{"id":112232,"date":"2023-12-28T17:24:30","date_gmt":"2023-12-28T14:24:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112232"},"modified":"2023-12-28T17:24:31","modified_gmt":"2023-12-28T14:24:31","slug":"tyanopan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tyanopan\/","title":{"rendered":"Tyano&#8217;pan"},"content":{"rendered":"\n<p>Tyano&#8217;pan (xitoycha \u2014 osmono&#8217;par tog&#8217;lar, turkiy nomi \u2014 Tangritog&#8217;) \u2014 O&#8217;rta va Markaziy Osiyodagi eng baland va uzoq masofaga cho&#8217;zilgan tog&#8217; tizmalari sistemasi. G&#8217;arbiy qismi Qozog&#8217;iston, Qirg&#8217;iziston, Tojikiston va O&#8217;zbekistonda, Sharqiy qismi esa Xitoy hududidadir. Tyano&#8217;pan bir necha tog&#8217; tizmalaridan tashkil topgan bo&#8217;lib, ularning ko&#8217;pchiligi kenglik bo&#8217;ylab, 2550 kilometrdan ziyod masofaga cho&#8217;zilgan. Tyano&#8217;pan shimolda Mo&#8217;yinqum qumliklari, ili botig&#8217;i, Jung&#8217;ariya Olatovi, Janubda Farg&#8217;ona va Tarim botiqlari, g&#8217;arbda Sirdaryoning o&#8217;rta qismi, sharkda Gobi cho&#8217;llari va Beyshan tog&#8217;larigacha yetib borgan. Shimolda Sharqiy Tyanshanga kiruvchi Boroxoro tizmasi, Jung&#8217;ariya Olatovi, Markaziy Tyanshanda Qaqshaltov tizmasi, Janubi g&#8217;arbda olay tizmasi bilan tutashadi. Ba&#8217;zi geolog va geofaf olimlar Jung&#8217;ariya Olatovi va Olay-Hisor tizmalarini ham Tyano&#8217;pan tarkibiga kiritadilar. Tyano&#8217;panga kiruvchi ko&#8217;pchilik tizmalar geografik kenglik yoki kenglikka yaqin yo&#8217;nalish bo&#8217;ylab, ba&#8217;zi tizmalari esa (Qoratog&#8217;, Farg&#8217;ona, Nurota va boshqalar)meridianal yo&#8217;nalishga yaqin cho&#8217;zilgan. Eng baland joyi Qirg&#8217;iziston va Xitoy chegarasidagi g&#8217;alaba cho&#8217;qqisi (balandligi 7439 metr). Uning yaqinida balandligi 6995 metrli Xontangri cho&#8217;qqisi ko&#8217;tarilgan. Tog&#8217; tizmalari shu cho&#8217;qqilardan G&#8217;arb va Sharq tomonga elpig&#8217;ichsimon tarmoqlanib, pasayib boradi. Tyano&#8217;pan orografik jihatdan shim. Tyanshan, Markaziy (yoki ichki) Tyanshan, G&#8217;arbiy Tyanshan va Sharqiy Tyanshanga bo&#8217;linadi, Shimoliy Tyano&#8217;panga Qirg&#8217;iziston, Talas Olatovi, Orqa Ili Olatovi, Kungay Olatov tizmalari va Chu hamda Talas vodiylari kiradi. Shimoliy Tyano&#8217;pan Markaziy Tyano&#8217;pandan berk botiklar \u2014 Issiqko&#8217;l, Qo&#8217;chqor, Jumol, Susamir, Ketmontepa botikdari bilan ajralib turadi. Markaziy (Ichki) Tyano&#8217;pan shimolda Terskay Olatovi, Janubi Sharqda Qaqshaltov va g&#8217;arbda Farg&#8217;ona tizmasi orasidagi juda katta maydonni egallaydi. U sharqda Xontangri tog&#8217;tuguniga borib taqaladi (ba&#8217;zi tadqiqotchilar, masalan, N. A. Gvozdeskiy Tyano&#8217;panning eng baland qismi bo&#8217;lmish bu tog&#8217; tuguni va uning atroflarini Markaziy Tyano&#8217;pan deb atab, undan G&#8217;arbdagi tizma va vodiylarni Ichki Tyano&#8217;panga kiritadilar). Ularning oralig&#8217;ida tektonik botiqlar (Norin, Otboshi, olabug&#8217;a, Jum\/al, To&#8217;qtag&#8217;ul va boshqalar) joylashgan bo&#8217;lib, ular