{"id":112312,"date":"2023-12-29T09:23:59","date_gmt":"2023-12-29T06:23:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112312"},"modified":"2023-12-29T09:24:00","modified_gmt":"2023-12-29T06:24:00","slug":"temuriylar-harbiy-sanati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/temuriylar-harbiy-sanati\/","title":{"rendered":"Temuriylar harbiy san&#8217;ati"},"content":{"rendered":"\n<p>Temuriylar harbiy san&#8217;ati \u2014 jahon harbiy san&#8217;ati rivojiga Amir Temur va uning avlodlari, xususan, Bobur qo&#8217;shgan salmoqli hissa. Bu mutaxassislar, sarkardalar tomonidan g&#8217;akli ravishda e&#8217;tirof etilgan. Buyuk lashkarboshi va novator harbiy tashkilotchi hisoblanmish Sohibqiron intizomli armiya tuzishga, jang paytida qushin qismlarini oqilona boshqarishga, jang taqdirini hal qiladigan joylarga g&#8217;arbiy kuchlarni tezkorlik bilan yo&#8217;llashga, mavjud to&#8217;siq va g&#8217;ovlarni tadbirkorlik bilan bartaraf etishga, qo&#8217;shindagi jangovar ruhni yuksak darajada ushlab turishga erishgan. Amir Temur va Temuriylar armiyasi chorvadorlar qatori kosibchilik, hunar mandchilik, dehqonchilik bilan mashg&#8217;ul o&#8217;troq aholidan ham askar to&#8217;plagan. Qo&#8217;shinda harbiy kuchlarning asosini tashkil qilgan oshliq askarlar bilan bir qatorda piyodalar ham xizmat qilgan. Sohibqiron Sharqda birinchilardan bo&#8217;lib armiyaga o&#8217;t sochar qurol \u2014 to&#8217;p(ra&#8217;d)ni olib kirgan. Temuriylar davrida bu qurolning boshqa turlari (zarbzan, farangi, qozon va hokazolar) keng yoyildi. Tog&#8217;li hududlarda jang harakatlari olib boruvchi maxsus harbiy qism va bo&#8217;linmalar tashkil qilingan. Amir Temur jahon harbiy ish tarixida 1-bo&#8217;lib qo&#8217;shinni jang maydonida an&#8217;anaviy 5 bo&#8217;lakdan farqli ravishda 7 qo&#8217;lga bo&#8217;lib joylashtirish tartibini joriy etgan. Bu yangilik keyinchalik To&#8217;xtamish, Shayboniyxon singari sarkardalar tomonidan o&#8217;zlashtirilgan. Ibn Arabshohning guvoxlik berishicha, Sohibqiron qo&#8217;shinida ayollardan iborat bo&#8217;linmalar bo&#8217;lib, ular erkaklar bilan bir safda turgan, qahramonlik va matonat namunalarini ko&#8217;rsatgan. Temuriylar armiyasi son jihatdan aniq tashkil etilgan, uning jangovar tartibi takomillashib borgan, uz vaqtining ilg&#8217;or qurol va texnikasi bilan ta&#8217;minlangan, qismlar bir-biridan kiyimbosh, bayroq va tug&#8217;lari bilan farqlangan. Bunday farqlanish jangda qo&#8217;shinni boshqarishda qo&#8217;l kelgan. Dushman mudofaasini turli usullar bilan barbod etish, raqibning yirik shaharlariga qo&#8217;qqisdan zarba berish, qal&#8217;a, qo&#8217;rg&#8217;on va hisorlarning uzoq muddat muhosara qilish, yov kuchlarini iloji boricha keng ko&#8217;lamda qurshab olib, qishloq, shahar, tuman, viloyatlarni birin-ketin zabt etish, dushmanni batamom yakson etgungacha ta&#8217;qib qilish, taslim bo&#8217;lgan mamlakatlarni boshqarishga ishonchli kishilarni tayinlash singari amaliyotlar Amir Temur va temuriylarga ko&#8217;plab zafarlar olib kelgan. Taktika jihatdan Amir Temur armiyasi o&#8217;ziga xos xususiyatlarga ega bo&#8217;lgan. Razvedka a&#8217;lo darajada yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan, qismlarning janggohda yoki jangovar safda talab darajasida harakat qilishi uchun zarur tadbir va choralar ishlab chiqilgan, ularni jang paytida tezkorlik bilan boshqarishga alohida diqqat qaratilgan. O&#8217;nlik, yuzlik, minglik va tuman qo&#8217;mondonlarini tanlash masalasiga oliy bosh qo&#8217;mondon mas&#8217;ul hisoblangan. Sohibqironning harbiy san&#8217;at rivojiga qo&#8217;shgan ulkan xizmatlaridan yana biri \u2014 jang vaqtida qo&#8217;shin qanotlarini dushman hujumidan muhofaza qilish va, o&#8217;z navbatida, g&#8217;anim kuchlarini yon tomondan aylanib o&#8217;tib, unga ortdan zarba berish maqsadida tuzilgan otliq qism \u2014 qunbulning joriy etilishi bo&#8217;lgan. Bunday yangi