{"id":112144,"date":"2023-10-27T15:10:54","date_gmt":"2023-10-27T12:10:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112144"},"modified":"2023-10-27T15:10:57","modified_gmt":"2023-10-27T12:10:57","slug":"qorachoy-cherkasiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qorachoy-cherkasiya\/","title":{"rendered":"Qorachoy-Cherkasiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Qorachoy-Cherkasiya, Qorachoy-Cherkasiya Respublikasi \u2014 Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Rossiya Yevropa qismining Janubda joylashgan. Maydoni 14,1 ming km2. Aholisi 439,7 ming kishi (2002). Poytaxti \u2014 Cherkessk shahri. Ma&#8217;muriy jihatdan 8 rayon, 4 shahar va 7 shaharchaga bo&#8217;lingan. Davlat tuzumi. Qorachoy-Cherkasiya \u2014 respublika. Oliy mansabdor shaxs \u2014 respublika Prezidenti. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Xalq Majlisi (parlament), ijrochi hokimiyatni rais boshchiligidagi Respublika hukumati amalga oshiradi. Tabiati. Qorachoy-Cherkasiya Katta Kavkazning shimoliy yon bag&#8217;rida, Elbrusning G&#8217;arb va shimolda. Shimolroqda yon tizma joylashgan bo&#8217;lib eng baland nuqtasi \u2014 Elbrus (5642 metr). Foydali qazilmalari: ko&#8217;mir, oltin, rangli metallar, o&#8217;tga chidamli gil. Iqlimi balandlik mintaqalari bo&#8217;ylab o&#8217;zgarib boradi. Shimolda (tog&#8217; etaklarida) yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi \u2014 5\u00b0, Janubda (baland tog&#8217;larda) \u2014 10\u00b0, iyulniki shimolda (tog&#8217; etaklarida) 21\u00b0, Janubda (baland tog&#8217;larda) 8\u00b0. Yillik yog&#8217;in 550-2500 mm. Asosiy daryolari \u2014 kuban va uning irmoqlari. Tuproqlari shimolda qoratuproq, Janubda balandlik ortib borgan sari tog&#8217;-o&#8217;rmon qo&#8217;ng&#8217;ir va tog&#8217; o\u2019tloqi tuproqlar tarqalgan. Tog&#8217; etaklarida dasht o&#8217;simliklari, tog&#8217;larda qoraqayin, grab, eman, daryo vodiylarida qarag&#8217;ay, qoraqarag&#8217;ay, oqqarag&#8217;ay o&#8217;sadi, tog&#8217;larning yuqori qismi subalp va Alp o&#8217;tloqlaridan iborat. O&#8217;rmon va baland tog&#8217;larda qo&#8217;ng&#8217;ir ayiq, o&#8217;rmon mushugi, qobon, silovsin, suvsar, asl bug&#8217;u, kiyik, yovvoyi echki, qushlardan ular, karqur yashaydi. Hududida Teberda qo&#8217;riqxonasi va Kavkaz qo&#8217;riqxonasining bir qismi joylashgan. Aholisi. Qorachoy-Cherkasiyada qorachoylar (32,2%), cherkaslar (9,7%), ruslar (42,4%), aba- zinlar (6,6%), no&#8217;g&#8217;aylar (3,2%), Ukrainlar (1,5%), osetinlar (0,9%) va boshqalar yashaydi. Davlat tillari \u2014 qorachoy, Cherkas, rus, abazin va no&#8217;g&#8217;ay tillari. shahar aholisi 44%. Dindorlari Musulmon-sunniylar va xristianlar. Asosiy shaharlari: Cherkessk, ust-Jeguta, Teberda. Tarixi. Qorachoy-Cherkasiya hududida odam qadimdan yashab kelgan. 10-asrda adigey-Cherkas, 13\u2014 14-asrlarda qorachoy elatlari shakllandi. 14-16-asrlarda Qorachoy-Cherkasiya hududiga abazinlar, 17-asrda no&#8217;g&#8217;aylar ko&#8217;chib bordi. 19-asr 1-yarmida Qorachoy-Cherkasiya hududi Rossiyaga qo&#8217;shib olindi. 1918 yil Fevralda sovet hokimiyati o&#8217;rnatildi. 