{"id":112520,"date":"2024-01-03T14:17:30","date_gmt":"2024-01-03T11:17:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112520"},"modified":"2024-01-03T14:17:31","modified_gmt":"2024-01-03T11:17:31","slug":"qoriyoqubov-muhitdin","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qoriyoqubov-muhitdin\/","title":{"rendered":"Qoriyoqubov Muhitdin"},"content":{"rendered":"\n<p>Qoriyoqubov Muhitdin (1896.1.5, hozirgi Farg&#8217;ona \u2014 1957.22.2, Toshkent) \u2014 ashulachi, opera xonandasi (bariton), aktyor, o&#8217;zbek musiqali teatri asoschilaridan. Turkiston Respublikasining birinchi xalq hofizi (1923), O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan san&#8217;at arbobi (1930), O&#8217;zbekiston xalq artisti (1936). Dastlab eski maktab, 1912-14 yillarda madrasada tahsil ko&#8217;rib, qiroatni yaxshi egallagan, qori sifatida ham tanilgan. Yoshligidan xalq ashulachilik an&#8217;analarini o&#8217;zlashtirgan Qoriyoqubov, ayni paytda yangi san&#8217;at shakllariga qiziqib, Farg&#8217;onada mahalliy sozandalardan iborat ilk puflama sozlar orkestrlarida ishtirok etgan, orkestrni tashkil etgan (1916). Kontsertlarda faol qatnashib, xalq va mumtoz ashulalar (&#8220;yo&#8217;l bo&#8217;lsin&#8221;, &#8220;G&#8217;ayra-g&#8217;ayra&#8221;, &#8220;Olmacha anor&#8221;, &#8220;ko&#8217;cha bog&#8217;i&#8221; va hokazolar)ni ijro etgan. Farg&#8217;ona o&#8217;lka musulmon siyosiy dramatik truppasida aktyor, rejissyor (1918\u2014 20) va rahbar (1921) bo&#8217;lib, Farg&#8217;ona va Zakaspiy frontlari va hududlarida madaniy xizmat qilgan. Toshkentda K.Shorshteyn teatr-studiyasi (1919), Moskvada teatr san&#8217;ati instituti (1922-24) da tahsil ko&#8217;rgan. Tamaraxonim bilan &#8220;Sharq kechalari&#8221; (Moskva), Jahon amaliy san&#8217;at ko&#8217;rgazmasi (1925, Parij), shuningdek Berlin kontsert sahnalarida o&#8217;zbek qo&#8217;shiq, Yalla va laparlarini yangicha talqin etib, zamonaviy o&#8217;zbek san&#8217;atini ilk bor Yevropada targ&#8217;ib etgan. 1926 yil Samarqandda O&#8217;zbek davlat sayyor kontsert etnografik truppasini tashkil qilgan, u bilan Rossiya, Tatariston, Gruziya va boshqa joylarda gastrolda bo&#8217;lgan. Qoriyoqubov Qo&#8217;qon va Andijon musiqali teatrlari shakllanishida ham faol ishtirok etgan. 1927-28 yillarda bu teatrlarda badiiy rahbar, rejissyor (M. Miroqilov bilan) sifatida qatnashib, teatr jamoalarini qayta tuzgan, o&#8217;zi spektakllarda bosh rollarni o&#8217;ynagan: ne&#8217;mat (&#8220;Halima&#8221;, G&#8217;.Zafariy), Farhod (&#8220;Farhod va Shirin&#8221;; Xurshid pyesasi, Sh.Shoumarov, To&#8217;ychi Hofiz va yu.Rajabiylar musiqalashtirgan), Sultonbek (&#8220;Arshin mol olon&#8221;, u. Hojibekov) va boshqalar. Kontsert-etnografyk truppasi zaminida O&#8217;zbek davlat musiqali teatrinn tashkil qylgan, uning aktyori, direktori va badi iy rahbari bo&#8217;lgan (1929-33). O&#8217;zbek opera san&#8217;atining shakllanishi va rivoj topishida ham Qoriyoqubovning xizmatlari salmoqli. Moskva o&#8217;zbek opera studiyasinit tashkilotchisi va rahbari bo&#8217;lgan, o&#8217;zi ham shu studiyada ta&#8217;lim olgan (1934-36). O&#8217;zbek davlat opera va balet teatri ochilgach, uning yetakchi yakkaxon xonandasi (1939-47). Milliy operalarda Xusrav (&#8220;Farhod va Shirin&#8221;, V. Uspenskiy va G. Mushel), general-gubernator (&#8220;bo&#8217;ron&#8221;, S.Vasilenko, M.Ashrafiy), Novfal (&#8220;Layli va majnun&#8221;, T.Sodiqov, R.Glier), Ulug&#8217;bek (&#8220;Ulug&#8217;bek&#8221;, A.Kozlovskiy), Mahmud Torobiy (&#8220;Mahmud Torobiy&#8221;, O. Chishko), Er Targ&#8217;in (&#8220;Er Targ&#8217;in&#8221;, E.Brusilovskiy) va boshqalar bosh partiyalarni mahorat bilan talqin qilgan, o&#8217;zbek opera ijrochilik san&#8217;ati shakllanishiga katta hissa qo&#8217;shgan. O&#8217;zbek davlat filarmoniyasi tashkil etilishida ham Qoriyoqubovning xizmati katta. U 1936 va 1946-50 yillarda filarmoniyaning direktori va badiiy rahbari bo&#8217;lib, o&#8217;zbek xalq, mumtoz va yangi janrlarni targ&#8217;ib etuvchi ijodiy jamoalar (ashula va raqs ansambli, xor kapellasi, xalq cholg&#8217;ulari orkestri va hokazolar)ni yuzaga keltirgan. O&#8217;zbek filarmoniyasi (hozirgi Xalq badiiy jamoalar direktsiyasi)ga Qoriyoqubov nomi berilgan. Uning hayoti va ijodiga bag&#8217;ishlangan film ishlangan. Vafotidan so&#8217;ng Qoriyoqubov &#8220;Buyuk xizmatlari uchun&#8221; ordeni bilan mukofotlangan (2000). Ad.: K,oriyoqubova E., Muhitdin Qoriyokubov, T., 1968; Muxitdin Kariyakubov (dokumentalnaya monografiya, Avtor-sostavitel L.Avdeeva), T., 1984; Yuldashbaeva T., Mastera uzbekskoy opernoy stseni, T, 1985. Bahriddin Nasriddinov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qoriyoqubov Muhitdin (1896.1.5, hozirgi Farg&#8217;ona \u2014 1957.22.2, Toshkent) \u2014 ashulachi, opera xonandasi (bariton), aktyor, o&#8217;zbek musiqali teatri asoschilaridan. Turkiston Respublikasining birinchi xalq hofizi (1923), O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan san&#8217;at arbobi (1930), &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qoriyoqubov-muhitdin\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-112520","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112520","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112520"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112520\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112524,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112520\/revisions\/112524"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112520"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112520"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112520"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}