Tyano&#8217;pan &#8220;sirtlari&#8221; deb ataladi. Tektonik botiqlarning balandligi g&#8217;arbiy qismida 2000-2500 metr, sharqida 4000 metrga yetadi. Yer yuzasi keng va tekis yassi vodiylar bo&#8217;lib, daryo va qadimgi muzliklar qoldirgan yotqiziqlar bilan qoplangan, daryolar bilan o&#8217;yilgan. Ayrim botiqlarda ko&#8217;llar (So&#8217;nko&#8217;l, Chatirko&#8217;l) hosil bo&#8217;lgan. G&#8217;arbiy Tyano&#8217;pan Janubi g&#8217;arbga tomon yelpig&#8217;ichsimon taralib ketgan Qorjontov, Ugom, Piskom, Ko&#8217;ksuv, Chatqol va Qurama tog&#8217; tizmalaridan iborat. Bular bir-biridan Piskom, Chorvoq, Yuqori Chatqol, Chirchiq tog&#8217;oralig&#8217;i botiqlari orqali ajralgan. Sharqiy Tyano&#8217;pan \u2014 tog&#8217; sistemasining Xitoy hududidagi qismi. U deyarli kenglik bo&#8217;ylab yo&#8217;nalgan ikki guruh tog&#8217;tizmalaridan iborat. Shim. guruhga Boroxoro, IrenXabirga (eng baland joyi 5500 metr), Sanji Muztog&#8217;, Bogdoshan (Bogdoo&#8217;la tog&#8217;i -5445 metr), Barqultog&#8217;, Mechino&#8217;la, Qarliqtog&#8217; tizmalari; Janubiy guruhga \u2014 Xoliqtov, Ko&#8217;kteketov, Boroxotan, Quruqtog&#8217;va Qiziltog&#8217; kiradi. Sharkiy Tyanshanning tog&#8217;etagida Turfon (chuqurligi \u2014 154 metr) botig&#8217;i joylashgan. Tyano&#8217;panning balandtog&#8217; qismi serqirra va qoyali, qadimgi va hozirgi zamon muzliklarining ishi natijasida kelib chiqqan Alp tipidagi relef shakllari (Trog, tsirk, karrlar), ularning yon bag&#8217;irlarida esa qurumlar, vodiylar tubida morena (muzlik yotqiziqlari) uyumlari keng tarqalgan. 3200-3500 metrdan yuqori qismlarida ko&#8217;p yillik muzliklar tarqalgan bo&#8217;lib, ularning qalinligi 20-30 metrdan oshmaydi. Faqat Oqsoy \u2014 Cho&#8217;tirqo&#8217;l botig&#8217;ining ba&#8217;zi qismlarida 100 metrdan ziyod. Dengiz sathidan ancha balandda joylashgan botiqlarda gidrolakkolitlar, torf do&#8217;nglari hosil bo&#8217;lgan, yon bag&#8217;irlarida soliflyukatsiya (yuzlama surilmalar) bo&#8217;lib turadi. Yaqin geologik o&#8217;tmishda qadimgi muzliklardan bo&#8217;shagan botiqlarda har xil kattalikdagi ko&#8217;llar, ba&#8217;zilarida botqoqliklar vujudga kelgan. O&#8217;rtacha balandlikdagi va past tog&#8217;li qismlarida oqar suvlarning ishi, gravitasion jarayonlar natijasida kelib chiqqan relef shakllari (dara, terrasa, surilma, konussimon yoyilma va boshqalar) keng tarqalgan. Tyano&#8217;panning bu qismida turli balandliklarda tekislangan yuzalar, tizmalarning etaklarida adirlar, yirik konussimon yoyilmalar, bir necha o&#8217;nlab kilometrga cho&#8217;zilgan prolyuvial shleyflar uchraydi. Tyano&#8217;pandagi tog tizmalari kuchli burmalangan tokembriy, paleozoy cho&#8217;kindi, metamorfik va otqindi tog&#8217; jinslari\u2014slanes, qumtosh, ohaktosh, marmar, gneys, granit, granodiorit va boshqalardan tashkil topgan, botiklar, daryo vodiylari, adirlar, qisman, tizmalar yon bag&#8217;irlari mezozoy va kaynozoy davrlari cho&#8217;kindi tog&#8217;jinslari bilan to&#8217;lgan. Tyano&#8217;pan turli tektonik strukturalar (antiklinoriy, antiklinal, sinklinoriy, sinklinal) shaklida kaledon