1918 yil kuzdan 1920 yil aprelgacha oqgvardiyachilar qo&#8217;lida bo&#8217;ldi. 1922 yil 12 yanvarda Qorachoy-Cherkasiya Muxtor viloyati tuzildi. 1926 yil qorachoy Muxtor viloyati va Cherkasiya milliy okrugi (1928 yil 30 apreldan Cherkasiya Muxtor viloyati)ga bo&#8217;lindi. 1942 yil avgustda Qorachoy-Cherkasiya nemislar tomonidan bosib olindi. 1943 yil yanvarda ozod etildi. 1943 yil oktabrda Qorachoy Muxtor viloyati tugatilib, aholisi SSSRning Sharqiy o&#8217;lkalariga deportatsiya qilindi. 1957 yil yanvarda Birlashgan qorachoy-Cherkasiya muxtor viloyati tuzildi. 1992 yildan Qorachoy-Cherkasiya Respublikasi. Xo&#8217;jaligi. Yalpi mahsulotda sanoat 18,4%, qishloq xo\u2019jaligi 29,5%, qurilish 5,5%, transport 1%, savdo 12,5% ni tashkil etadi. Sanoatining asosiy tarmoqlari: kimyo va neft kimyosi, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoati, mashinasozlik va metallsozlik, rangli metallurgiya, o&#8217;rmon, yog&#8217;ochsozlik va tsellyuloza-qog&#8217;oz, engil sanoat. Kon-ruda sanoat tarmog&#8217;i rivojlangan. yiliga o&#8217;rtacha 40 million kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Ko&#8217;p sanoat korxonalar Cherkessk, Karachaevsk shaharlari va Mednogorsk shaharchasida joylashgan. Qishloq xo&#8217;jaligida yetakchi tarmoq \u2014 go&#8217;sht-sut chorvachiligi, qo&#8217;ychilik, kartoshka va sabzavot yetishtirish. Qishloq xo\u2019jaligi uchun yaroqli bo&#8217;lgan 134,5 ming gektar yerning 71,4 ming gektar (53,1%) haydaladi. Dehqonchilikda bug&#8217;doy, makkajo&#8217;xori, kungaboqar, qand lavlagi, arpa, tariq ekiladi. Mevachilik rivojlangan. Yilqichilik, parrandachilik, asalarichilik bilan ham shug&#8217;ullaniladi. Sug&#8217;orish sistemasi rivojlangan (katta Stavropol kanali bor). Transportida avtomobil transporti muhim mavqega ega: qattiq qoplamali avtomobil yo&#8217;llari uzunligi 1887 kilometr. Qorachoy-Cherkasiya hududini harbiy Suxumi avtomobil yo&#8217;li kesib o&#8217;tgan. Temir yo\u2019llar uzunligi 51 kilometr. Tog&#8217; turizmi, alpinizm rivojlangan. Tibbiy xizmati. Qorachoy-Cherkasiyada har 10 ming aholiga 34 vrach to&#8217;g&#8217;ri keladi. 10 dan ortiq sanatoriy-kurort va dam olish muassasasi bor (Teberda, Arxiz, dombay iklimiy kurortlari va boshqalar). Maorifi, ilmiy va madaniy-ma&#8217;rifiy muassasalari. Maorifi Rossiya Federatsiyasida qabul etilgan tizimga muvofiq tashkil qilingan. 180 umumiy o&#8217;rta ta&#8217;lim maktabida 72 ming, 6 o&#8217;rta maxsus o&#8217;quv yurtida 4,5 ming o&#8217;quvchi, 2 oliy o&#8217;quv yurti (peagogika universiteti, texnologiya instituti)da 4,9 ming talaba ta&#8217;lim oladi. Iqtisodiyot, tarix, til va adabiyot ilmiy tadqiqot instituti, 170 kutubxona bor. Adabiyoti. Qorachoy-Cherkasiyaning tub aholisi (qorachoy, cherkas, abazin va no&#8217;g&#8217;oylar) adabiyoti 20-asrning 20-yillarida shakllandi. 19-asr oxiri \u2014 20-asr boshlarida o&#8217;z yozuvini yaratish va ona tilida maktab darsliklarini yaratishga urinishlar bo&#8217;lgan. 20-asrning 20-yillarida qorachoy shoirlari I.Karaketov, A.Urtenov, D.Boyqulov, abazin yozuvchisi T.Tabulov, no&#8217;g&#8217;oy yozuvchisi X.Bulatukov ijod qildilar. 