harbiy qism Aleksandr, Gannibal, Chingizxon, Lyudovik XIV, Buyuk Fridrix kabi atoqli sarkardalar qo&#8217;shinida bo&#8217;lmagan. Shayboniyxon armiyasida bunday kiem mavjud edi va u to&#8217;lyuma atamasi bilan nomlangan. Qo&#8217;shin to&#8217;plash haqida maxsus buyruq (tunqol) elon qilingach, hukmdor tomonidan tuzilgan ro&#8217;yxatga binoan jangchilar otulovi, qurolyarog&#8217;i, oziq-ovqati, yemxashagi bilan to&#8217;planish eriga etib kelgan. Har bir askarga bitta yoy, 30 ta o&#8217;q, bir sadoq, bitta qalqon, bitta qo&#8217;shimcha ot, yarim man og&#8217;irligida arqon, bir dona pishik, teri xalta va bitga qozon ajratilgan. Har 10 jangchi bir chodir, 2 belkurak, bir Kerki, bitta o&#8217;roq, bir arra, bir tesha, bitta bolta va 100 dona Nina olib yurishi shart hisoblangan. Sara jangchilarning har 5 tasi bitta chodirga joylashgan. O&#8217;nbegining alohida chodiri va 5 ta qo&#8217;shimcha oti bo&#8217;lgan. Yuzbegiga ham alohida chodir va 10 ta qo&#8217;shimcha ot berilgan. Mingbegi chodirdan tashqari soyabon bilan ham ta&#8217;minlangan. Sohibqiron armiyasining turli bo&#8217;linma va qismlariga 313 bek boshchilik qilgan. Ulardan dastlabki 100 tasi o&#8217;nbegilik, ikkinchi 100 tasi yuzbegilik, uchinchi 100 tasi mingbegilik lavozimlarini egallagan. Diviziya \u2014 tumanlarga Amir Temurning farzandlari, nabiralari va nomdor lashkarboshilar rahbarlik qilgan. Yetarli miqdorda qo&#8217;shin to&#8217;plangach, u ko&#8217;rikdan o&#8217;tkazilgan. Temuriylar davrida yurish yoki jangdan oldin lashkarni ko&#8217;rikdan o&#8217;tkazib, uning jangovar ruhi va holatini aniklash izchillikka aylangan. Qushinning jangovar holatini nazardan o&#8217;tkazish imtihon qilish usuli sifatida e&#8217;tirof etilgan ovgarta (ov uyushtirish)dan unumli foydalanilgan. Temuriylar harbiy yurishlarga ko&#8217;proq kuklam, yoz va kuz mavsumlarida otlanishni ma&#8217;qul bilganlar. Safar qoidasiga ko&#8217;ra, har bir sarkarda o&#8217;z darajasi va lavozimiga qarab qism va bo&#8217;linmalari bilan yasol \u2014 jangovar tartibda harakat qilgan. Yasolni buzgan shaxs qattiq jazolangan. Qo&#8217;shin janggohga tushganda lashkargoh atrofi aravalar bilan to&#8217;silgan, xandaqdar bilan ihota qilingan, soqchi bo&#8217;linmalar tomonidan qo&#8217;riklab turilgan. Yurish yoki jang paytida boshboshdoqlik, parokandalikni oldini olish maqsadida har bir bo&#8217;linma, guruh, kismning o&#8217;z paroli \u2014 o&#8217;ron belgilangan. Armiya safar chog&#8217;ida quyidagi jangovar tartibda harakat qilgan: Bosh kuchlardan ancha oldinda qaravul (avanpost), undan keyin mang&#8217;lay (hiravul) (avangard), barang&#8217;ar, juvang&#8217;ar, qo&#8217;l(markaz), chag&#8217;davul (arergard) yurgan. Qo&#8217;shin ketidan o&#8217;g&#8217;ruq (oboz) peshmapesh kelgan. Oliy bosh qo&#8217;mondon jang maydonini tanlashga alohida diqqat qaratgan. Janggohning tekis, keng va qo&#8217;shin qismlarini joylashtirishga qulay bo&#8217;lishi talab qilingan. Jang maydonining suvga yaqin bo&#8217;lishi hamda jang vaqtida quyosh nurining askarlar ko&#8217;ziga tushmasligi maqsadga molik hisoblangan. Yirik muhorabalar paytida dastasi uchiga yarim oy shakli qadalgan jangovar bayroq va tug&#8217;lar bilan bezatilgan oliy qo&#8217;mondon borgohi balandlikka o&#8217;rnatilgan. U erdan jangning borishi kuzatilib turilgan. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Amir Temurning 12 ming kishilik qo&#8217;shini jangga mana bunday tartibda kirgan. Dushman bilan dastlabki to&#8217;qnashuvni ayg&#8217;oqchilik bilan mashg&#8217;ul bo&#8217;lgan qaravul boshlab bergan. Shundan so&#8217;ng o&#8217;ng va chap qanot ilg&#8217;or qismlari \u2014 barang&#8217;ar xiravuli va juvang&#8217;ar hiravuli madadida asosiy ilg&#8217;or qism \u2014 mang&#8217;lay jangga kirgan. Mang&#8217;lay ortidan barang&#8217;ar hamda juvang&#8217;arning qolgan 2 bo&#8217;lagi \u2014 chapavul va shag&#8217;avul ketma-ket harakatga