va gersin burmalanishi bosqichlaridan hamda yangi tektonik harakatlar (gorst, graben) ta&#8217;sirida vujudga kelgan. Shu bois Tyano&#8217;panda ikki yirik struktura: kaledonitlar va gersinidlar mavjud bo&#8217;lib, ular bir-biridan chukur yer yoriqlari orqali ajralgan. Kaledonitlarga Shimol, kisman Markaziy va Sharqiy Tyano&#8217;pandagi tizmalar (ketmon, Kirgiz, Orqa Ili Olatovi, Kungay Olatov, Terskay Olatov, Talas Olatovi, Susamir, Bogdoo&#8217;la va boshqalar), gersinidlarga Krratov, Ugom, Piskom, Chatqol, Qurama, Qaqshaltov, Xoliqtov, Farg&#8217;ona va boshqa tizmalar kiradi. Gersin burmalanishi bosqichidan keyin Tyano&#8217;pandagi tizmalar tektonik harakatlarning juda susayishi natijasida yassilanib tekislangan (peneplenga aylangan). Mezozoy erasi, paleogen davrida va neogenning boshlanishida Tyano&#8217;pan platforma bosqichini o&#8217;tagan. Neogen davrining oxiri va to&#8217;rtlamchi davr mobaynida Tyano&#8217;panda yangi tektonik harakatlar boshlanib, ular hozirgi ham davom etmoqda. Mazkur tektonik harakatlar natijasida Tyano&#8217;panning hozirgi relefi shakllanmoqda, kaledon va gersin burmalanishlari davrlarida paydo bo&#8217;lgan antiklinoriy, antiklinal va gorstlar o&#8217;rnida tog&#8217; tizmalari, sinklinoriy, sinklinal va grabenlar o&#8217;rnida esa mezozoy, paleogen, neogen va to&#8217;rtlamchi davr cho&#8217;kindi yotqiziqlari bilan qoplangan tog&#8217;oralig&#8217;i botiqlari vujudga kelgan. Yangi tektonik harakatlar differentsial xususiyatga ega bo&#8217;lib, ularning amplitudasi 8-10 kilometrdan ziyod bo&#8217;lgan. Tyano&#8217;pan nisbatan kuyi geografik kengliklarda va Yevrosiyo materigining ichkarisida joylashganligi, deyarli hamma tomondan cho&#8217;llar bilan o&#8217;ralganligi, relefining murakkabligi, ko&#8217;p qismi katta balandliklarga ko&#8217;tarilganligi, tizmalar yon bag&#8217;irlari turli eskpozisiyaga ega bulganligi sababli iklimi umuman kontinentaldir. Tyano&#8217;panning asosiy qismi mo&#8221;tadil iqlim mintaqasida joylashgan. Janubiy g\u2019arbiy va Janubiy qismlari subtropik iklim mintaqasi chegarasida joylashganligi sababli uning quyi balandliklariga quruq subtropiklarning ta&#8217;siri seziladi. Tyano&#8217;panga nam havo oqimlari g&#8217;arbdan keladi. Relefining murakkabligi va kuchli parchalanganligi uning hududida issiqlik va namlikning har xil taqsimlanishiga sabab bo&#8217;lgan. Tizmalarning etaklaridagi vodiylarda iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 20\u00b0-25\u00b0, o&#8217;rtacha balandlikdagi vodiylarda 15\u00b0\u2014 27\u00b0, baland tog&#8217;li qismlarida 5\u00b0 va undan ham past. Eng yuqori temperatura 30\u00b0\u2014 35\u00b0 ga yetadi. O&#8217;rtacha balandlikdagi vodiylarda yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -6\u00b0 dan past, ayrim vodiylarda -16\u00b0, -20\u00b0. Qishda baland qismlarida (muzlik va doimiy qorlar tarqalgan) temperatura -30\u00b0 gacha pasayadi. Tyano&#8217;panda yog&#8217;inning taqsimlanishida tizmalarning balandligi, yo&#8217;nalishi, yon bag&#8217;irlarining ekspozitsiyasi katta rol o&#8217;ynaydi. Tizmalar etaklaridagi