{"id":112165,"date":"2023-12-28T16:07:45","date_gmt":"2023-12-28T13:07:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112165"},"modified":"2023-12-28T16:07:46","modified_gmt":"2023-12-28T13:07:46","slug":"tasis","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tasis\/","title":{"rendered":"TASIS"},"content":{"rendered":"\n<p>TASIS (Techical Assissance to Commonwealth of Indepent States) \u2014 Yevropa Ittifoqi tomonidan mustaqil Davlatlar Hamdo&#8217;stligi (MDH) mamlakatlariga Evropa Ittifoqi komissiyasi (EIK)ning grant mablag&#8217;lari hisobidan texnikaviy yordam ko&#8217;rsatish dasturi. 1991 yilda ishlab chiqilgan. Dastur bozor iqtisodiyotiga o&#8217;tish va demokratik jamiyatni barpo etish jarayonini qo&#8217;llab-quvvatlash maqsadlarini ko&#8217;zlaydi. Yangi texnologiyalar kiritish uchun beg&#8217;araz mablag&#8217;lar ajratish, hamkorlik aloqalarini o&#8217;rnatish, mutaxassislardan iborat guruhlarni yuborish, professional tayyorgarlikni amalga oshirish, maxsus tadqiqotlar o&#8217;tkazish va boshqaruv masalalarida maslahat yordami ko&#8217;rsatish va boshqalarni amalga oshiradi. TASIS dasturiga kiritilishi mumkin bo&#8217;lgan loyixalarni faqat unga hamkor mamlakatlardagi milliy va mahalliy tashkilotlar taklif qilishlari mumkin. Taklif qilingan loyiha ushbu mamlakat bo&#8217;yicha tayyorlangan strategiya va yo&#8217;nalish dasturida ko&#8217;zda tutilgan maqsadlarga mos kelmog&#8217;i lozim. Loyiha mazkur davlatdagi TASIS dasturining muvofikdashtirish byurosiga topshiriladi. Byuro ushbu taklifga baho beradi va dastlabki tanlovdan so&#8217;ng keyingi muhrkamalar uchun komissiyaning ushbu mamlakatdagi vakolatxonasi yoki to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri Bryusseldagi MDH bilan shug&#8217;ullanuvchi boshqarmasi orqali Yevropa Ittifoqi komissiyasiga taqdim etadi. Shundan so&#8217;ng ushbu loyiha TASIS harakat dasturiga kiritiladi. TASIS boshqa donorlar va xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. TASISning mamlakatimizdagi faoliyati 1992 yilda boshlangan va O&#8217;zbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi o&#8217;rtasida 1996 yilda imzolangan sheriklik va hamkorlik to&#8217;g&#8217;risidagi bitim asosida O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy sarmoyalar departamenti huzuridagi Eikning texnikaviy yordamini muvofiqlashtirish Byurosi tomonidan boshqariladi. TASIS doirasida O&#8217;zbekistonda amalga oshirilgan loyihalarning umumiy hajmi 1992 yildan 2003 yilga qadar 125,8 million yevroni tashkil etdi. TASISning &#8220;Xususiy fermer xo&#8217;jaliklarini qo&#8217;llab-quvvatlash loyihasi&#8221; bo&#8217;yicha 1997 yilda Farg&#8217;ona va Sirdaryo viloyatlarida chorvachilik va bog&#8217;dorchilik sohasida katta ko&#8217;lamdagi ishlar \u2014 firmalarni boshqarish, fermer xo&#8217;jaliklarini tashkil etish, fermerlar uyushmasi modelini barpo etish dasturlari amalga oshirildi. TASIS loyihasidagi Toshkent shahrida Respublika tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi huzurida tashkil etilgan bozor ko&#8217;nikmalarini rivojlantirish markazi kichik va o&#8217;rta biznes sohasida malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug&#8217;ullanadi. Shuningdek, TASIS tarkibiy islohotlar hamda tashkilotlarni isloh qilish, qishloq xo&#8217;jaligi. va agrosanoat tarmog&#8217;i, infratuzilmalarni, ayniqsa energetika va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishga jiddiy e&#8217;tibor bermoqda. O&#8217;zbekiston Respublikasi TASISning umumiy qiymati 7,2 million yevro bo&#8217;lgan &#8220;O&#8217;rta Osiyoning mintaqaviy neftgaz infrastrukturasi uchun kichik xajmdagi investisiyalarni moliyalashtirish&#8221; (INOGEYT dasturi); &#8220;O&#8217;rta Osiyo temir yo&#8217;llari telekommunikasiyasi&#8221; (TRASEKA dasturi); &#8220;G&#8217;arbiy Tyanshanning bioxilma-xilligini saqlash&#8221;; &#8220;O&#8217;zbekistonda atrof muhitni muhofaza qilish bo&#8217;yicha milliy harakat rejasi va ekologiya siyosatini amalga oshirishni qo&#8217;llabquvvatlash&#8221; (NEAPII) kabi loyihalarida qatnashmoqla (2004). TASIS tomonidan moliyalashtiriladigan asosiy ustuvor yo&#8217;nalishlar: davlat korxonalarining qayta tashkil etilishi va xususiy sektorni rivojlantirish; oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va taqsimlashning samarali tizimini yaratish; energetika, transport va aloqa infrastrukturasini rivojlantirish; yadro xavfeizligini ta&#8217;minlash; atrof muhitni muhofaza qilish; davlat boshqaruvi, ijtimoiy himoya va ta&#8217;lim tizimlarini isloh qilish va boshqalardan iborat. Har bir mamlakat TASISning loyihalarini o&#8217;zining ichki ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tanlaydi. Farhod Qurbonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TASIS (Techical Assissance to Commonwealth of Indepent States) \u2014 Yevropa Ittifoqi tomonidan mustaqil Davlatlar Hamdo&#8217;stligi (MDH) mamlakatlariga Evropa Ittifoqi komissiyasi (EIK)ning grant mablag&#8217;lari hisobidan texnikaviy yordam ko&#8217;rsatish dasturi. 1991 yilda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tasis\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-112165","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112165","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112165"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112165\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112166,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112165\/revisions\/112166"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112165"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112165"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112165"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}