qrim-qrim-muxtor-respublikasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-112018","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112018","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112018"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112018\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112022,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112018\/revisions\/112022"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112018"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112018"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112018"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}