tekisliklarda yillik yog&#8217;in 150 \u2014 300 mm, tizmalar etaklari va past tog&#8217;larda 300-450 mm, o&#8217;rtacha balandlikdagi qismida esa 800-1600 mm. Tog&#8217; oralig&#8217;i botiqlarida yog&#8217;ingarchilik kam (100-400 mm). Tyano&#8217;panda eng ko&#8217;p yogin tizmalarning shimol, shimoliy g&#8217;arbiy, Janubiy g&#8217;arbiy yon bag&#8217;irlarida (2000 mm va undan ziyod). Yog\u2019inning asosiy qismi Tyano&#8217;panning katta qismida yoz oylarida, Janubiy qismida esa bahor oylarida tushadi. Yog&#8217;inning ko&#8217;p qismi qor shaklida yog&#8217;adi va uzoq vaqt saqlanib turadi. Qor qoplami tizmalar etaklarida 2-3 oy, o&#8217;rtacha balandlik qismida 6-7 oy, baland tog&#8217;li qismida esa 9-10 oy saqlanadi. Tog&#8217; oralig&#8217;i botiqlarida qor qoplami qalin emas. Tyano&#8217;panda qor chizig&#8217;i shimoliy g&#8217;arbida 3600\u2014 3800 metrdan, markazida 4200-4450 metr balandlikdan o&#8217;tadi. Unda doimiy qor va muzliklar ko&#8217;p (eng kattasi Markaziy Tyano&#8217;pandagi Inilchiq muzligi). Muzliklarning eng katta markazlari Xontangri, Terskay Olatovi, Qaqshaltov tog&#8217; tugunlaridir. Tyano&#8217;pan \u2014 O&#8217;rta Osiyoning ichki suvlari shakllanadigan hududlaridan biri. Daryolari, asosan, muzlikqorlarning erishidan, yomgir, yer osti suvlaridan to&#8217;yinadi va berk havzalarga (Orol, Issiqko&#8217;l, Balxash va boshqalar) quyiladi, yoki tekislik, tog&#8217;oldi va atrofidagi cho&#8217;llarga chiqib, yerga singib ketadi va turli xo&#8217;jalik maqsadlari uchun sarflanadi. Tyano&#8217;panning yirik daryolariga Sirdaryo va uning irmoqlari (Norin, Qoradaryo, Ohangaron, Chirchiq, Keles, Aris va boshqalar), Chu va irmoqlari (Juvonariq, Qo&#8217;chqor), Talas va irmoqlari (Tekes, Kunges, qosh, Charin va boshqalar), Juuka, Jettio&#8217;g&#8217;uz, Tup, Tarim va irmoqlari (Oqsuv, Tavkandaryo, Sarijaz) va boshqalar kiradi. Tyano&#8217;pan daryolarida bir qancha gidrotexnik inshootlar: suv omborlari, gidroelektr stantsiyalari \u2014 To&#8217;qtag&#8217;ul, Uchqo&#8217;rg&#8217;on, Qayroqqum, Chorvoq va boshqalar barpo etilgan. Tyano&#8217;panda ko&#8217;l ko&#8217;p. Ularning eng yiriklari tektonik ko&#8217;llar: Issiqko&#8217;l, Sarichelak, So&#8217;nko&#8217;l, Bagrashko&#8217;l, Cho&#8217;tirko&#8217;l. Ulardan tashqari Daryo yon bag&#8217;irlarining qulashi, surilishi, muzliklarning ishi natijasida vujudga kelgan ko&#8217;plab kichik ko&#8217;llar (aralash, Qug&#8217;ala, Ixnach, toychoq, Jasilko&#8217;l va boshqalar) mavjud. Tyano&#8217;panda ko&#8217;plab muzliklar bor. Muzliklarning umumiy maydoni 10,2 ming km2 chamasida. Sharqiy Tyano&#8217;panda ham muzlik ko&#8217;p, ularnig umumiy maydoni 2,7 ming km2 dan ziyod, IrenXabirga va Xoliqtov tizmalarida ular, ayniqsa, keng tarqalgan. Tyano&#8217;panda muzliklarning daraxtsimon, vodiy, Karr, tsirk, osilib turuvchi, egar, tekis yuzali, shleyf kabi tiplari tarqalgan. Hozirgi davrda iqlimning global o&#8217;zgarishi natijasida muzliklar uzunligi, maydoni qisqarib bormoqsa. Tyano&#8217;pan tuproq o&#8217;simlik qoplami, hayvonot dunyosi, tabiiy landshaftlariga