{"id":112033,"date":"2023-10-27T14:28:22","date_gmt":"2023-10-27T11:28:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112033"},"modified":"2023-10-27T14:28:30","modified_gmt":"2023-10-27T11:28:30","slug":"qonun-ustuvorligi-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qonun-ustuvorligi-3\/","title":{"rendered":"Qonun ustuvorligi"},"content":{"rendered":"\n<p>Qonun ustuvorligi &#8211; barcha davlat hokimiyati organlari faoliyatida Konstitutsiya, qonunlar oliy yuridik kuchga ega bo&#8217;lib, ularning hokimiyat chiqaraditan boshqa hamma me&#8217;yoriy hujjatlar va yo&#8217;riqnomalardan ustun turishi. Qonun ustuvorligi jamiyatda demokratiya va Qonunchilik ta&#8217;minlanishiga xizmat qiluvchi tamoyildir. Bu tamoyil O&#8217;zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida mustahkamlangan: &#8220;O&#8217;zbekiston Respublikasida O&#8217;zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so&#8217;zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko&#8217;radilar&#8221;. Qonun ustuvorligi tamoyili birinchidan, jamiyat hayotining barcha jabhalarida qonunlarning qat&#8217;iy hukmronligini bildirib, yuqorida ta&#8217;kidlanganidek, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarga so&#8217;zsiz itoat etishida; ikkinchidan, ijtimoiy munosabatlarning jamiyat, fuqaro va davlat manfaatlariga mos tarzda tartibga solinganini anglatib, mamlakat miqyosida barqarorlik, batartiblik va qonuniy tartibot muhiti o&#8217;rnatilganida; uchinchidan, huquq buzilishi hollarining oldini olish, shuningdek, huquqiy munosabat ishtirokchilari qonunni buzgan taqdirda qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun qonunlarning huquqiy asos vazifasini bajarishida namoyon bo&#8217;ladi. Mamlakatda hokimiyatlar bo&#8217;linishi printsipining Real joriy etilganligi O&#8217;zbekistonda Konstitusiya va qonunlar ustunligini ta&#8217;minlashning muhim kafolatidir. Unga ko&#8217;ra, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati bo&#8217;g&#8217;inlari o&#8217;zlarining Konstitutsiyada, qonunda belgilangan vakolatlari doirasida faoliyat yuritadilar. Ular o&#8217;rtasidagi munosabatlarni uyg&#8217;unlashtirishda eng oliy hakam qonundir. O&#8217;zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, mamlakat Prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishining kafilidir (93-modda). Prezidentning bu boradagi faoliyati muhim siyosiy-yuridik ahamiyatga ega. U o&#8217;z farmonlari, qarorlari bilan konstitutsiyaviy tamoyillarning, qonunlarda mustahkamlangan qoidalarning hayotga to&#8217;la joriy etilishi uchun yo&#8217;l ochadi, tegishli huquqiy mexanizmlarni yaratadi. O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidentining &#8220;O&#8217;zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o&#8217;rganishni tashkil etish to&#8217;g&#8217;risida&#8221; Farmoyish qabul qilganligi (2001 yil 4 yanvar) jamiyatda konstitutsiyaning mavqei va nufuzini ko&#8217;tarishga qaratilgan muhim tadbir bo&#8217;ldi. Garchand, farmoyishning asosiy maqsadi aholi orasida Konstitutsiyaviy savodxonlikni, huquqiy madaniyatni oshirishdan iborat bo&#8217;lsa ham, bu pirovardida, Konstitusiyaning e&#8217;zozlanishi, unga ustuvor tarzda amal qilinishiga puxta zamin yaratadi. O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining &#8220;vazirliklar, davlat qo&#8217;mitalari va idoralar me&#8217;yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta&#8217;minlash chora-tadbirlari to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi qarorida (1997 yil 9 oktabr) umummajburiy tusdagi idoraviy normativ hujjatlarning Konstitutsiya va qonunlarga mosligini ta&#8217;minlash vazifasi Adliya vazirligiga yuklatilib, ularning davlat ro&#8217;yxatidan o&#8217;tkazilishi talab etilgan. Rasmiy tarzda ro&#8217;yxatdan o&#8217;tmagan idoraviy normativ hujjatlar yuridik kuchga ega bo&#8217;lmaydi, ularni hayotga joriy etish mumkin emas. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligini ta&#8217;minlashda prokuror nazoratining roli kattadir. Mazkur vazifa doirasida prokuratura idoralari muayyan qonunlar ijrosini bevosita bajaruvchi vazirliklar, idoralar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasa va tashkilotlar- ning mas&#8217;uliyatini oshirish, qonun buzilishining oldini olish, uning sabablari va shart-sharoitlarini o&#8217;z vaqtida bartaraf etish chora-tadbirlarini ko&#8217;radilar. Qonunni qo&#8217;pol buzish hollari aniqlanganda ma&#8217;muriy va jinoiy javobgarlik choralari qo&#8217;llaniladi. O&#8217;zbekistonda Konstitutsiya va qonunlarning ustunligini ta&#8217;minlash uchun tashkiliy-huquqiy kafolatlar va yuridik mexanizmlar muttasil takomillashtirilib, ularning samaradorligini oshirib borish lozim.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qonun ustuvorligi &#8211; barcha davlat hokimiyati organlari faoliyatida Konstitutsiya, qonunlar oliy yuridik kuchga ega bo&#8217;lib, ularning hokimiyat chiqaraditan boshqa hamma me&#8217;yoriy hujjatlar va yo&#8217;riqnomalardan ustun turishi. Qonun ustuvorligi jamiyatda demokratiya &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qonun-ustuvorligi-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-112033","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112033","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112033"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112033\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112043,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112033\/revisions\/112043"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112033"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112033"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112033"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}