30-yillarda cherkas yozuvchilari X.Abukov, M.Dishekov romanlari, I.Amirokov, qorachoy yozuvchisi X.Appaev qissalari, qorachoy shoirlari A.Botasheva, D.Boyqulov, M.Urusov she&#8217;r va dostonlari, no&#8217;g&#8217;oy adibi X.Bulatukov pyesalari nashr etildi. No&#8217;g&#8217;oy yozuvchisi F.Abduljalilov, cherkas adibi X.Gashokov, qorachoy shoirasi X. Bayramukova asarlari xalqning nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashiga bag&#8217;ishlandi. 2-jahon urushidan keyin qorachoy yozuvchi va shoirlari O.Xubiyev, D.Kubanov, A.Suyunchev, N.Xubiev, M.Batchaev, cherkas adiblari A.Oxtov, S. Xatuov, X. Xapsirokov, M.Axmetov, A.Xanfenov, abazin yozuvchilari X.Jirov, P.Tsekov, K.Jegutanov, B.Txaytsuxov, M.Chikatuev, D.Laguchev, no&#8217;g&#8217;oy adiblari F.Abduljalilov, S.Kapaev va boshqalar samarali ijod qildilar. Me&#8217;morligi va tasviriy san&#8217;ati. Qorachoy-Cherkasiya hududida 1 \u201413-asrlarga oid yer ustiga o&#8217;rnatilgan sag&#8217;analar, qadimgi shaharlar (toshdan qurilgan mudofaa devorlari xarobalari bilan), Vizantiya tipidagi uncha katta bo&#8217;lmagan va freskali xristian cherkovlari (Shoan tog&#8217;idagi ibodatxona; Nijnyaya Teberda qishlog&#8217;i yaqinidagi sentin ibodatxonasi, ikkovi ham 10-11-asrlarga oid), 17\u2014 18-asrlarga oid mudofaa inshootlari (Adiyux qadimgi shaharchasi minorasi, 18-asrning 60-yillari) saqlangan. Qorachoylarning an&#8217;anaviy turar joylari devori yog&#8217;ochdan, tomi og&#8217;ir tuproqdan ikki tomonga nishab qilib qurilgan; cherkaslar turar joylari usti loy bilan suvalgan chetan devorli, qamish yoki somon tomli uylar bo&#8217;lgan. Hozirgi davrda Cherkessk, Karachevsk, Teberda kabi zamonaviy shaharlar, ko&#8217;plab turar joy binolari, jamoat va madaniy-maishiy inshootlar mavjud. Qorachoy-Cherkasiyaning qadimgi san&#8217;at yodgorliklari \u2014 miloddan avvalgi 3-2-ming yillikka oid jezdan yasalgan bezak va badiiy keramika, miloddan avvalgi 2-5-asrlarga oid metall va keramika buyumlaridir. Hozirgi davrda rangtasvir (I.G.Akov, M.X.Chomaev va boshqalar) va grafika (Ya.G. Kriskiy va boshqalar) vujudga keldi. Xalq san&#8217;atida yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi, bo&#8217;yra to&#8217;qish, zargarlik, kashtado&#8217;zlik rivojlangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qorachoy-Cherkasiya, Qorachoy-Cherkasiya Respublikasi \u2014 Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Rossiya Yevropa qismining Janubda joylashgan. Maydoni 14,1 ming km2. Aholisi 439,7 ming kishi (2002). Poytaxti \u2014 Cherkessk shahri. Ma&#8217;muriy jihatdan 8 rayon, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qorachoy-cherkasiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-112144","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112144","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112144"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112144\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112153,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112144\/revisions\/112153"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112144"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112144"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112144"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}