ko&#8217;ra, 4 geografik oblastga bo&#8217;linadi. Bu oblastlar, asosan, orografik birliklarga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Shimoliy Tyano&#8217;pan \u2014 geologik jihatdan eng qadimgi, iqlimi keskin kontinental. Tuproqo&#8217;simlik qoplami va hayvonotida boreal tabiatning ta&#8217;siri bor; tipik tog&#8217;o&#8217;tloq va qora tuproqsimon tuproklar ko&#8217;p uchraydi. Oblast uchun Sibir oqqarag&#8217;ayi, Tyano&#8217;pan qoraqarag&#8217;ayi va turli o&#8217;tboshoqli o&#8217;simliklar xos. Sut emizuvchilardan: o&#8217;tkirtish, uzunburuncha, kutora, har xil sichqonlar; qushlardan \u2014 qizilishton, kedrovka, qironqora va qirg&#8217;iy ko&#8217;p. Qoraqarag&#8217;ay o&#8217;rmonlarida silovsin, qo&#8217;ng&#8217;ir ayiq, bo&#8217;ri, tulki, oq sichqon yashaydi. Balandlik mintaqalari: 700-900 metr \u2014 shuvoqbetagachalov o&#8217;sadigan qurg&#8217;oqchil dashtlar; 900 \u2014 1700 metr \u2014 boshoqli o&#8217;tlar tarqalgan tog\u2019 oldi dashtlari; 1700 \u2014 3000 metr \u2014 qoraqarag&#8217;ay o&#8217;rmonlari, butazorlar, baland bo&#8217;yli o&#8217;tlar, o&#8217;tloq dashtlar hamda tog&#8217;boshoqli dashtlari; 3000 \u2014 3500 metr subalp o&#8217;tloklari va o&#8217;tloq dashtlar hamda tog&#8217; boshoqli dashtlari; 3500 \u2014 4000 metr. Alp o&#8217;tloqlari va o&#8217;tloqdashtlari, kobreziya yalangliklari; 4000 \u2014 5000 metr hozirgi zamon muzliklari mintaqasi. Markaziy Tyano&#8217;panda kontinentallik yanada kuchayadi, yillik yog&#8217;in miqdori kamayadi, sovuqsiz davr qisqa. Sirtlar keng tarqalgan. Tog&#8217;qoratuprog&#8217;i, tog&#8217; o&#8217;tloqidasht, sirtlarda \u2014 dashto&#8217;tloqi tuproqlari keng tarqalgan. O&#8217;simlik qoplamida tog&#8217;sovuq cho&#8217;li va dashtlarning kserofit usimliklari xos. Tog&#8217; cho&#8217;li va dashtlarda qoplon, arxar, dasht sassiqko&#8217;zani, qo&#8217;shoyoq, olaxurjun va tuvaloqdar yashaydi. Pastdan yuqoriga tomon quyidagi landshaft mintaqalari almashinib boradi: chala cho&#8217;l; quruq va turli o&#8217;tboshoqlilar o&#8217;sadigan dashtlar; subalp butazorlari, o&#8217;tloqlari, o&#8217;tloq dashtlari va dashtlari; Alp o&#8217;tloqlari, balandtog&#8217;o&#8217;tloq dashtlari, dashtlari qamda cho&#8217;llari; nival mintaqa. G&#8217;arbiy Tyano&#8217;pan relefining nihoyat darajada parchalanganligi, yog&#8217;in miqdorining ortishi, G&#8217;arbiy Osiyoga xos hayvon va o&#8217;simliklarning ko&#8217;p uchrashi bilan ajralib turadi; tabiatida subtropiklarga xos xususiyatlar mavjud. Balandlik mintaqalari ham o&#8217;ziga xos (Farg&#8217;ona tog&#8217; tizmasining Janubiy yon bag&#8217;rida) 600 \u2014 800 metrdan 1500 metrgacha \u2014 tog&#8217; etagi tekisliklari; 1500 \u2014 2000 metr \u2014 siyrak archazorlar bilan kserofil butazorlar uchraydigan bug&#8217;doyiqshuvoqbetagali dashtlar, 2000 \u2014 3000 metr keng o&#8217;rmonlar; 3000 \u2014 3500 metr baland bo&#8217;yli subalp o&#8217;tloqlari; 4000 \u2014 5000 metr \u2014 nival mintaqa. Sharqiy Tyano&#8217;panda Markaziy Osiyo tog&#8217;lariga xos landshaftlar tarqalgan. Kontinentallik juda kuchli. Namlik