kelgan. Ushbu kuchlar dushmanni Mag&#8217;lu6 etishga kifoya qilmasa, bosh qo&#8217;mondon (Amir ulumaro) boshchiligidagi markaz (qo&#8217;l) (g&#8217;o&#8217;l) hal qiluvchi hujumga tashlangan: vdravul, qaravul, manglay (xuravul). Sohibkiron armiyasi qatnashgan ulkan janglarning taktik borish manzarasi quyidagicha bo&#8217;lgan: qo&#8217;shin markazi 40 bo&#8217;luk \u2014 polkka taqsimlangan va Oliy bosh qo&#8217;mondonga itoat qilgan. Ushbu bo&#8217;luklarning sara jangchilardan tashkil topgan 12 bo&#8217;luki safning 1qatorida, qolgan 28 bo&#8217;luki 2 va 3 qatorlarda joylashgan. Qirq bo&#8217;lukning o&#8217;ng tarafi oldida amirzodalar qismlari, so&#8217;l tarafi oldida qarindoshlar va itshfoqchilar qismlari saf tortgan. 2-qatorning barang&#8217;arida 6 bo&#8217;luk o&#8217;z ilg&#8217;ori \u2014 hiravul bilan o&#8217;rin egallagan. Ayni shu miqsordagi bo&#8217;luk va hiravulga juvang&#8217;ar ham ega bo&#8217;lgan. 2-qator barang&#8217;ari va juvang&#8217;ari oldida yuqoridagi tartibda 1-qator qismlari joylashgan. Uning oldida bosh ilg&#8217;or \u2014 mang&#8217;lay (yoki hiravuli buzurg) harakatda bo&#8217;lgan. Engil suvoriylardan iborat 2 bo&#8217;luk armiyani qo&#8217;qqisdan bo&#8217;ladigan hamladan muhofaza qilish, dushman kuchlari harakatini kuzatish bilan band bo&#8217;lgan. Bobur qo&#8217;shini dastlab an&#8217;anaviy 5 qismdan tashkil etilgan holda harakat qilgan. Keyinchalik bu jangovar tartibga jiddiy o&#8217;zgartirishlar kiritilgan, markaz (g&#8217;o&#8217;l) kuchaytirilgan. Markaz o&#8217;ng qo&#8217;l baraig&#8217;yar chapavul va so&#8217;l qo&#8217;lga taqsimlangan hamda o&#8217;ng yon va so&#8217;l yondan iborat xossa Tobin oldida qator vazifasida harakat qilgan. Xossa Tobin o&#8217;ng va so&#8217;ldan tarkib topgan, 3-qator vazifasini o&#8217;tagan shaxsiy gvardiya bo&#8217;y oldidan joy olgan. Saralangan askarlardan tuzilgan xossa Tobin markaz (g&#8217;o&#8217;l)dan kuchsizroq, bo&#8217;ydan esa kuchliroq hisoblangan. Temuriylarga ko&#8217;plab zafarlar keltirgan bu harbiy tartib keyingi davrlarda Shayboniylar, Ashtarxoniylar va O&#8217;rta Osiyo xonliklari (Buxoro, Xiva, Ko&#8217;qon) davrida ancha o&#8217;zgarishlarga Luch kelgan. Manbalar: Bobur Zahiriddin Muhammad, Boburnoma, T., 1960; Temur tuzuklari [forschadan Alixonto&#8217;ra Sog&#8217;uniy va Habibullo Karomatov tarjimasi], T., 1991; GiYaS addin Ali, Dnevnik poxoda Timura v Indiyu [perevod, predislovie i Primechaniya A.A. Semenova], M., 1958; Sharafuddi n Ali Yazdiy , Zafarnoma, T., 1997; Ibn Arabshoh, Amir Temur tarixi. Ajoyib almakdur Fi tarixi Temur (Temur tarixida taqdir ajoyibotlari), 1-kitob, T., 1992; Nizomiddin Shomiy , Zafarnoma, T., 1996. Ad.: Grekov B.D., Yakubovskiy A.Yu., Oltin O&#8217;rda va uning qulashi, T., 1956; Razin E. A., Istoriya voennogo iskusstva, t.2, M., 1957; Dadaboev H., Amir Temurning harbiy mahorati, T., 1996. Hamidulla Dadaboyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Temuriylar harbiy san&#8217;ati \u2014 jahon harbiy san&#8217;ati rivojiga Amir Temur va uning avlodlari, xususan, Bobur qo&#8217;shgan salmoqli hissa. Bu mutaxassislar, sarkardalar tomonidan g&#8217;akli ravishda e&#8217;tirof etilgan. Buyuk lashkarboshi va novator &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/temuriylar-harbiy-sanati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-112312","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112312","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112312"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112312\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112316,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112312\/revisions\/112316"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112312"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112312"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112312"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}