{"id":112503,"date":"2024-01-03T14:11:23","date_gmt":"2024-01-03T11:11:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112503"},"modified":"2024-01-03T14:11:24","modified_gmt":"2024-01-03T11:11:24","slug":"quyonchilik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/quyonchilik\/","title":{"rendered":"Quyonchilik"},"content":{"rendered":"\n<p>Quyonchilik &#8211; chorvachilikning quyonlarni urchitish bilan shug&#8217;ullanadigan tarmog&#8217;i. Quyonchilikning asosiy mahsuloti \u2014 go&#8217;sht, teri va tivit. Quyon go&#8217;shti to&#8217;yimli parhez mahsuloti; terisi mo&#8217;yna sanoati uchun muhim xom ashyo; tiviti issiqlik o&#8217;tkazuvchanligi jihatidan merinos qo&#8217;ylari junidan qolishmaydi, trikotaj, fetr, duxoba va boshqa mahsulotlar tayyorlashda ishlatiladi. O&#8217;zbekistonda 20-asrning 30-yillaridan rivojlana boshladi. Shu davrda nasldor quyonlar yetishtiruvchi bir necha davlat, jamoa xo&#8217;jaliklari va davlat naslchilik parvarishxonalari barpo etildi. Yakka xususiy (tomorqa) xo&#8217;jaliklarda Quyonchilik rivojlandi. Urushdan keyingi yillarda Quyonchilik mahsulotlari ko&#8217;paydi. Quyonchilik fermalarida go&#8217;shti, terisi va tiviti, ayrim xo&#8217;jaliklarda faqat go&#8217;shti uchun boqiladi. Go&#8217;sht-teri uchun quyon boqiladigan fermalarda har bir ona quyondan o&#8217;rta hisobda (yiliga 4 marta 5 tadan bolalaydi) 20 tadan bola, ya&#8217;ni yiliga 50 kilogrammdan ortiq go&#8217;sht va 20 dona teri (mikroiqlimi boshqariladigan binolarda 30-35 quyon bolasi yoki 75-80 kilogramm go&#8217;sht) olinadi. Broyler quyon bolalarini semirtirish uchun boquvchi fermalar ularni onalari bilan boqib, yoshi 2\u2014 2,5 oylik va tirik vazni 2 kilogrammcha bo&#8217;lganda boshqa xo&#8217;jaliklarga sotadi. Tivit uchun quyon boqiladigan fermalarda har bir katta quyondan yiliga 350-700 gramm tivit olinadi. Quyonchilik fermalarini nasldor quyonlar bilan ta&#8217;minlash uchun naslchilik fermalari va naslchilik xo&#8217;jaliklarida quyonlarning eng yaxshi zotlari: Shin-Shilla, katta oq quyon, katta kulrang quyon, kumushrang, ko&#8217;k, qora-qo&#8217;ng&#8217;ir, flandr, Angor quyon va boshqa zotlari yetishtiriladi. O&#8217;zbekistonda shinshilla, oq ulkan, marder, qora-qo&#8217;ng&#8217;ir, vena zangorisi, oq kaliforniya, oq hamda qizil tivitli kabi zotlari (umumiy bosh soni 100 mingdan ko&#8217;proq), asosan, havaskor, shaxsiy va fermer xo&#8217;jaliklarida parhez go&#8217;shti, momig&#8217;i va mo&#8217;ynasi uchun boqiladi. Har yili 30 ming dona atrofida quyon terisi tayyorlanadi. Quyon go&#8217;shti eng ko&#8217;p etishtiriladigan mamlakatlar Frantsiya, Italiya, AQSh, shuningdek, Buyuk Britaniya, Vengriya, Polsha va boshqalar. Ad.: Pomitko V.N., Aleksandrov V. N., Uchebnaya kniga krolikovodstva, 2 izd., M., 1985.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Quyonchilik &#8211; chorvachilikning quyonlarni urchitish bilan shug&#8217;ullanadigan tarmog&#8217;i. Quyonchilikning asosiy mahsuloti \u2014 go&#8217;sht, teri va tivit. Quyon go&#8217;shti to&#8217;yimli parhez mahsuloti; terisi mo&#8217;yna sanoati uchun muhim xom ashyo; tiviti issiqlik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/quyonchilik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-112503","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112503","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112503"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112503\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112504,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112503\/revisions\/112504"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112503"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112503"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112503"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}