kam. Tog&#8217;botiqlari ham qurg&#8217;oqchil; sho&#8217;rxoklar uchraydi. Shimoliy tizmalardagina yillik yog&#8217;in miqdori 300 mm gacha, Markaziy va Janubiy tizmalarda 50-100 mm. Yozgi temperatura 20\u00b0 \u2014 25\u00b0 gacha; yanvarning trasi tog&#8217; vodiylarida -7\u00b0, -10\u00b0, tog&#8217; tepalarida esa -25\u00b0gacha; qishi uzoq davom etib, quruq keladi: tog&#8217;etaklari dasht va chala cho&#8217;llardan iborat, yon bag&#8217;irlarida (1800 \u2014 3000 metr) qarag&#8217;ay, qoraqarag&#8217;ay, tog&#8217;terak va qayrag&#8217;och o&#8217;rmonlari bor. 3000 metrdan baland joylari yozgi yaylov. Hayvonlardan Maral, tog&#8217;echkisi, arxar, qobon va Bars yashaydi. O&#8217;rmonlar va Daryo bo&#8217;ylarida qush ko&#8217;p. Foydali qazilmalardan mis, qo&#8217;rg&#8217;oshin, Nodir metallar, toshko&#8217;mir konlari bor. Rangli metall konlaridan Olmaliq mis koni, Konsoy, Achchisoy qo&#8217;rg&#8217;oshin konlari mashhur. Qurama tog&#8217;laridan volfram va mishyak, Qoratovdan fosforit qazib olinadi. Qurilish materiallari, tuzlar, termal va mineral suvlar mavjud. Tyano&#8217;panda bir qancha qo&#8217;riqxonalar: Issiqko&#8217;l, Olmaota, Oqsuvjabag&#8217;li, Sarichelak, Chatqol tog&#8217;o&#8217;rmon qo&#8217;rikxonalari, shuningdek, bir qancha buyurtma hududlar (jumladan, Janubiy G&#8217;arbiy Tyano&#8217;panning yong&#8217;oqmeva o&#8217;rmonlari) bor. Ad.: Baratov P., Mamatqulov M., Rafiqov A., O&#8217;rta Osiyo tabiiy geografiyasi, T., 2002; Shuls V.L., Mashrapov P., O&#8217;rta Osiyo gidrografiyasi, T., 1969; Shuls S . S., Analiz noveyshey tektoniki i relef TyanShanya, M., 1948; Mavlonova G&#8217;. O., Mamatqulov M . M ., O&#8217;rta Osiyo toklarining qadimgi muzliklari, T., 1972;K,oriev M ., O&#8217;rta Osiyo tabiiy geofafiyasi, T., 1968; Gvozdeskiy N. A., Mixaylov N. M., Fizicheskaya geofafiya SSSR (Aziatskaya chast), M., 1987; Chupaxin V.M., Fizicheskaya geografiya TyanShanya, AlmaAta, 1964; Shchukin I.S, Geomorfologiya Sredney Azii, M., 1983; Gvozdeskiy N.A., Golubchikov Yu.N., Gori, M., 1987. Murod Mamatqulov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tyano&#8217;pan (xitoycha \u2014 osmono&#8217;par tog&#8217;lar, turkiy nomi \u2014 Tangritog&#8217;) \u2014 O&#8217;rta va Markaziy Osiyodagi eng baland va uzoq masofaga cho&#8217;zilgan tog&#8217; tizmalari sistemasi. G&#8217;arbiy qismi Qozog&#8217;iston, Qirg&#8217;iziston, Tojikiston va O&#8217;zbekistonda, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tyanopan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-112232","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112232","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112232"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112232\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112244,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112232\/revisions\/112244"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112232"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112232"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112232"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}